Talabalarning sotsiolingvistik kompetensiyalari va ularni rivojlantirishning psixologik-pedagogik aspektlari




Download 35,67 Kb.
bet2/6
Sana20.01.2024
Hajmi35,67 Kb.
#142050
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Маqola 1

Key words: competence, sociolinguistic, communicative, communicative, pragmatic competence, skill, ability, empathy, development.

Kompetensiya va pedagogik kompetensiyalarga doir qarashlar va tadqiqotlar tahlili bo‘lajak o‘qituvchilarda sotsiolingvistik kompetensiyalarni shakllantirish muammosining dolzarb va ahamiyatli ekanligini ko‘rsatadi.


Metodik tadqiqotlarda ko‘pincha sotsiolingvistik kompetensiyalar xorijiy tillarni xorijiy xalq ijtimoiy hayoti bilan bog‘liq ravishda o‘rganishni nazarda tutishi qayd etiladi. Shu bilan birga bir qator pedagogik izlanishlarda sotsiolingvistik kompetensiya kommunikativ jarayonni ayni suhbat amalga oshayotgan ijtimoiy muhitga mos tarzda tashkil etish qobiliyati tarzida tadqiq etiladi.
Bo‘lajak o‘qituvchilarda kommunikativ kompetensiyalarni shakllantirish jarayoni talabalarda faqatgina grammatik savodxonligini va lug‘at boyligini oshirishni nazarda tutib qolmasdan, ijtimoiy, situativ va psixologik omillar ta’siri ostida to‘g‘ri muloqot variantini tanlashni ham qamrab oladi.
Talabalar pedagogik kommunikativ kompetensiya pedagogik ta’lim bilan bir qatorda ijtimoiylashuv jarayonida ham tarkib toptiriladi. Ya’ni, talabalar aynan tashkil etilgan yoki turli hayotiy pedagogik vaziyatlarda o‘zlarini ushbu ijtimoiy muhit a’zosi sifatida his etsalar, kommunikativ kompetensiya, xususan sotsiolingvistik kompetensiyalar shakllanishi yengil kechadi.
Sotsiolgingvistik kompetensiyaning shakllanishi jarayonining samaradorligi quyidagilar bilan chambarchas bog‘liqdir:
-ijtimoiylashuv jarayonining to‘g‘ri va samarali kechishi;
-kommunikativ jarayon amalga oshayotgan ayni ijtimoiy kontekst;
-muloqot ishtirokchilariningo‘zaro aloqadorligi, umumiy manfaat yoki ehtiyojlarining mavjudligi;
-so‘zlovchining nafaqat leksik va grammatik birliklarni o‘zlashtirganligi, balki ulardan o‘z o‘rnida va to‘g‘ri foydalana bilishi.
Til vositalaridan ijtimoiy kontekstga bog‘liq ravishda foydalanish tizimi o‘z ichiga quyidagilarni qamrab oladi:
Nutq madaniyati qoidalariga rioya qilish. Masalan, suhbatdoshiga “Siz” yoki “Sen” shaklida murojaat qilish, ya’ni murojjat qilish shaklini tanlash.
Teng yoki turli ijtimoiy darajadagi suhbatdosh bilan muloqot o‘rnatish qoidalariga amal qilish. Masalan, hamkasblar bilan muloqot, o‘qituvchi va o‘quvchi muloqoti, o‘qituvchi va ota-ona muloqoti kabilarda to‘g‘ri muloqot qoidalari va shaklini tanlash.
Teng yoki turli yoshdagilar bilan muloqot qilish qoidalariga amal qilish.
Turli muloqot shakllari va usullaridan foydalanish. Masalan, iltimos, buyruq, tanqid, ta’kid, va’da va shu kabilar.
Bunday qoidalarning ko‘pchiligi hech qaysi manbada qayd etilmagan, ammo muloqot jarayoni ishtirokchilarining samarali hamkorlik qilishi uchun ushbu qoidalarni o‘zlashtirish shart hisoblanadi
Tadqiqotimiz maqsadidan kelib chiqib, pedagogik faoliyatda pedagogik muloqotni tashkil etishdagi ijtimoiy muhit talablari asosida muloqot shakllari, uslublarini tanlash, leksik birliklardan to‘g‘ri va samarali foydalanishni nazarda tutuvchi pedagogik kompetensiya sifatida o‘rganamiz.
