27
hajmiga ta’sir etadi va mahsulot narxini oshirishni talab qiladi. Aks
holda bu jarayon marketing foydasini kamayishiga olib keladi. Yoxud
marketing strategiyasidagi narxga samarali rioya qilish uchun omborda
saqlash hamda tashishda distribyusiya tizimidagi chiqimlarni
sezilarli
qisqartirish talab etiladi. Ishlab chiqarish tannarxi bilan mazkur
qisqartirilgan xarajatlarning yig’indisi narx muammosini hal etishga
ijobiy ta’sir qiladi. Ya’ni bunday holatda logistikaning ushbu jabhadagi
yordami asqotadi.
Marketologlar ulgurji va chakana savdodagilar uchun mahsulotni
tanlaydilar. Logistlar distribyusiya tuzilishini
tanlash bilan vaziyatni
oydinlashtiradilar. Ishlab chiqaruvchilar mahsulotlarini ulgurji
xaridorlarga
sotishlari
bilan
transport
xarajatlarini
tejaydilar.
Zaxiralarning
saqlanish tartibi, xaridorlarga mahsulotni taqdim etishda,
yetkazishda, qadoqlanish tartibi uning sifat ko’rsatkichini belgilaydi.
Logistika nafaqat yetkazib berishni, balki sotish oldidan va sotishdan
keyingi xizmatni tashkil etish orqali marketing strategiyasi
muvaffaqiyatiga ta’siri bilan ham bu jarayonda markaziy o’rinni
egallaydi.
Logistika ishlab chiqarish sikli ta’minotga
omil vazifasida xizmat
qilganda ishlab chiqarish siklida uzilish bo’lmasligi uchun zarur
zahiralar kafolatlanishi evaziga subyekt salohiyatidan to’liq
foydalanishga imkon yaratiladi. Mabodo
ishlab chiqarish sikli
mavsumiylikdan
iborat
bo’lsa
ham
taklif
va
talabni
uyg’unlashtirishga, mahsulot narxi muvozanatlashuviga olib keladi.
Mavsumiylik sharoitida tayyorlov hajmi va zahiralar saqlashning
optimal nuqtasi orqali bozor muvozanatiga intilish ta’minlanadi.
Bunda operativ (tezkor)
menejment va tadbirkorlik
logistikasi
masalalari ustma-ust tushadi. Xususan, texnologik transport,
texnologik jarayonlardagi zahiralar va g’amlamalarni
boshqarish,
moddiy resurslar buyurtmasini tashkil qilish kabilar shular
jumlasidandir.