2.1. rasm Logistik tizim ichida ishlab chiqarish vositalarining
aylanishi.
Oldin ishlab chiqarish vositalari xarid qilinadi. Ular material oqim
ko’rinishida logistik tizimiga kiradilar, omborlarda joylashadilar,
ishlab chiqariladilar yana saklanadilar va logistik tizimdan iste’molga
chiqariladi. O’rniga moliya oqimlari kiradi. Logistika tizimining
tashqi muhit bilan aloqasi 2.2-rasmda ko’rsatilgan. MO
1
ning sifati
MO ning sifatililik belgilaridan samaraliroq.
Logistikaning asosiy maqsadi - yuklarni “Just in time” aniq
muddatda eng kam mehnat va moddiy resurslarni sarflangan holda
yetkazib berishdan iborat. Materiallar, xom-ashyo va tayyor
mahsulotlarni aynan vaqtida yetkazib berish butun iqtisodiy tizimning
ishlab turishiga qulay sharoit yaratadi va omborlardagi zaxiralarni
sezilarli darajada qisqartirishga imkon beradi. Logistika to’liq
darajada iste’molchiga xizmat qiladi.
19
2.2 rasm Logistik tizimining tashqi muhit bilan aloqasi
Shuning uchun logistikada sotish vazifasining bajarilishi “6R”
orqali, ya’ni oltita “riching” - shartga: yuk, sifat, miqdor, vaqt,
xarajatlar va yetib kelish joyiga rioya qilgan holda amalga oshiriladi
deb hisoblash o’rinli.
Logistik tizimning samaradorligi moddiy oqimlarni: idishlarni
sotish bo’yicha kompleks tadbirlarni amalga oshirish, yuk birliklarini
bir shaklga keltirish, omborga joylashtirishning samarali tizimini
amalga oshirish, buyurtmalar miqdori va zaxiralar darajasini
muvofiqlashtirish, korxonalar, ulgurji-vositachi firmalar, omborxona
inshootlarida va magistral transportda yuklar harakatining eng qulay
marshrutlarini tanlashning tahlilini talab qiladi.
Logistik tizimining qurilishi va faoliyat ko’rsatishi quyidagicha
konseptual qoidalarga asoslanishi kerak:
LTning barcha elementlari integrasiyasi va o’zaro aniq
hamkorligi namoyon bo’luvchi tartibli yondashish, ya’ni
uskunalarning alohida turlarini yaratishdan ishlab chiqarish –
omborxona va ishlab chiqarish – transport tizimini yaratishga
o’tishda ishlab chiqarish – transport tizimining yagona texnologik
jarayonini amalga oshirish;
mahsulot ishlab chiqarish - transport uskunalarini yaratish va
ishlatish;
20
iqtisodiy
talablarga
javob
beruvchi
zamonaviy
mehnat
sharoitlarini yaratish;
bozorni mo’ljallash bilan butun logistik zanjiri davomida
xarajatlar majmuasini hisobga olish;
zamonaviy darajadagi servis xizmatlarini rivojlantirish, epchillik,
ishonchlilik va yuqori sifatni ta’minlash;
Odatda logistik tizimlar noaniq sharoitda ishlaydi. Bu bozor
kon’yukturasida transportning ishlashi tasodifiy jarayonlar sodir
bo’lishi bilan bog’lik. Shu tufayli logistik tizimlarning muhim
xususiyatlaridan biri - moslashish xususiyati. Logistik tizimlar
ishlashining asosiy tamoyillaridan biri - yuqori darajadagi
ishonchliligi va mustahkamligi hisoblanadi. Bu ishlab chiqarish, sotish
va taqsimlashni ishonchli strategik rejalashtirishini ta’minlaydi.
Bu yerda shuni ham hisobga olish kerakki, juda tezlik bilan
bajariladigan rejalarga nisbatan, qat’iy rejalarning roli kattaroq.