Ijtimoiy hodisa sifatida til va ijtimoiy muhit o‘zaro mutanosibligini o‘rganuvchi sotsiolingvistika sohasi til meyorlari shakllanishida ijtimoiy muhitning o‘rni, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar xabarlari asosida og‘zaki va yozma nutqning o‘zgarishi, ijtisoiy-ma’naviy muhit asosida so‘zlashuv uslublarini to‘g‘ri tanlash muammolarini qamrab oladi.
Sotsiolingvistik kompetensiya esa pedagogning kommunikativ kompetensiyalari tarkibiga kirib, aynan pedagogik muloqotni tashkil etish, til o‘rganish va ona tili meyorlarini o‘zlashtirish, ushbu meyorlar asosida muloqot jarayonini samarali tashkil etishda muhim ahamiyatga ega.
Tilshunoslik atamalari lug‘atida “sotsiolingvistika” (lot. soci(etas)–jamiyat+lingvistika) tilshunoslikning tilni ijtimoiy yashashi va ijtimoiy taraqqiyot sharoitlarini o‘rganuvchi sohasi sifatida talqin etiladi. Ushbu atama sotsiologiya va lingvistikaning sintezidan kelib chiqqan.
Ilmiy manbalarda sotsiolingvistik kompetensiya ijtimoiy-madaniy kompetensiyani o‘z ichiga olishi qayd etiladi. Shu bilan birga so‘zlashuv jarayonida nutqning milliy xususiyatlarini, ya’ni o‘zi yashayotgan mamlakatning an’analari, qadriyatlari, turli marosimlari va shu kabi boshqa ma’naviy, milliy hamda madaniy xususiyatlarini bilish hamda o‘zga millat xususiyatlari bilan qiyoslagan holda foydalanish qobiliyatini nazarda tutadi. Ya’ni, mos kommunikativ vaziyatda diskurs tanlay olish; muloqot jarayonida muhokama qilinayotgan muammoning mohiyatini anglash, tushuntira olishda mos til shakllarini tanlay bilish va ularni nutqiy mavzu bo‘yicha kommunikativ vaziyatlar doirasida muvofiq tarzda qo‘llash, o‘zgartira olish, turli soha vakillari bilan mos muloqot o‘rnata olish kabilarlarni o‘zida mujassamlashtiradi.
Sotsiolingvistik kompetensiyalar, uni shakllantirish va rivojlantirish muammosi qator tadqiqotchilar, jumladan D. Xayms, M.Keneyl, M.Sveyn, S.Savinyon, L.Baxman, A.S.Palmer, Y.A.Sinitsa, L.F.Zuyeva, Y.V.Manuxina, I.A.Isenko,N.A.Belenyuk, M.F.Ovchinnikova kabilarning izlanishlarida tadqiqot obyekti bo‘lgan.
Sotsiolingvistik kompetensiya ushbu tadqiqotlarda ikki nuqtai nazardan o‘rganilgan.
Birinchidan, sotsiolingvistik kompetensiya kommunikativ kompetensiyaning komponenti sifatida (lingvistik va pragmatik kompetensiyalar bilan bir qatorda). Ushbu qarashlarda sotsiolingvistik kompetensiya muloqot jarayoni kechayotgan vaziyat, kommunikativ vazifalar, muloqot maqsadi, muloqot ishtirokchilarining jamiyatdagi o‘rni va vazifasiga bog‘liq holda leksik birliklardan foydalanish, qayta ishlashga doir bilim, ko‘nikma va malakalar tizimi sifatida tavsiflanadi.
Ikkinchi nuqtai nazarga ko‘ra esa sotsiolingvistik kompetensiya kommunikativ kompetensiya tarkibida bo‘lgan ijtimoiy-madaniy kompetensiya komponenti sifatida talqin etiladi. Ushbu yo‘nalishdagi tadqiqotlarda sotsiolingvistik kompetensiya turli yosh, jins, qatlamdagi insonlarning nutqiy o‘ziga xosligi sifatida qaratiladi.
