• Davlat korxonalari
  • Tadbirkorlik faoliyati turlari 2-mavzu. Tadbirkorlik faoliyatining turlari va shakllari Reja




    Download 362,3 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet17/21
    Sana25.01.2024
    Hajmi362,3 Kb.
    #146020
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
    Bog'liq
    Yuldosheva Nasiba

    Aralash xolding – nazorat va boshqaruv vazifalari bilan bir qatorda sanoat, savdo, 
    transport, kreditmoliya va boshqa sohalarda tadbirkorlik faoliyati bilan ham shug‘ullanish 
    maqsadlarida tuziladi. 
    O‘zbekistan Respublikasi qonunchiligiga binoan xolding kompaniyalari 
    quyidagi yo‘llar bilan tashkil etiladi: 
     yirik korxonalarni qayta tashkil qilishda ularning tarkibiy bo‘linmalarini 
    mustaqil yuridik shaxs (sho‘‘ba korxonalar) sifatida bunyod etish yo‘li
    bilan; 
     yuridik jihatdan mustaqil korxonalarning aksiya paketlarini birlashtirish 
    yo‘li bilan; 
     yangi aksiyadorlik jamiyatlarini ta’ sis etish yo‘li bilan. 
     Xoldinglar monopoliyaga qarshi organning ruxsati bilan tashkil etiladi. 
    Xoldingni tashkil etishga ruxsat olish uchun monopoliyaga qarshi organga 
    boshqa hujjatlar bilan birga: 
     nizom loyihasi; 
     xoldingni tuzishga xohish haqida bayonnoma yoki ta’sischilar shartnomasi; 
     tuziladigan xoldingga kiritish uchun tavsiya qilinayotgan korxonalar 
    ro‘yxati; 
     shu korxonalardan har qaysisining xo‘jalik faoliyati turlari va hajmi 
    haqidagi ma’lumotlar topshiriladi. 
    Agar xoldingni tuzish biron bir mahsulot (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish 
    monopoliyasiga olib keladigan bo‘lsa, bunday xoldingni tuzishga ruxsat berilmaydi. 
    Davlat korxonalari – bu davlat mulki bo‘lgan va uning nazorati ostida ishlovchi 
    korxonalar bo‘lib, ular ishlab chiqarishdagi davlat sektorini tashkil etadi, eng muhim va 
    mas’uliyatli vazifalar (mudofaa, aloqa, energetika, transport va boshqalar)ni bajaradi. 
    Qo‘shma (aralash) korxonalar xususiy, davlat va jamoa mulkining aralash mablag‘lariga 
    tayanadi. Aralash firmalar milliy va xorijiy kapitalga tayangan hissadorlik qoidasiga binoan 
    tashkil topadi, foydasi shunga qarab taqsimlanadi. 
    Qo‘shma korxona tuzishga hamkorlarni nima majbur qiladi? AQSH olimlari quyidagi 
    omillarni keltiradilar: 
     kapital xarajatlar hajmining qisqarib ketishi va yangi quvvatlarni barpo 
    etishdagi xavotirlik; 
     aniq geografik bozorga o‘tish; 
     yangi faoliyat sohasiga o‘tish; 


     ishlab chiqarish sohasining bazasi yoki xom ashyo manbaini qo‘lga kiritish; 
     ishlayotgan ishlab chiqarish liniyalarining kengayganligi; 
     tovar yoki xizmatlarni sotishning yangi tarmoqlari paydo bo‘lganligi; 
     mavjud marketingning samaradorligi oshganligi; 
     takrorlanib turuvchi yoki mavsumiy beqarorlikni bartaraf etish imkoniyati; 
     qo‘shma korxonadagi hamkorlar yordamida ishlab chiqarish xarajatlarini 
    kamaytirish imkoniyati. 
    Qo‘shma korxonalar o‘zaro manfaatdorlik negizida, hukumatlararo shartnomalar 
    asosida tashkil qilinib, ilmiyishlab chiqarish, ilmiytexnik va boshqa vazifalarni echishga 
    qaratilgan. Ular sanoat, qishloq xo‘jaligi, qurilish, transport, savdo, fan va xalq xo‘jaligining 
    boshqa sohalarida tarkib topishi mumkin. 
    Qo‘shma korxonalar, asosan, chet el texnikasi va texnologiyasi asosida barpo etilib, 
    maxalliy xom ashyo va ish kuchi hisobiga ishlaydi. Korxona o‘zining mustaqil balansiga ega 
    bo‘ladi va xo‘jalik hisobi asosida faoliyat yuritadi. Respublikamizda AQSH, Italiya, Turkiya, 
    Fransiya, Germaniya, Angliya, Koreya, YAponiya kabi qator davlatlar kompaniyalari bilan 
    hamkorlikda qo‘shma korxonalar qurilib, ishga tushirilgan. 

    Download 362,3 Kb.
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




    Download 362,3 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tadbirkorlik faoliyati turlari 2-mavzu. Tadbirkorlik faoliyatining turlari va shakllari Reja

    Download 362,3 Kb.
    Pdf ko'rish