qanday eritma eruvchi moddadan va erituvchidan tashkil topgan bo’ladi.
Tuzlarning suvli eritmalarida suv erituvchi hisoblanadi.
Agar eritmani hosil
qiluvchi ikkala komponent erish jarayonida bir xil agregat holatda bo’lsa masalan,
spirt va suv), ko’proq miqdordagi komponent erituvchi hisoblanadi. Ba’zi bir
moddalarning erishida issiqlik ajralib chiqishi erituvchi
bilan eruvchi modda
o’rtasida kimyoviy o’zaro ta’sir borligini ko’rsatadi. Moddalarning eruvchanligi
(ya’ni to’yingan eritmasining kontsentratsiyasi)
erigan moddaning va
erituvchining tabiatiga shuningdek, harorat va bosimga bog’liq.
Moddaning ma’lum temperaturada 100 g erituvchida erib, to’yingan eritma
hosil qiladigan massasi uning eruvchanlik koeffitsienti deb ataladi. Masalan,
glyukoza uchun bu bu ko’rsatkich 200 g, osh tuzi uchun 35 g.
Nazariy jihatdan olganda mutlaqo erimaydigan modda bo’lmaydi. Hatto,
oltin va kumush ham juda oz darajada bo’lsa ham suvda eriydi. Ko’pincha, qattiq
moddalarning suvda eruvchanligi harorat ko’tarilishi bilan ortib boradi. Gazlarda,
aksincha, temperatera ortishi bilan eruvchanlik kamayib boradi.
Gazlarning suvdagi eruvchanligi ekzotermik jarayondir.
Temperatura
ko’tarilishi bilan gazlarning eruvchanligi kamayadi.
Gaz suyuqlikda eriganda
ma’lum vaqtdan so’ng muvozanat qaror topadi:
Gaz + suyuqlik ↔ gazning suyuqlikdagi to’yingan eritmasi.
Gaz eriganda sistemaning hajmi ancha kamayadi. Demak,
bosimning
oshirilishi muvozanatning o’ng
tomonga siljishiga, ya’ni
gaz eruvchanligining
oshishiga olib keladi. Gazlarning suyuqliklardagi eruvchanligi Genri qonuni bilan
ifodalanadi: