Eritmalarning kontsentratsiyalarini ifodalash turlari. To’yingan
eritmalar kam ishlatiladi. Ko’pgina hollarda to’yinmagan
eritmalardan
foydalaniladi. Kam modda erigan eritmalar suyultirilgan eritmalar, ko’p miqdor
modda erigan eritmalar kontsentrlangan eritmalar deb yuritiladi.
Eritmaning yoki erituvchining ma’lum massa miqdorida yoki ma’lum
hajmida erigan modda miqdori eritmaning kontsentratsiyasi deb ataladi.
Kontsentratsiyalarni ifodalashning TIU tahlillarida qo’llaniladigan asosiy turlari
quyidagilardan iborat:
Massa kontsentratsiyasi. Bu 1 l eritmada
erigan moddaning massasini
ko’rsatadi:
C =
𝑚 𝑚𝑜𝑑𝑑𝑎
𝑉 𝑒𝑟𝑖𝑡𝑚𝑎
(6)
m modda – erigan moddaning massasi, g
Veritma – eritmaning hajmi, litrda.
O’lchov birligi – ko’pincha
g/l. Mikrotahlillarda kichikroq o’lchamlar:
mg/l, µg/l ham qo’llaniladi, masalan, suvdagi mikroelementlar tahlilida. Ushbu
usul bilan ko’pincha tabiiy va mineral suvlarning tarkibini baholashadi.
Foizli kontsentratsiya. Bu o’lchamsiz miqdor bo’lib,
erigan moddaning
foizlarda ifodalangan massa qismi erigan modda miqdori eritmaning umumiy
miqdoriga nisbatan foiz hisobida ifodalanadi.
C (%) =
𝑚 𝑚𝑜𝑑𝑑𝑎
𝑚 𝑒𝑟𝑖𝑡𝑚𝑎
x 100% (7)
Masalan, 15% li osh tuzi eritmasi deyilganda 100 gramm eritmada 15 g
NaCl bor, 85 grami suvdir (aniqroq aytganda osh tuzi tarkibida bir qator boshqa
tuzlar ham bo’ladi). Yoki, masalan, 3%-lik yodning spirtdagi eritmasi har 100 g
eritmada 3 g yod yoki 3g yod 97g spirtda erigan.
3.
Molyar kontsentratsiya (Cm). 1 litr eritmada qancha mol miqdorida erigan
modda borligini ko’rsatadi
Ya’ni erigan moddaning 1 litr eritmadagi mollar soni
eritmaning molyar kontsentratsiyasi deyiladi. Bunday eritmalar molyar eritmalar
deyiladi.
Odatda molyar kontsentratsiya
Cm yoki M bilan ifodalanadi.
Masalan, 1M N
2
SO
4
eritmasi – bu 1 litr eritmada 1 mol (ya’ni 98 g) sulfat
kislotasi borligini bildiradi. Demak, 2M H
2
S0
4
eritmasi deganda har bir litrida 196
g kislota bor.
C
m
=
𝑀 𝑚𝑜𝑑𝑑𝑎
𝑉 𝑒𝑟𝑖𝑡𝑚𝑎
(8)
Mmodda – erigan moddaning molyar massasi (g/mol),
Veritma – eritmaning hajmi, litrda.
Normal eritma deb 1 litr eritmada erigan moddaning
ekvivalentlar soniga
aytiladi. Bunday eritmalar normal eritmalar deb ataladi. Ular Cn yoki N harfi bilan
ifodalanadi.
Chunonchi, 2n H
2
S0
4
eritmasi deganda bir litr eritmada 2 ekvivalent sulfat
kislota erigan deb tushunish kerak. 1 ekvivalent H
2
S0
4
49 (g) ga teng bo’lsa, 2
ekvivalenti 98 (g) ga teng. Demak, 1 n eritma tayyorlash uchun 49 g kislotani 1 l
suvda eritish lozim.
Demak,
o’zaro
reaksiyaga
kirishayotgan
eritmalarning
normal
kontsentratsiyalari o’zaro teng bo’lsa, bu eritmalar qoldiqsiz reaksiyaga kirishadi.
Bunday eritmalarning qoldiqsiz reaksiyaga kirishadigan
hajmlari ularning
normalliklariga teskari proportsionaldir:
V
1
/ V
2
= N
2
/ N
1
(9)
Bu nisbatlagi V
1
—
birinchi eritmaning hajmi, V
2
— ikkinchi eritmaning
hajmi, N
1
— birinchi eritmaning normalligi, N
2
— ikkinchi eritmaning normalligi.
Bu tenglama asosida reaksiya uchun kerak bo’ladigan eritmalarning
hajmigina
emas,
balki
reaksiya
uchun
sarf
bo’lgan eritmalarning
kontsentratsiyasini ham hisoblab topish mumkin.