• Tahliliy kimyo – kimyoviy birikmalarni identifikatsiyalash usullari, moddalar va birikmalarning kimyoviy tarkibini miqdoriy va sifatiy
  • 1.2 Tahliliy kimyoning qisqacha rivojlanish tarixi Sifatiy kimyoviy tahlilning asoschisi
  • Kimyoviy tahlil – bu tabiiy muhit tarkibiy qismlarining (havo, suv




    Download 4,55 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet7/101
    Sana08.01.2024
    Hajmi4,55 Mb.
    #132176
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   101
    Bog'liq
    ber burger formulasi
    РУС ТИЛИ, МЕТОДИКА ТЕСТ, 5-sinf Adabiyot 2022-2023, Shohruh Qilichov zarip o\'g\'li (2), Psixologik xizmat. Nishanova Z.T, mustaqil talim muqovasi, 4-Statistika-2004-darslik-X.Shodiev-1, 3-s test, 1- 100 gacha javoblar, mustaqilish2(testakigiya), 2-kurs ish rejalari, Документ Microsoft Word (5), Kniga, 1- Amaliy donlardan namuna olish, Xaytbayev Jamshid 1-MB, 7a617c0cf106441bf99cf977981a881b
    Kimyoviy tahlil – bu tabiiy muhit tarkibiy qismlarining (havo, suv, 
    tuproq, tiriklik, o’lik organik modda) va inson tomonidan yaratilgan 
    ob’ektlarning kimyoviy tarkibi, tuzilishi va xususiyatlari tog’risidagi 
    ma’lumotlarni maxsus fizik-kimyoviy tajriba yo’li bilan olish demakdir.
     
    Buyuk ingliz olimi R. Boyl o’zining “Skeptik (har narsaga shubha bilan 
    qaraydigan) – kimyogar” (1661 y.) kitobida ushbu tushunchani ilk marotaba 
    asoslab beradi va “tahlil (analiz)” iborasini kiritadi.
    Tahliliy kimyo noorganik, organik, fizikaviy kimyo, fizika, matematika, 
    biologiya, geologiya, tuproqshunoslik va boshqa kurslarini o’rganishdan olingan 
    bilimlarga asoslanadi.
    Tahliliy kimyoni o’rganishdan maqsad – moddalar tahlilini zamonaviy 
    usullarini o’zlashtirish va ularni tabiat va atrof-muhit muxofazasini va 
    xalq-xo’jalik masalalarini hal etishda qo’llashdan iborat. Atrof-muhit ob’ektlari 
    va ishlab chiqarishni doimiy va sinchkovlik bilan kuzatish va nazorat qilish ko’p 
    jihatdan tahliliy kimyo tomonidan erishilgan yutuqlarga asoslanadi. 
    Tahliliy kimyo – kimyoviy birikmalarni identifikatsiyalash usullari, 
    moddalar va birikmalarning kimyoviy tarkibini miqdoriy va sifatiy 
    ko’rsatkichlarini va tuzilishini aniqlash tamoyillari va uslublari haqidagi 
    fandir. U kimyo fanining asosiy yo’nalishi hisoblanadi. 
     
    1.2 Tahliliy kimyoning qisqacha rivojlanish tarixi 
    Sifatiy kimyoviy tahlilning asoschisi sifatida, 
    SO
    4
    2−
    va Clˉ ionlarini Ва
    2+
    ва Ag
    +
    - ionlari yordamida aniqlash usullarini ta’riflagan, shuningdek organik 
    bo’yoqlarni indikatorlar (lakmus) sifatida qo’llagan angliyalik olim Robert Boyl 
    hisoblanadi.
    Biroq xaqiqiy tahliliy kimyo fani, M.V.Lomonosov (1711—1765) 
    tomonidan 1748 yilda kimyoviy reaksiyalar natijasida moddalarning massasining 
    saqlanish qonuni kashf etilgani va kimyo amaliyotida massadan foydalanish 
    amaliyoti qo’llanilganidan so’ng shakllana boshladi. Ushbu Qonunni zamonaviy 
    til bilan ta’riflasak “Reaksiyaga kirishadigan barcha kimyoviy moddalarning 
    umumiy massasi ushbu reaksiya natijasida hosil bo’ladigan barcha moddalarning 
    umumiy massasiga tengdir” degan ma’noni anglatadi. M.Lomonosovgacha shu 
    narsa jumboq bo’lganki, ko’rchilik metallar kuydirilganda (ya’ni yondirilganda) 
    hosil bo’lgan moddaning vazni metalning boshlang’ich vaznidan og’irroq bo’ladi. 