Bunday strategik rejalarning yuqori darajada ishonchli bo’lishi uchun
atrof-muhit vaziyati, birinchi holatda bozordagi vaziyat har xil
bo’lishi mumkin bo’lgan holatlarni o’rganish va tug’ilgan savollarga
strategik javoblar aniqlash zarur.
G’arb
mutaxassislari
fikricha,
strategik
rejalashtirish
firmalarning o’z raqiblari bilan kurashida eng qudratli qurol bo’lib
hisoblanadi.
Strategik rejalashtirishning asosi - ilmiy darajada. Ilmiy darajani
tayyorlashda tarixiy va ekstrapolyatsiya usullaridan foydalaniladi.
Strategik rejalashtirish – ijodiy jarayon va u ko’prok darajada
harakatga ko’ra, maqsadga mo’ljallangan. Strategik rejalashtirish
asosida texnik rejalar zanjiri generatsiya qilinadi, har kuni “Just in
time” jarayonini amalga oshirish uchun ildam vaziyatlarida maqsadlar
va harakatlar bir shakli keltiriladi. Strategik rejalar ko’pincha aniq
jarayonlarni emas, aniq maqsadlarni ko’zda tutadi. U strategik rejani
tez bajariladigan rejadan farqlaydi. Tez bajariladigan rejalar aniq
faoliyatni ko’zda tutadilar, masalan, taqsimlash yoki sotish
jarayonlarini logistika xalq xujaligiga sanoatlar nuqtai nazaridan emas,
balki mintaqalar nuktai nazaridan qaraydi.
Logistik tizimlar ishlashini tahlil qilishda umumiy xarajatlar
ahamiyati katta. Ombor xo’jaligi xarajatlari, zahiralar, transport,
ishlab chiqarishni rejalashtirish, buyurtmani bajarish xarajatlari va
21
boshqa xarajatlar bir-biriga bog’liq. Ayrim xarajat turlarini
kamaytirishga qaratilgan harakatlar butun tizimning ishlashidagi
umumiy xarajatlarning ortib ketishiga olib kelishi mumkin, shuning
uchun logistikaning har qanday faoliyatiga yangilik kiritishdan oldin,
bu o’zgartirish oqibatlarini har tomonlama tahlil qilish kerak. Tizim
qismlarining proporsiyalari aniqlanishi, qiymat tavsiflarining samarasi
ko’rib chiqilishi, boshqarish siyosati tuzilishi kerak, yangi
texnologiyalar, asbob-uskunalar hisobga olinishi kerak. Chunki
tizimning tubdan (korennoy) o’zgarishi, qaytadan tashkil qilinishi,
xarajatlarning keskin ortib ketishga olib keladi. Shu bilan birga,
ilgaridan logistik tizimlarning evolyutsion yo’llar orqali o’zgarish
hollari aniqlanib, hisobga olinadi. Bundan tashqari, sanoat
menejmentining
logistika
muammolariga
nisbatan
e’tibori
oshayotganining bir necha sabablari bor. Alohida olingan ta’minlash,
ishlab chiqarish yoki taqsimlash jarayonlarining samarasini oshirish -
umuman qaraganda - samarasi kam usuldir.
Logistik tizimning qismlaridan har biri butun tizim
muvozanatini buzishi mumkin. Amalda logistikaning ana’naviy
maqsadlari ko’pincha marketing yoki ishlab chiqarish maqsadlariga
to’g’ri kelmaydi. Masalan, korxonalarning ishlab chiqarish bo’limlari
tayyor mahsulot zahiralarini ko’paytirishga harakat qiladi, aks holda,
sotish jarayonida mahsulot kam yoki umuman yo’qligi sababli
yo’qotishlar ro’y berishi mumkin. Boshqa misol, transport boshlig’i
faqat transport tizimiga javobgar bo’lsa, u transportning qulay
yo’nalishini tashkil qilish, transport tizimidagi zahiralar miqdorining
kamayishida, umuman, transport tizimining daromadi kamayishiga
mutlaqo qiziqmaydi. Logistik tizimlar materiallar oqimini boshqarish
bilan bir qatorda taqsimlanish jarayonini nazorat qilishda asosiy qurol
bo’lib qolayapti.