Umumiy holda xulosa qilish mumkinki, sotsiolingvistik kompetensiya kommunikativ kompetensiyaning tarkibiy elementi bo‘lib hisoblanadi. ya’ni, sotsiolingvistik kompetensiya “ma’lum bir milliy lingvo-madaniy hamjamiyat sotsiolingvistik meyorlari va talablari asosida shaxsning o‘z nutqiy faoliyatini kommunikativ maqsad, mo‘ljal, muloqot ishtirokchilarining ijtimoiy statusi, o‘rniga adekvat ravishda tashkil etish qobiliyatidir”
Sotsiolingvistik kompetensiya tavsifiga doir ikkinchi nuqtai nazar tarafdorlari ushbu kompetensiyani kommunikativ kompetensiyaning subkompetensiyasi sifatida ta’riflar ekanlar, ushbu fikrni quyidagicha izohlaydilar: “Sotsiolingvistik kompetensiya til va diskursning ijtimoiy-madaniy qoidalarini o‘zlashtirish bilan bog‘liq. Kompetensiyaning ushbu turi muloqot amalga oshayotgan ijtimoiy kontekstni, har bir suhbat ishtirokchilar o‘rnini, ular almashinayotgan axborotlar mazmunini va o‘zaro ta’sirini bilishni talab etadi. Aynan ana shunday kontekst asosida alohida mulohazalar aniqligi, o‘rinliligi, mosligi haqida mulohaza yuritish mumkin”.
Tadqiqotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, sotsiolingvistik kompetensiyani ijtimoiy-madaniy kompetensiya tarkibida emas, balki kommunikativ kompetensiyaning komponenti sifatida o‘rganish maqsadga muvofiqdir. Zero, sotsiolingvistik kompetensiyalar va ijtimoiy-madaniy kompetensiyalarni shakllantirishda ikki xil maqsad belgilab olinadi. Ya’ni, sotsiolingvistik kompetensiyalarni shakllantirishda til vositalarini ma’lum bir ijtimoiy vaziyatdan kelib chiqib qo‘llashga o‘rgatish maqsad qilib olinadigan bo‘lsa, ijtimoiy-madaniy kompetensiyalarni shakllantirish jarayonining asosiy maqsadi ma’lum bir tilning milliy-madaniy xususiyatlaridan to‘g‘ri foydalanishga doir bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga qaratilgandir.Ingliz tili o‘qituvchilarida sotsiolingvistik kompetensiyalarni shakllantirish muammosi ustida izlanish olib borgan K.D.Riskulova sotsiolingvistik kompetensiyalarga shunday ta’rif beradi: “sotsiolingvistik kompetensiya – so‘zlovchining kommunikativ jarayonda ijtimoiy hayot voqea-hodisalari mazmun va mohiyati asosida o‘z-o‘zini va atrofdagilarni nutq texnikasi talablari asosida ijtimoiylashtirib borish demakdir”.
Ko‘pgina tadqiqotlarda sotsiolingvistik kompetensiyalar nutqiy kompetensiyalar bilan birga ishlatiladi. Ayrimlarida ushbu ikki atama sinonimlar sifatida ishlatilsa, ayrim tadqiqotchilar ular o‘rtasida farq mavjudligini ta’kidlaydilar. Ushbu nuqtai nazardan nutqiy kompetensiyalar xususida ham to‘xtalib o‘tamiz.
Amerikalik olim L.F.Baxman nutqiy kompetensiyalarni tahlil qilar ekan, uning tarkibiga bir qator kompetensiyalar kirishini ta’kidlaydi:
1) tashkiliy kompetensiyalar – grammatik va matnli kompetensiyalardan iborat;
2) pragmatik kompetensiyalar–illokutiv va sotsiolingvistik kompetensiyalardan iborat. Tashkiliy kompetensiyalar gap tuzilishiga doir ma’lumotlarni o‘zlashtirishga yordam beruvchi qobiliyatlardan iborat bo‘ladi. Ushbu kompetensiyalar grammatik jihatdan to‘g‘ri bo‘lgan gap tuzish, uni anglash hamda ushbu gaplardan mazmunli matn tuzishga yordam beradi. Grammatik kompetensiyalar nutqning aniqligi, mazmundorligini ta’minlash uchun to‘g‘ri shakl, so‘z va qo‘shimcha vositalarni to‘g‘ri tanlashga yordam beradi. Matnli kompetensiya esa fikrni, his-tuyg‘ularni ifodalash gaplardan ifodali matn tuzish imkonini beradi.