    Ko’pchilik faylasuflar buni “metal yonganida o’ziga alangadagi ilohiy moddani 
    biriktirib oladi” degan mistik tushuncha bilan izohlashgan. Buyuk kimyogar 
    Robert Boyl ham ushbu fikr tarafdori bo’lgan. Lekin M.Lomonosov o’z Qonunini 
    isbotlash maqsadida 1756 yilda o’tkazgan tajribalarida agar metallar germetik 
    tarzda berk shisha kolbalarda kuydirilsa, pirovard hosil bo’lgan metal moddasi 
    vazni o’zgarmay qolishini uzil-kesil namoyish etgan.
    Lekin shu bilan bir qatorda, metallar yonganida massasining oshuvi haqiqiy 
    sababi ularning atmosfera kislorodi bilan oksidlar hosil qilishi ekanligini 1773 
    yilda buyuk frantsuz kimyogari, zamonaviy kimyo fani asoschilaridan biri 
    Antuan-Loran Lavuazye kashf etgan (Lomonosov ishlaridan bexabar holda). 
    Lekin Lavuazye massaning saqlanish qonuniga yana bir muhim qo’shimcha 
    qildiki, “kimyoviy reaksiyalarda moddalarning umumiy massalaridan tashqari 
    o’zaro ta’sirlashuvchi moddalar tarkibiga kiruvchi elementlarning massalari ham 
    saqlanib qolishini namoyish qildi. 
    Mixail Vasil’evich Lomonosov 
    (1711 – 1765) – buyuk rus olimi, 
    kimyogari, fizik, rassom, tarixchi, 
    shoiri va yozuvchisi. 
    Robert Boyl
    (1627–1691).
    Ingliz kimyogari, fiziki
    va faylasufi. 
    Tahliliy kimyoning fan sifatida shakllanib, rivojlanib borishining tub 
    burilish davri D.I.Mendeleev tomonidan Davriy Qonunni kashf etilishi (1869 y.) 
    bilan bevosita bog’liq. D.I.Mendeleevning mehnatlari tahliliy kimyo uslublarining 
    nazariy poydevorini tashkil etdi va uning asosiy rivojlanish yo’nalishini belgilab 
    berdi. 
    Kimyoviy elementlarning davriy tizimi (Mendeleev davriy jadvali) — 
    elementlarning turli xususiyatlarini atom yadrosining zaryadiga bog’liqligini 
    belgilaydigan kimyoviy elementlarning tasnifidir. Tizim D.Mendelev tomonidan 
    ochilgan davriy qonunning grafik ifodasidir. Tizimning zamonaviy nusxasidagi 


    elementlar ikki o’lchovli jadvalga birlashtirilgan. Unda har bir ustun (gurux) 
    asosiy fizik-kimyoviy xususiyatlarni aniqlaydi va qatorlar esa bir-biriga o’xshash 
    davrlardir. Bugungi kungacha ushbu jadvalga 118 ta ochilgan element kiritilgan.
    Tahliliy kimyoda uzoq vaqt mobaynida “klassik” (an’anaviy) deya 
    nomlanuvchi tahlil uslublari hukmronlik qilib keldi. Tahlilga “san’at” sifatida 
    qaralgan va u keskin tarzda tajribachining “qo’liga” bog’liq bo’lgan. Texnik 
    jarayon tahlilning nisbatan tez va oson uslublarini talab qilgan. Hozirgi kunda 
    ommaviy kimyoviy tahlillarning aksariyati yarim avtomatlashtirilgan va 
    avtomatlashtirilgan uskunalar yordamida amalga oshiriladi. Bunda uskunaning 
    nisbatan qimmat tannarxi, uning yuqori samaradorligi hisobiga qoplanadi. 
     
    Antuan-Loran Lavuaze 
    (1743-1794) - buyuk frantsuz 
    kimyogari. 
     
     
     
     
     
     
     
    Dmitriy Ivanovich Mendeleev 
    (1834-1907) – buyuk rus kimyogari, 
    entsiklopedist-olim. 


    Hozirgi vaqtda oz miqdordagi REK, ifloslantiruvchilar kontsentratsiyasini 
    nazorat qilish uchun tahlilning kuchli, axborotlashtirilgan va ta’sirchan yuqori 
    sezgir uslublarini qo’llash lozim. Aslida, normativ jihatdan “komponentning 
    yo’qligi” nimani anglatadi? Ehtimol, uning miqdori shunchalik ozki, natijada uni 
    an’anaviy uslublar yordamida aniqlashning imkoniyati yo’q, lekin buni qilish 
    kerak. Haqiqatdan ham, atrof-muhitni himoya qilish – tahliliy kimyo uchun 

    Download 4,55 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   101




    Download 4,55 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kimyoviy tahlil – bu tabiiy muhit tarkibiy qismlarining (havo, suv

    Download 4,55 Mb.
    Pdf ko'rish