bashorat qilish, rejalashtirish, maqsadlarni amalga oshirish
va ularni nazorat qilish
funksiyalarini o‘z ichiga oladi.
Savdo firmasidagi marketing faoliyatining model dasturini oddiy -chizma
ko‘rinishida quyidagicha tasvirlash mumkin. (3-chizma).
Agar bozorning dastlabki tahlili va bashorati tijorat bitimini tuzish foydasiga hal
bo‘layotgan bo‘lsa, tijoratchi shu bitim aks etilgan Biznes-rejani va bo‘lajak xarajat va
kutilayotgan natijalarni ishlab chiqishi lozim.
Har bir tijorat bitimi umumiy holatda quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
savdovositachi xizmatlarni bajarish uchun ishchilarni yollash (tovarni sotib olish,
tashish, sotish,
reklama ishini olib borish, kerakli xizmatlarni rasmiylashtirish);
tovarni caqlash va sotish uchun kerak bo‘lgan omborxona, baza, savdo do‘konlarini
sotib olish yoki ijaraga olish;
tovarni keyinchalik sotish uchun sotib olish;
amalga oshiriladigan ishni moliyalashtirish uchun pul mablag‘larini kreditga olish
va keyinchalik kredit va uning foizini qaytarish;
vositachilik
faoliyati ko‘rsatayotgan
boshqa tashkilot
yoki shaxslarning
xizmatlaridan foydalanish va ularga pul to‘lash;
bitimda ko‘rsatilgan ishni rejalashtirish, rasmiylashtirish va tartiblashtirish
uchun kerak
bo‘lgan axborotni to‘plash yoki sotib olish;
tovarni haridorga sotish;
bitimni rasmiylashtirish, barcha soliq va to‘lovlarni to‘lash.
Tijorat bitimining barcha muhim tadbirlari bir-biri bilan muddat jihatdan bog‘liqdir.
YAkunida Biznes-reja va harakatlarning yiriklashtirilgan muvofiqlashtiruvchi
rejasi ishlab
chiqiladi. Agar bitim yirik bo‘lib, ko‘p muddatga cho‘zilsa, ishni bajarish reja -jadval ini
tuzish tavsiya etiladi.