• «Andijon» respublika fond birjasi
  • Tadbirkorlik faoliyati turlari 2-mavzu. Tadbirkorlik faoliyatining turlari va shakllari Reja




    Download 362,3 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet8/21
    Sana25.01.2024
    Hajmi362,3 Kb.
    #146020
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21
    Bog'liq
    Yuldosheva Nasiba

    Fond birjasi. Moliyaviy tadbirkorlikning elementlaridan yana biri fond birjasidir. 
    Kapitalning ko‘payishi, aktivlarning haqiqiy narxini aniqlashga qaratilgan qimmatbaho qog‘ozlar 
    bozoriga fond birjasi deyiladi. Fond birjasining faoliyat tamoyili talab va taklifni tezkor 
    tartiblashtirishdan iboratdir. Fond birjalarida qimmatbaho qog‘ozlarning kopirovkasi o‘tkaziladi. 
    Bunga muvofiq birjaning kopirovka bo‘limi mutaxassislari birja orqali o‘tayotgan barcha 
    qimmatbaho qog‘ozlarning harid kursi va sotuv kurslarini muntazam ravishda baholab boradilar. 
    Joriy kurslar esa doimo chiroqli tabloda yozilib, maxsus byulletenda chop etiladi. Joriy kurslarga 
    binoan shu vaqt shu birjada ma’lum aksiyalarni sotish yoki sotib olish narxlari aniqlanadi. Bu 
    narxlar maxsus formula yordamida chiqarilsa, ular birja faolligining indeksini aniqlash uchun 
    asos bo‘ladi. Birja faolligi iqtisodiyotda sodir bo‘layotgan ahvolni o‘ziga xos ravishda aks 
    ettiradi. 
    SHu bilan birga, davlat monopolistik kapitalizm sharoitida qimmatbaho qog‘ozlar 
    savdosida birja roli ancha pasaydi. Buning asosiy sababi kuchli kreditmoliya institutlarining 
    yuzaga kelishidadir. Ular qimmatbaho qog‘ozlar savdosini birjalarsiz olib boradilar. 
    Qimmatbaho 
    qog‘ozlar savdosida birjalar roli tushib ketganiga sabab, davlat 
    obligatsiyalarining qimmatbaho qog‘ozlar umumiy hajmidagi salmog‘i oshganligidadir. 
    Hozirgi vaqtda O‘zbekistonda ham fond birjalari o‘z faoliyatini amalga oshirib 
    kelmoqda. «Andijon» respublika fond birjasi erkin sotuvga chiqarilgan aksiyalar savdosi 
    bilan shug‘ullanuvchi yopiq aksiyadorlik jamiyati, 1994 yil aprelda «Toshkent» respublika 
    universal tovarfond birjasi tarkibidagi fond bo‘limi asosida tashkil etildi. 
    Birja qimmatli qog‘ozlarning bir maromda muomalada bo‘lishini ta’minlaydi, ularning 
    bozor bahosini belgilaydi va ularga doir ma’lumotlarni tarqatadi. Birjaning 81 brokerlik idorasi 
    bo‘lib, ularda jami 240 broker ishlaydi. 
    Respublikaning qimmatli qog‘ozlar bozorini shakllantirish borasida hukumat tomonidan bir qancha 
    tadbirlar ko‘rildi. Bunday bozorlar respublikada ilgaridan ma’lum bo‘lib, 2030 yillarda veksellar, 
    depozitli sertifikatlar, obligatsiyalar muomalada bo‘lgan. 1995 yildan esa bunday qimmali qog‘ozlar 
    «Andijon» respublika fond birjasi orqali sotila boshlandi. 
    Respublika fond bozoriga Markaziy bank tomonidan veksellar bilan birga depozit va 
    jamg‘arma sertifikatlari chiqarildi. 
    Qimmatli qog‘ozlar bozorini kengaytirish maqsadida fond do‘konlari tarmog‘i vujudga 
    keltirildi. Ularning soni 55 taga etdi. 
    1995 yilda «Andijon» fond birjasi EvropaOsiyo fond birjalari federatsiyasi a’zoligiga 
    qabul qilindi. 

    Download 362,3 Kb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21




    Download 362,3 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tadbirkorlik faoliyati turlari 2-mavzu. Tadbirkorlik faoliyatining turlari va shakllari Reja

    Download 362,3 Kb.
    Pdf ko'rish