25
Mahsulotning yangi turini ishlab chiqarishga joriy qilish,
odatda, tabiiy taqsimlanish jarayonida kutilmagan xarajatlarga olib
kelishi mumkin. Masalan, avval ishlatilmagan yangi xomashyo
turlariga ehtiyoj paydo bo’lishi mumkin. Hattoki, faqat o’rami
o’zgargan mahsulot ta’minot doirasi uchun yangi assortiment birligi
deb hisoblanadi. Lekin, shuni aytib o’tish kerakki,
xar bir
assortimentning o’zgarishi xarajatlarning o’sishiga olib kelavermaydi.
Ayrim hollarda ishlab chiqarish quvvatidan foydalanish darajasi
ortishi, mehnatni tashkil qilishining yaxshilanishi mumkin, bular
orqali anchagina mablag’ va mehnat tejalishi mumkin.
Assortimentning kengayishini rejalashtirish, zahiralarni boshqarish,
xarajatlarni kamaytirish doiralarida korxonalar oldiga qo’yilgan
vazifalarni murakkablashtiradi.
Amerika va yapon kompaniyalarining
assortiment siyosatini
solishtirsak, ancha farq qilishini ko’ramiz. Yapon kompaniyalari
modellarni cheklangan miqdorda ishlab chiqaradilar. Ayrim
komplekt
qiluvchi
mahsulotlar,
masalan,
avtomashinalarga
o’rnatiladigan kondisionerlar, (namunaviy o’lchovda bo’ladi),
avtomashinalarga sotishdan oldin dilerlar tamonidan o’rnatiladi.
Amerikalik ishlab chiqaruvchilar esa iste’molchilarni har bir
modelning turli xillari bilan ta’minlaydilar, hattoki, maxsus
buyurtmalarni ham bajaradilar.
Bunday assortiment siyosati
xarajatlarning ortishiga olib keladi, ishlab chiqarish jarayonini tashkil
qilishni, rejalashtirish va nazorat qilishni murakkablashtiradi.
Marketing vazifalaridan yana biri - tabiiy taqsimlanishning
servis xizmati doirasida aniq chegaralarini belgilaydi. Uning sifatiga
yuk yetkazish tezligi, yuk yetkazish muddatlarining bajarilishi va
logistika tizimi talablarini zudlik bilan qondirish qobiliyalari ta’sir
qiladi. O’z tomonidan logistika marketingning sotish usullariga juda
katta ta’sir qiladi. Agar firma maxsus taklif taktikasi asosida ish olib
borsa, ya’ni oldindan belgilangan rejalarsiz
sotishlar tashkil qilsa,
tabiiy taqsimlanish tizimi: transport, omborlar, buyurtmalarni
rasmiylashtirish - sotish jarayonining tezlashishiga tayyor bo’lishi
kerak.
Logistika tizimining holati taqsimlanish kanalini tanlashda katta
ahamiyatga ega. Logistika qiymatiga oid tahlil ko’pincha xarajatlarni
kamaytirish yo’llarini topish uchun qilinadi; bu tahlil ta’sirida ro’y
bergan o’zgarishlar marketingga katta ta’sir ko’rsatadi. Masalan,
26
omborlar
sonini kamaytirish, zahiralar miqdorini kamaytirish,
transportning
arzonroq turlariga o’tish hisobiga xarajatlarni
kamaytirish xizmat ko’rsatish sifati o’zgarishiga olib kelishi mumkin.
Logistika tizimini tahlil qilish asosida marketing xizmati
taqsimlanish jarayonining maqsad va vazifalarini aniqroq belgilaydi.
Logistikaning tizimli tahlili marketing quroli bo’lib, xizmat ko’rsatish
andozalarini o’rnatadi. Rasmdan ko’rinadiki, tadbirkorlik logistikasi
menejment va marketing strategiyalaridagi tamoyillarning amaliyligini
ta’minlashda muhim zaruriy to’ldiruvchi vositadir.
G’arb namoyondalarining tahlillariga ko’ra, moddiy ne’matlar
harakatini yaxlit oqim sifatida boshqarish aylanma mablag’lar
aylanuvchanligini tezlashtiradi; moddiy zahiralarning 30 – 50%
gacha
tejalishiga olib keladi, moddiy ne’matlarning boshlang’ich
manbadan pirovard iste’molchiga yetkazish vaqtini 25-45% ga
qisqartiradi
4
.
Marketing va logistika mahsulot assortimentini tanlashda
to’qnashadi. Chunonchi, marketing strategiyasida aniqlangan mahsulot
assortimenti logistik zanjir tuzilishining o’zgarishiga olib keladi.