• 1.9 Suv molekulasining tuzilishi va fizik-kimyoviy xossalari
  • Bilvosita (titrli) usullar




    Download 4,55 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet17/101
    Sana08.01.2024
    Hajmi4,55 Mb.
    #132176
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   101
    Bog'liq
    ber burger formulasi

    Bilvosita (titrli) usullar. Ushbu uslublar guruhida analitik signalning titrlash 
    jarayonidagi o’zgarishi o’lchanadi va koordinatlarda titrlash egri chizig’i quriladi
    I=f·(V), bunda V – qo’shimcha ravishda quyilgan titrantning hajmi. Modda 
    kontsentratsiyasi signalning faolligiga qarab emas, mutanosiblik nuqtasidagi 
    titrant hajmiga qarab aniqlanadi. Shu sababdan titrimetriya uslublari bilvosita 
    uslublar nomini olgan. Bunda titrlash egri chizig’ining turlari ko’p bo’ladi, chunki 
    tahliliy 
    signalning 
    faolligi 
    nafaqat 
    aniqlanadigan 
    komponentning 
    kontsentratsiyasi, balki titrantni va qolaversa reaksiya mahsulotining 
    kontsentratsiyasi bilan ham bog’liq bo’lishi mumkin. 
    1.9 Suv molekulasining tuzilishi va fizik-kimyoviy xossalari 
     
    Ekologiya va tabiatni muxofazasi, tashqi muhit tarkibiy qismlarini sifatiy va 
    ifloslanganlik darajasi monitoringi sohasidagi ko’pchilik tadqiqotlarda analitik 
    kimyo tahlillari kimyoviy elementlar va birikmalarning suvda erigan atomlari


    ionlari va molekulalarini tahlil qilish orqali amalga oshiriladi. Bunga sabab, 
    ko’pchilik tabiiy va suniy kimyoviy moddalar suvda ozmi-ko’pmi erish 
    xususiyatiga ega, ya’ni suv tabiatdagi eng yaxshi erituvchilardan biridir. Bu 
    xususiyat Er kurrasida hayot bo’lishining ham asosini belgilab beradi. Albatta 
    ko’pchilik moddalar, ayniqsa suniy ifloslantiruvchi birikmalar suvda deyarli 
    erimaydi, va ularni organik erituvchilarda, kislotalarda, va boshqa kuchli 
    erituvchilarda eritilib, keyingina analitik tahlil ishlari bajariladi (masalan 
    xlororganik pestitsidlar, neft maxsulotlari, yog’lar, oqsillar va h.k.). Shuning 
    uchun ham qichqacha bo’lsada suvning molekulasining tuzilishi bilan tanishib 
    o’tish lozim bo’ladi. 
    Suv (vodorod oksidi) H
    2
    O vodorodning kislorod bilan eng oddiy va 
    mustahkam birikmasidir. Suvning molekulyar massasi 18.0160, bundan 
    vodorodga 11.19% va kislorodga 88.81% to’g’ri keladi. Suv tarkibiga kiruvchi 
    yadrolar teng burchakli uch hosil qilib, uning asosida ikkita proton (ya’ni vodorod 
    atomlari), cho’qqisida esa kislorod atomi joylashgan. Vodorod bilan kislorod 
    yadrolari orasidagi masofa 0,1 nM ga yaqin bo’lib, vodorod atomlari yadrolari 
    orasidagi masofa 0,15 nM ga tengdir. Kislorod atomidagi elektronlar quyidagicha 
    qavatlarda joylashgan: 1s
    2
    2s
    2
    2p
    4
    , ya’ni tashqi energetik qavatda 6 ta elektronlar 
    joylashgan. Tashqi elektron qavatni tashkil etuvchi elektronlardan ikkitasi 
    kislorod atomi va vodorod atomlari o’rtasidagi kovalent bog’ni hosil qiladi
    kolgan 4 ta elektron taqsimlanmagan ikkita elektron juftini hosil qiladi: 
    ̤ 

    Download 4,55 Mb.
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   101




    Download 4,55 Mb.
    Pdf ko'rish