potentsimetrik uslublar kiradi.
-tashqi potentsial yuklangan uslublar. Bunga quyidagilar kiradi:
konduktometriya, voltamperometriya, qulonometriya, elektrogravimetriya.
Ikkinchi toifa qo’llanilish usuli bo’yicha klassifikatsiya va bunga asosan
quyidagi ikki uslublar guruhlarini farqlashadi: bevosita va bilvosita.
- Bevosita uslublarda analitik signalni eritma kontsentratsiyasining
funksiyasi sifatida o’lchanadi va uskuna ko’rsatmasi bo’yicha eritmadagi
moddaning
miqdorini
topishadi
(bevosita
potentsiometriya,
bevosita
konduktometriya va hokazo).
- Bilvosita uslublar – bu titrlash uslublari bo’lib, bunda titrlashning yakuni
tizimning elektr parametrlarini o’lchashga asoslangan holda aniqlanadi
(konduktometrik, amperometrik titrlash va hokazo).
Barcha hollarda, tahlil etilayotgan eritma kontsentratsiyasiga funktsional
bog’langan va to’g’ri o’lchanilishi mumkin bo’lgan, o’lchanadigan elektr (tok
kuchi, kuchlanish) yoki elektr-kimyoviy (aralashmaning elektr o’tkazuvchanligi,
elektrodlarning qutblanishi) parametrlar analitik signal bo’lib hisoblanadi.
Tahlilning elektr-kimyoviy uslublari moddalar kontsentratsiyasini keng
intervalda (1 dan 1·10
-9
mol/l gacha) aniqlash imkoniyatini berishi, juda ham
osonlik bilan avtomatlashtirilishi va oziq-ovqat mahsulotlari sifatini nazorat
qilishda qo’llanilishi mumkin.