Injiniring korxona – muxandislikmaslahat xizmatlarni tijoratchilik qoidalariga asoslangan
holda amalga oshiradi.
Bunday korxona (firma):
ishlab chiqarishni ta’minlash;
mahsulot sotishni uyushtirish;
ishlab chiqarish ob’ektlarini qurib, ishga tushirish yuzasidan
maslahat berish bilan
shug‘ullanadi.
Eksport injiniring firmalari boshqa mamlakatlarga xizmat ko‘rsatadi, chet eldagi ilmiy
g‘oyalar va texnik ishlanmalarni xorijda joriy etadi, murakkab va ulkan loyihalarni amalga oshiradi.
Injiniring bilan birga mashina va uskunalarni
eksport qilib, etkazib beradi.
Qisqa xulosalar
O‘zbekistonda tadbirkorlik
faoliyatining ishlab chiqarish, tijorat, moliya va
maslahat tadbirkorligi kabi turlari keng rivoj topmoqda. Mamlakatimizda tadbirkorlikning
yakka
tartibdagi, xususiy, jamoa va aralash shakllari faoliyat ko‘rsatadi. Jamoa
tadbirkorligi firmalar faoliyatida o‘z ifodasini topadi. Firma –
muayyan turdagi mahsulot
ishlab chiqarishga va xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashgan, bozordagi talab va taklifga qarab
ish tutadigan, iqtisodiy jihatdan erkin va mustaqil korxonadir. Firmalarning turlari ko‘p.
Ularni,
-xususiy firmalarga;
- shirkat
firmalariga;
-davlat korxonalariga;
- aralash firmalarga ajratish mumkin.
Nazorat va muhokama uchun savollar
1. Tadbirkorlikning qanday turlarini bilasiz?