• 1.3 Tahlil usullarining klassifikatsiyasi Tahlil uslublari eng avvalo maqsadiga ko’ra: sifatiy va miqdoriy, tahlil
  • – analitik (tahliliy) signal
  • Tahlilning instrumental usullari / Darslik




    Download 4,55 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet8/101
    Sana08.01.2024
    Hajmi4,55 Mb.
    #132176
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   101
    Bog'liq
    ber burger formulasi
    РУС ТИЛИ, МЕТОДИКА ТЕСТ, 5-sinf Adabiyot 2022-2023, Shohruh Qilichov zarip o\'g\'li (2), Psixologik xizmat. Nishanova Z.T, mustaqil talim muqovasi, 4-Statistika-2004-darslik-X.Shodiev-1, 3-s test, 1- 100 gacha javoblar, mustaqilish2(testakigiya), 2-kurs ish rejalari, Документ Microsoft Word (5), Kniga, 1- Amaliy donlardan namuna olish, Xaytbayev Jamshid 1-MB, 7a617c0cf106441bf99cf977981a881b
    jiddiy da’vatdir. Ifloslantiruvchi moddaning tahliliy uslublar yordamida aniqlash 
    meyori 0.5 REKdan past bo’lmasligi, printsipial nuqtai-nazardan shart va zarur. 
    Fizik-kimyoviy instrumental usullar tahlilini rivojlantirishga bo’lgan 
    ehtiyoj – o’tgan asrning 60 – yillarida paydo bo’lgan bo’lib, bunga gravimetriya 
    va titrimetriya kabi, an’anaviy kimyoviy tahlil uslublar bilan aniqlash mumkin 
    bo’lmagan juda ham kam miqdordagi moddalarni aniqlashga bo’lgan, masalan 
    mikroelektronika singari, sanoat ishlab chiqarishning turli yo’nalishlarida qisqa 
    vaqt ichida juda ko’p sonli tahlillar o’tkazishga ehtiyoj paydo bo’lganligi tufayli 
    yuzaga kelgan.
    1.3 Tahlil usullarining klassifikatsiyasi 
    Tahlil uslublari eng avvalo maqsadiga ko’ra: sifatiy va miqdoriy, tahlil 
    ob’ektlariga ko’ra: noorganik va organik guruxlarga bo’linadi.
     


    Miqdoriy tahlil, muayyan birikma yoki moddalar aralashmasining tarkibiy 
    qismini miqdoriy nisbatini aniqlash imkoniyatini beradi. Sifatli tahlildan farqli 
    o’laroq, miqdoriy tahlil, tahlil qilinayotgan moddaning alohida tarkibiy qismlarini 
    yoki tadqiq etilayotgan ob’ektning umumiy tarkibini tashkil etuvchi moddani 
    aniqlash imkonini beradi. 
    Tahlil qilinayotgan modda tarkibidagi alohida elementlarni aniqlash 
    imkonini beruvchi sifat va miqdoriy tahlil uslubini elementli tahlil; funktsional 
    guruhini aniqlovchi uslubini – funktsional tahlil; muayyan molekulyar massani 
    xususiyatini namoyon qiluvchi individual kimyoviy birikmalarni aniqlovchi uslub 
    molekulyar tahlil deb ataladi. 
    3. Bajarilish usuli bo’yicha: kimyoviy, fizikaviy, fizik-kimyoviy 
    (instrumental) uslublar. 
    4. Namunalarning og’irligi bo’yicha: makro - (> 0,10 g), yarim-mikro – 
    (0,10 – 0,01 g), mikro – (0,01 – 10
    –6
    g), ultramikro-tahlil (< 10
    –6
    g).
    Fizik-kimyoviy (instrumental) uslublarning umumiy soni juda ham ko’p, 
    ular bir necha o’ntani tashkil etadi. Ular orasidan quyidagilar nisbatan ko’proq 
    amaliy ahamiyatga ega: 
    1) elektr-kimyoviy – tahlil etilayotgan tizimlarning elektr o’tkazuvchanligi, 
    tok kuchi va boshqa elektrokimyoviy yoki elektr-fizikaviy ko’rsatkichlarning 
    potentsialini o’lchashga asoslangan.
    2) spektral – moddani elektromagnitli nurlanish va qandaydir spektral 
    ko’rsatkichlar (to’lqinning uzunligi, tebranishlar chastotasi, energiya) bilan o’zaro 
    ta’sirlanishi natijasida yuzaga keladigan turli samaralarni o’lchashga asoslangan. 
    Uslublarning mazkur guruhi amaliy jihatdan juda keng qo’llaniladigan va muhim 
    hisoblanadi.
    3) xromatografik (bo’lish, ajratish va tahlil qilish) – ajralib chiqadigan 
    moddaning yuzaki (adsorbtsiya) va to’liq (absorbtsiya) yutilish jarayonlariga 
    asoslangan. Tarkibiy qismning xususiyati bo’yicha yaqin bo’lgan murakkab 
    aralashmalarni (aminokislotalar, monosaxaridlar, yog’ kislotalari va boshqalar) 
    parchalantirish borasida boshqa usul xromatografiya o’rnini bosa olmaydi va keng 
    qo’llaniladi. Ushbu holatda xromatorammadagi xromatorgafik cho’qqi holati 
    tahliliy ko’rsatkich hisoblanadi.
    Instrumental o’lchanadigan va keyinchalik shu asosda tahlil o’tkaziladigan 
    parametr – analitik (tahliliy) signal deb ataladi, bu uslubning sifat tavsifi. 
    Uslubning tahliliy signali faolligi, ya’ni analitik signalni kuchi esa uning 

    Download 4,55 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   101




    Download 4,55 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tahlilning instrumental usullari / Darslik

    Download 4,55 Mb.
    Pdf ko'rish