Ilmiy texnika taraqqiyotining yutuqlari logistika tizimi
qismlarining birlashib, mustahkam bo’lishini tezlashtirdi. Asosiy
yutuqlardan biri - kuchli kompyuterlar, rivojlangan ma’lumotlar
bazasi va axborot yetkazish tizimiga asoslangan buyurtmalar bilan
ishlash tizimining rivojlanishi. Qarorlar qabo’l qilish, masalalar
yechish jarayonlarini modellash va kompyuterlar bilan ta’minlash
logistika tizimini tashkil qiluvchi va boshqaruvchilarga sifatliroq
ishlashga imkoniyat yaratdi.
22
Logistika umumiy xarajatlarni ancha kamaytirishga imkon
yaratish bilan bir qatorda mahsulot sifatini ko’tarishga ham ta’sir
qiladi, chunki faqat sifatli mahsulotlar tashqi bozordagi raqobatni
ko’tara oladi.
Bunday
sharoitda
firmalar iste’molchilarga
ko’rsatadigan xizmatlarining sifatini oshirishga majburlar.
Logistika tizimining ikki turi mavjud.
1.
Mikrologistik tizim
2.
Makrologistik tizim
Makrologistik tizim bu- material oqimlarning boshqarishning yirik
tizimidir. Bu tizim o’z ichiga bir davlatning bir necha hududida
joylashgan yoki bir necha davlatda joylashgan turli vazirliklarga
qarashli sanoat vositachilik savdo va transport tashkilotlarni o’z ichiga
oladi. Turli davlatlarni qamrab oluvchi logistik tizimni shakllantirish
uchun xalqaro iqtisodiy aloqalarning huquqiy va iqtisodiy
munosabatlari, tovarni yetkazib berishning shartlari, transportlash
qonunchiligi kabi bir qator qiyinchiliklarni yengib o’tish kerak.
Chunki logistik tizim yagona hudud, ichki bojxona chegaralarsiz
yagona bozorni tashkil etish va tovar, kapital axborot hamda mehnat
resurslarining oqishiga to’sqinliklarni yengib o’tishni o’zida aks
ettiradi. Makrologistik tizimning tarkibiy quyi tizimlari mavjud.
Ularning qatoriga ishlab chiqarish savdo tashkilotlari, hududiy ishlab
chiqarish kelajagi kabilar kirishadi. Mikrologistik tizimga yagona
infrastruktura orqali o’zaro bog’langan o’zaro texnologik bog’lik
ishlab chiqarishlar kiradi. Makrologistik tizim ichida mikrologistika
tizimlari o’zaro tovar-pul munosabatlari bilan ham bog’langan bo’ladi.
Mikrologistik tizim ichida yana bir necha kichik tizimlar ham mavjud
bo’lishi mumkin bo’lib, ular korxona ichida yakka bo’linma bo’luvchi
yoki boshqa korxonaning biron bo’linmasi bo’lishi mumkin.
Logistik tizimlarini ishlab chiqish. Makrologistikada logsitika
tizimlarining ishlab chiqarishda quyidagi bosqichlarni o’tagani ma’qul.
1.
logistika maqsadlarni bozor kon’yukturasi bilan bog’lik holda
aniqlash.
2.
Maqsadlar daraxtini logistika tizimida servis tuzilmasini ishlab
chiqayotganda identifikatsiyalash.
3.
Transport sxemasi asosida material oqimi kartasini ishlab
chiqarishga qabul qilingan yuklar va iste’molchiga mahsulot
yetkazib berishni hisobga olib tuzish.
4.
Axborot oqimi sxemasini tuzish.
23
Hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida marketing tizimining bir
necha turlari mavjuddir. Bular vertikal marketing tizimi, gorizontal
marketing tizimi va ko’p kanalli marketing tizimi bo’lib hisoblanadi.
Biz hozir bu marketing tizimlarining har birini tarqatilishini ko’rib
chiqamiz.
|