Xususiy tadbirkorlik – bu fuqarolar (alohida fuqaro) tomonidan o‘zlarining
tavakkalchiliklari va mulkiy javobgarliklari ostida, shaxsiy daromad (foyda) olish maqsadida
amaldagi qonunchilik asosida amalga oshiriladigan tashabbuskor xo‘jalik faoliyatidir.
Xususiy tadbirkorlikning yakka tartibda faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlikdan farqi
shundaki, bu erda faoliyat ko‘rsatuvchilar o‘z faoliyatini yollanma ishchi kuchi
yordamida olib boradilar. Ular yuridik shaxs sifatida ish ko‘radilar va o‘z korxonalarini davlat
ro‘yxatidan o‘tkazishga majburdirlar.
Jamoa tadbirkorligi– bu bir guruh fuqarolarning o‘zlariga ma’qul bo‘lgan mulkchilik
shakllarida jamoalarga birlashib, jamoa korxonalarini tashkil qilishlari va shu asosda tadbirkorlik
faoliyatini amalga oshirishlaridir.
Jamoa tadbirkorligi faoliyati firmalar faoliyatida o‘z ifodasini topadi. Firma – muayyan
turdagi mahsulot ishlab chiqarishga va xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashgan, bozordagi talab va
taklifga qarab ish tutadigan, iqtisodiy jihatdan erkin va mustaqil korxonadir.
Xususiy firma deganda ayrim shaxs yoki oilaga tegishli bo‘lgan, yakka xususiy
mulkka asoslanib faoliyat ko‘rsatadigan korxona tushuniladi.
Firmalarning turlari juda ko‘p, ularni -chizmada quyidagicha tasvirlash mumkin (2,4-
chizma).
SHirkat firma bir necha sohibning mulkini birlashtirish va tadbirkorlikdan olinadigan
foydani baham ko‘rishga asoslangan sherikchilik korxonasidir.
SHirkat firmalarining ikki turi mavjud:
- mas’uliyati cheklanmagan jamiyatlar;
-mas’uliyati cheklangan jamiyatlar.
Mas’uliyati cheklanmagan jamiyatlar ikki yoki undan ko‘proq kishilarning mulki asosida
yuzaga keladi. SHeriklarning dastlabki mulki firmaning ustav kapitali deyiladi.
Bu kapitalga har bir sherik o‘z hissasini qo‘shadi. Ular ustav fondiga qancha pul qo‘ysa, shu
hissaga binoan foyda olishadi. Bordiyu firma
sinsa, sheriklar zararni hamjihatlikda ko‘taradi, ya’ni bir sherik boshqasining
javobgarligini ham zimmasiga oladi.
SHirkat a’zolari o‘rtasida tuzilgan bitim shirkatning huquqiy asosi hisoblanadi. Bu
bitim quyidagi bandlarni o‘z ichiga oladi:
- har bir hamkorning vakolatlari;
- bitimning muddati;
- har bir vakilning umumiy ishga qo‘shgan ulushi;
- daromadlar va yuz berishi mumkin bo‘lgan zararlarni o‘zaro bo‘lish
yo‘lyo‘riqlari;
- uyushma mablag‘laridan har bir hamkorning olishi mumkin bo‘lgan aniq va
belgilangan pul hajmi;
- uyushmada amalga oshirish zarur bo‘ladigan moliyaviy ishlar tartibi;
- yangi hamkorni qabul qilish tartibi;
- shirkatni tarqatib yuborish tartibi.