Pragmatik kompetensiya tashkiliy kompetensiyadan farqli ravishda muloqot muhiti hamda muloqotda ishtirok etuvchi shaxslararo munosabatlarga bog‘liqdir. L.F.Baxman ta’kidlashicha pragmatik kompetensiyalar o‘z ichiga so‘zlovchining nutq so‘zlashdan maqsadini ifodalovchi illokutiv kompetensiyani hamda mazkur kontekstda ijtimoiy-madaniy muhitni inobatga olish ni ta’minlovchi sotsiolingvistik kompetensiyalarni qamrab oladi.
V.V.Safonova nutqiy kompetensiyalarni tadqiq etar ekan, uning tarkibiga quyidagi komponentlarni kiritadi:
1.Tilga doir bilimlar – jumlalarni tuzishga doir leksik va grammatik qoidalar; til ohanglarini to‘g‘ri ifodalash qoidalari; nutq intonatsiyasi va sintaksis qoidalari; ona tili va xorijiy tildagi tildagi universal kategoriyalarni ifodalashning umumiy va maxsus usullariga doir bilimlarni o‘z ichiga oladi;
2.Tilga doir ko‘nikmalar – chet tilida bildirilayotgan fikrlarni leksik va grammatik jihatdan anglash; chet tilidagi asarlarda foydalanilgan tushuncha va fikrlarni to‘g‘ri tushunish; axborotlarni obrazli va tizimli tarzda ifodalay olish; adabiy til meyorlari asosida nutqni fonetik, grammatik, leksik, intonatsion jihatdan ifodalash ko‘nikmalaridan iborat;
3. Tilga doir qobiliyatlar – nutqni tuzishda grammatik qoidalar hamda til algoritmi tarzidagi meyorlarga amal qila olish qobiliyatidan iborat. Yevropa Ittifoqining 2001 yildagi monografiyasida nutqiy kompetensiya fikrlarni ifodalashga xizmat qiluvchi lug‘aviy birliklarni hamda formal qoidalarni o‘zlashtirish imkoniyati sifatida tavsiflanadi. Nutqiy kompetensiyalar quyidagi komponentlardan iborat qilib ko‘rsatiladi: 1) leksik komponent; 2) grammatik komponent; 3) semantik komponent; 4) fonologik komponent; 5) orfografik komponent; 6) orfoepik komponent.
Nutqiy kompetensiyaning yuqorida qayd etilgan komponentlari xususiyada batafsil to‘xtalib o‘tamiz.
Leksik komponent quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
-frazeologik birliklar:
-frazeologizm-gaplar:
- Ma’lum bir funksional xususiyatga ega nutqiy shtamplar;
-Maqollar;
-Eskirgan barqaror kombinatsiyalar;
-Idiomalar;
-Mazmunni kuchaytiruvchi konstruksiyalar;
-Frazalar;
-Doimiy qo‘llaniladigan kombinatsiyalar.
Grammatik komponent artikllarni, ko‘rsatish olmoshlari, kishilik olmoshlari, predloglar, yordamchi fe’llar, bog‘lovchi kabilarni o‘z ichiga oladi. Yevropa Ittifoqi grammatik kompetensiya sifatida mazkur grammatik komponentlarni yaxshi o‘zlashtirish hamda ulardan nutqda to‘g‘ri foydalanishni nazarda tutadi.
Semantik kompetensiyalar so‘zlarni turli ma’nolarini bilish hamda ulardan foydalanish ko‘nikmalarini o‘z ichiga oladi. Ya’ni so‘zlarning leksik, grammatik va pragmatik semantikasini o‘zlashtirishdan iboratdir.
Leksik semantika so‘zlarning ma’nosiga doir masalalar bilan shug‘ullanadi. Masalan, tilning umumiy kontekstida:
– referensiya;
– konnotatsiya;
– ayrim umumiy tushunchalarni ifodalash usullari,
Til birliklari o‘rtasidagi munosabatlar kontekstida:
– sinonimiya/antonimiya;
– giponimiya;
– muvofiqlik;
– shaxs-son munosabatlari;
– komponent tahlil;
– tarjimadagi muvofiqlik.
Grammatik semantika grammatik shakl, kategoriya, jarayon va tuzilmalar mazmunini o‘rganadi.
