turdagi AJ esa o‘z aksiyalariga ochiq obuna o‘tkazish yoki ularni fond bozorida sotish uchun
chiqarish yo‘li bilan ochiq turdagi AJga aylanishi mumkin. Boshqa turdagi jamoa korxonalari va
shirkat xo‘jaligi o‘z aksiyalarini chiqarish yo‘li bilan ikkala turdagi aksiyadorlik jamiyatlarga
ham aylantirilishi mumkin.
Ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati har yili ommaviy axborot vositalarida:
yillik hisobotni;
buxgalterlik balansini;
foydalar va zararlar schyotini;
jamiyat aksiyalari emissiyalari prospektini;
umumiy majlisni o‘tkazish sanasi va joyini malum qilib turishi shart.
Aksiyadorlik jamiyatini tashkil etish uchun quyidagilar zarur:
jamiyatni tashkil etish va birgalikda faoliyat ko‘rsatish hamda bir yoki bir
necha shaxsga jamiyatni tashkil etish uchun vakolat berish to‘g‘risida shartnoma tuzish;
aksiyalarga obuna o‘tkazish;
ta’sis konferensiyasini o‘tkazish;
jamiyat va uning aksiyalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish.
Jamiyatni tashkil etishdagi xarajatlar shartnomaga imzo chekkan shaxslarga taqsimlanadi.
Davlat mulkini xususiylashtirish orqali quyidagi usullarda AJ tashkil etilishi mumkin:
oddiy yo‘l bilan, ya’ni bunda fuqarolar yopiq yoki ochiq AJ larining
ob’ektlarini auksion orqali yoki konkurs yo‘li bilan sotib olishadi;
davlat korxonasi mehnat jamoasi tomonidan yopiq AJ ni tashkil etadi va
ma’lum yuridik shaxs tomonidan korxona sotib olinadi;
davlat yoki ijara korxonalari ochiq AJ lariga aylantiriladi.
Barcha jamoa korxonalari uchun quyidagi umumiy jihatlar mavjud:
nizom kapitalining tegishli bo‘laklarga yoki aksiyalarga majburiy
bo‘linishi;
jamiyatning o‘z majburiyatlari va faqat o‘zining mulki bo‘yicha cheklangan
javobgarligi;
aksiyador (sherik)lar orasidagi o‘zaro munosabatlar, daromad va mulkni
taqsimlash, korxonani boshqarish bo‘yicha munosabatlar ularning kiritgan ulushlari
miqdoriga qarab taqsimlanadi;
jamiyat a’zolari uning kapitaliga o‘z ulushlarini kiritishlari zarur, ammo o‘z
mehnatlari bilan uning faoliyatida ishtirok etishlari majburiy emas.
Aksiyadorlik jamiyatlarini tashkil etish jarayonlari «Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish
va xususiylashtirish», «Hissadorlik jamiyatlari», «Korxonalar to‘g‘risida»,
«Qimmatli qog‘ozlar bozori va fond birjalari» to‘g‘risidagi qonunlar va boshqa me’yoriy
hujjatlar asosida boshqariladi.