Tadbirkorlik faoliyati turlari 2-mavzu. Tadbirkorlik faoliyatining turlari va shakllari Reja




Download 362,3 Kb.
Pdf ko'rish
bet18/21
Sana25.01.2024
Hajmi362,3 Kb.
#146020
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
Yuldosheva Nasiba

Konsern – bu ishlab chiqarish diversifikatsiyasi, ya’ni korxonalarning faoliyat sohalari 
va ishlab chiqaradigan mahsulotlari turining kengayishi, yangilanib turishi asosida tarkib 
topadigan yirik ko‘p tarmoqli korporatsiya. Konsern tarkibiga sanoat, transport, savdo, bank kabi 
tarmoqlarga tegishli, ayrim hollarda, dunyoning ko‘pgina mamlakatlarida joylashgan unlab va 
yuzlab korxonalar ixtiyoriy asoslarda kiradi. Konsern tarkibiga kirgan korxona va tashkshyutlar 
orasida o‘zaro korporatsiyalangan turg‘un aloqalar mavjud bo‘lib, ular konsern rivoji yo‘lida 
umumiy moliyaviy resurslardan va yagona ilmiytexnik imkoniyatlardan mushtarak 
foydalanadilar. 
Konsorsium – bu aniq iqtisodiy loyihalarni amalga oshirishni maqsad qilgan 
korxonalarning muvaqqat birlashmasidir. 
Konsorsium a’zolarining huquq va majburiyatlari konsorsium to‘g‘risidagi bitimda 
belgilab qo‘yiladi. Qo‘yilgan vazifani bajarish uchun konsorsium ishtirokchilari 
badallari hisobidan yagona moliyaviy va moddiy fondlar barpo etadilar, byudjet 
mablag‘lari va davlat bankidan kreditlar oladilar. Vazifa bajarilgach, konsorsium 
tarqaladi. Konsorsiumlarga boshqaruv bo‘yicha qo‘mitalar, direktorlar kengashi kabilar 
boshchilik qiladi. Konsorsiumlar aviatsiya, kosmos, kompyuterlar, aloqa kabi yuksak 
texnologik va katta miqdordagi sarmoyali sohalarda keng tarqalgan. 
Konsessiya – bu lotincha so‘zdan olingan bo‘lib, ruxsat, yon berish ma’nosini anglatadi. 
Milliy iqtisodiyotni rivojlantirish yoki tiklash, tabiiy boyliklarni o‘zlashtirish maqsadida davlat 
yoki munitsipalitetga qarashli er uchastkalari, qazilma boyliklar, mol-mulk, korxonalar va 
boshqa xo‘jalik ob’ektlarini muayyan muddatga va shartlar bilan foydalanish uchun chet ellik 
investorga davlat nomidan beriladigan ruxsatnoma, ular bilan tuziladigan shartnoma yoki 
kelishuv. Konsessiyachilik faoliyatida vujudga keladigan huquqiy munosabatlar O‘zbekiston 
Respublikasining «Konsessiyalar to‘g‘risida»gi qonuni bilan tartibga solinib turiladi. 

Download 362,3 Kb.
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Download 362,3 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tadbirkorlik faoliyati turlari 2-mavzu. Tadbirkorlik faoliyatining turlari va shakllari Reja

Download 362,3 Kb.
Pdf ko'rish