• Suvning kimyoviy xossalari.
  • Tahlilning instrumental usullari / Darslik




    Download 4,55 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet18/101
    Sana08.01.2024
    Hajmi4,55 Mb.
    #132176
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   101
    Bog'liq
    ber burger formulasi

    H:O:H 
    ¨ 
    1.1 rasm. Suv molekulasining tuzilishi 
    O—H bog’ni hosil kiluvchi elektronlar elektromanfiyligi yuqori bo’lgan 
    kislorod atomi tomon siljigan. Natijada vodorod atomlari musbat zaryadga ega 
    bo’lib, bu atomlarda ikkita musbat qutb vujudga keladi. Elektronlar juftlarining 
    manfiy zaryadlari markazi nisbatan kislorod atomi yadrosi tomon siljigan bo’lib, 
    ikkita manfiy qutb hosil qiladi. 
    Toza suv rangsiz tiniq suyuqlikdir. Suvning zichligi qattiq xolatdan suyuq 
    holatga o’tganda boshqa moddalardagi kabi kamaymaydi, balki oshadi. Suvning + 


    4°C dagi zichligi 1 g/sm
    3
    ga teng, 4°C dan yuqorida ham, undan pastda ham 
    suvning zichligi 1 dan kichik bo’ladi. Bu xodisa suvning zichlik anomaliyasi deb 
    ataladi. 
    Shuning uchun ham muz yuzada qoladi va o’zidan pastdagi suv qatlamlarini 
    yanada sovishdan va muzlashdan saqlaydi. Bu suv havzalaridagi tirik 
    organizmlarning hayotini qattiq sovuqda ham saqlanib qolishiga yordam beradi. 
    Toza suvning solishtirma issiqlik sig’imi barcha suyuq va qattiq moddalarnikidan 
    katta bo’lib, 4,18 j/(kg·grad) ga teng. Shuning uchun ham suv yozdan qishga 
    o’tish davrida hamda kechasi sekin soviydi. 
    Suvning kimyoviy xossalari. Suv molekulalari nihoyatda ko’p issiqlik 
    chiqishi bilan hosil bo’lganligi sababli, suv qizdirishga juda chidamlidir. Lekin 
    1000°C dan yuqorida suv bug’i vodorod bilan kislorodga parchalana boshlaydi. 
    Moddalarning qizdirish natijasida parchalanishi termik dissotsiatsiya deb ataladi.: 
    2H
    2
    0 ↔ 2H
    2
    + 0
    2

    Suvning reaksiyaga kirishish xususiyati yuqoridir, masalan: ko’pgina metall 
    va metallmaslarning oksidlari suv bilan birikib, asoslar va kislotalarni hosil qiladi. 
    Ancha aktiv metallar suv bilan reaksiyaga kirishganda, vodorod ajralib chiqadi. 
    Suv atomar kislorod bilan birikib, vodorod peroksidni hosil qiladi: 
    H
    2
    O + O ↔ H
    2
    0
    2

    Suv ftor bilan reaksiyaga kirishganda atomar holidagi kislorod ajralib 
    chiqadi: 
    H
    2
    0 + F
    2
    = 2HF + O 
    Cho’g’ holidagi ko’mir orqali suv bug’i o’tkazilganda CO va H
    2
    aralashmasi 
    hosil bo’ladi: 
    C + H
    2
    0 ↔ CO + H
    2

    Uy temperaturasida ishqoriy metallar ta’sirida suv parchalanadi: 
    2Na + 2H
    2
    0 = 2NaOH + H
    2
    .
    Asl metallar (oltin, platina, kumush) va simob suv bilan reaksiyaga 
    kirishmaydi. O’z-o’zicha boradigan juda ko’p reaksiyalarda suv bug’i katalizator 
    vazifasini o’taydi. Suv qutbli modda bo’lganligi uchun juda yaxshi erituvchidir. 

    Download 4,55 Mb.
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   101




    Download 4,55 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tahlilning instrumental usullari / Darslik

    Download 4,55 Mb.
    Pdf ko'rish