Tadbirkorlik faoliyati turlari 2-mavzu. Tadbirkorlik faoliyatining turlari va shakllari Reja




Download 362,3 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/21
Sana25.01.2024
Hajmi362,3 Kb.
#146020
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21
Bog'liq
Yuldosheva Nasiba

Maslahat tadbirkorligi 
 
Maslahat xizmatlarining mohiyati va bosqichlari. Ma’lum bir sohada o‘z mutaxassisligi 
bo‘yicha yo‘lyo‘riq ko‘rsatuvchi kishiga maslahatchi deyiladi. CHet ellarda boshqaruv bo‘yicha pulli 
maslahat konsalting deb yuritiladi. Iqtisodiyot va boshqaruv bo‘yicha Evropa Federatsiyasi Maslahatchilar 


Assotsiatsiyasining ta’rificha menejmentkonsalting boshqaruv bo‘yicha muammo va imkoniyatlarni 
aniqlash, ularga baho berish, tegishli choratadbirlar ishlab chiqish va ularni amalga oshirishda xolisona 
maslahat berish hamda yordam ko‘rsatishdir. 
Sanoati rivojlangan mamlakatlarda mablag‘larni maslahatli xizmat shaklida intellektual 
kapitalga kiritish yangi uskuna yoki ilg‘or texnologiyalarni sotib olishga ketgan mablag‘lar bilan 
tengdir. Mablag‘lar ishlatishning ushbu ko‘rinishi bizning mamlakatimizda endi amalga 
oshirilmoqda. Bu yo‘nalishda intellektual imkoniyatlardan iqtisodiyot va boshqaruv sohalarida 
to‘laligicha foydalanish yaxshi samara beradi. Ko‘p korxonalar o‘zlarining intellektual 
imkoniyatlaridan to‘la va samarali foydalana olmasliklari sababli bozor iqtisodiyoti sharoitida qiyin 
ahvolga tushib qolgan. O‘z vaqtida maslahatchilar yordamidan foydalangan rahbarlar 
moliyaviyxo‘jalik faoliyatida iqtisodiy samaraga erishganlar. 
Germaniyaning mashxur «Porshe» avtomobil firmasi 1991 yilga kelib tanazzulga uchrash 
arafasida edi. Korxona rahbarlari ahvolni tuzatish uchun YAponiyaning «Sin gidzyusu» (bu 
«YAngi texnologiya» ma’nosini bildiradi) konsalting firmasiga murojaat qilishdi. Firma 
«Toyota»ning malakali mutaxassislarini yig‘ib, ishga kirishdi. CHet ellik maslahatchilar sharoitni 
obdon o‘rganib chiqib, «Porshe» zavodida konveyer ish usulini joriy etdi. Ishlab chiqarishning barcha 
bo‘g‘inlarida xarajatlar keskin ravishda kamaytirildi. Konveyer tizimi o‘zgartirilmasada mahalliy 
tajriba va an’analar hisobga olinmadi. Faqat yapon maslahatchilari taklif qilgan tizim ishlay boshladi. 
YAponiya texnologiyasi joriy etishdan uch yildan keyin «Porshe»da birinchi real natijalar 
yuzaga keldi: kompaniya kam xarajat qilib, ko‘proq avtomobil ishlab chiqara boshladi. 19%
ga kamaytirilgan ishchilar tezroq va sifatliroq ishni bajara boshladi. YApon 
maslahatchilarining tavsiyalari tufayli yig‘uv konveyer uzunligi qisqardi, ko‘p miqdordagi 
yordamchi omborxonalarga hojat qolmadi, natijada zavod hududi 30% ga qisqardi. Ishlab 
chiqarishdagi kamchiliklar ikki barobar kamaydi. Avtomobil yig‘ish tezligi 40% ga oshdi. Bu 
ishning barchasini o‘sha eski jihozlarda, shu zavodda ishlab kelgan ishchi va muhandislar 
amalga oshirdi. Ular ixtiro sohasida ham faollashib, har oyda ishlab chiqarishni 
yaxshilashga qaratilgan ikki yarim mingdan ortiq yangi takliflar bermoqda. 
Konsalting xizmatlari bir martali maslahat ham bo‘lishi mumkin. Lekin ular konsalting 
loyiha shaklida bo‘lib quyidagi asosiy bosqichlarni qamrab oladi: 
muammolarni aniqlash (diagnostika); 
loyihani ishlab chiqish; 
loyihani amalga oshirish. 
Loyihaning hajmiga qarab yakuniy bosqich bir necha kundan bir necha oygacha 
cho‘zilishi mumkin. Ba’zida mijozlar bilan ish olib borish ko‘p yillar davom etadi. 

Download 362,3 Kb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21




Download 362,3 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tadbirkorlik faoliyati turlari 2-mavzu. Tadbirkorlik faoliyatining turlari va shakllari Reja

Download 362,3 Kb.
Pdf ko'rish