Pragmatik semantika nutqdagi mantiqiy munosabatlarni o‘rganadi (masalan, induksiya, pre-suppozitsiya, implikatsiya, gradatsiya shu kabilar.).
Fonologik kompetensiya xorijiy tildagi nutqni anglash va ifodalashga doir bilim hamda ko‘nikmalarni o‘z ichiga oladi va quyidagilarda ifodalanadi:
– tilning tovush birliklari(fonemalar) va ularning variantlari (allofonlar);
– fonemalarning artikulyatsion-akustik tavsifi (masalan, jarangdorligi, labializatsiyasi, nazalizatsiyasi va hokazo.);
– so‘zlarni fonetik tuzilmasi (bo‘g‘inlar tuzilmasi, ohang va hokazo);
– urg‘u va ritm;
– intonatsiyu;
– fonetik reduksiya;
– assimilyatsiya;
– undoshlarning talaffuzda tushib qolishi.
Orfografik kompetensiya yozma nutqda simvollardan anglagan holda foydalana bilishga doir bilim, ko‘nikmalarni o‘z ichiga oladi. Ma’lumki ko‘pgina yozma nutq alfavitga – harflarga asoslanadi. Ammo iyeroglifga yoki konsonant xatga asoslangan yozma nutq shakllaridan ham foydalaniladi.
Alfavitga asoslangan yozma nutqdan foydalanishda o‘quvchilar quyidagilarni bilishlari lozim:
– harf shakllarini (bosma, yozma, bosh va kichik harflarni);
– so‘zlarning yozilishini;
–punktuatsiya belgilari va qoidalarini;
– umumiy holda qabul qilingan shartli belgilarni;
– umumiy holda qabul qilingan simvollarni (@, &, $ i t. d.).
Orfoepik kompetensiya yozma va og‘zaki nutqni to‘g‘ri tushungan holda og‘zaki ifodalashni o‘z ichiga oladi. Ya’ni ushbu subkompetensiya so‘zlarni grafik shaklini to‘g‘ri o‘qishni, og‘zaki ifodalashni nazarda tutadi va quyidagi bilim va ko‘nimalarni o‘zlashtirishni talab etadi:
– to‘g‘ri yozish qoidalarini;
– lug‘at va traniskripsiya qoidalarini;
– tinish belgilarini to‘g‘ri tushunish va intonatsiyada undan to‘g‘ri foydalanish qoidalarini;
– so‘zlarning matnda qanday ma’noda qo‘llanilayotganligini to‘g‘ri anglash va ifodalashni bilishi lozim. Masalan, nutqda omonimlar va polisemiyalar uchraganda, ularning qaysi ma’noda qo‘llanilayotganligini bilishi kerak bo‘ladi
Sotsiolingvistik va nutqiy kompetensiyalarga doir tadqiqotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, ushbu kompetensiyalar asosan chet tillarini o‘rganish jarayonida egallanadigan kompetensiyalar sifatida o‘rganilgan. Jumladan, chet tili va madaniyatini o‘rganishga doir nutqiy kompetensiya komponentlari quyidagilardan iborat:
Individ ongida til hodisalari saqlanish usullari va kognitiv jarayonlarni qamrab oluvchi o‘rganilayotgan til qonuniyatlari hamda grammatik, fonologik, leksik hodisalarga doir bilimlar;
O‘rganilayotgan adabiy til meyorlarini bilish hamda ulardan kommunikativ va professional faoliyatda foydalanishga doir bilimlar;
Diskurs turlarining til xususiyatlari (og‘zaki va yozma diskurs, tayyorlangan va tayyorlanmagan nutq, rasmiy va norasmiy nutq);
Fikrlarni ifodalashning asosiy shakllari (xabar berish, tushuntirish, monolog, dialog va hokazo). Lingvistik kompetensiya esa ayrim tadqiqotlarda nutq tajribasining ifodalanishi, til asoslariga faniga doir bilimlar, til birliklari va kategoriyalarini o‘zlashtirish hamda amalda qo‘llash ko‘nikmalarini qamrab olishi qayd etilgan bo‘lsa [Bistrova YE.A. Kommunikativnaya metodika v prepodavanii rodnogo yazika// Russkiy yazik v shkole. 1996. №1. S. 3-8. S. 4], ayrim tadqiqotchilar lingvistik kompetensiyalarni maxsus (lingvistik) va umumiy predmetlarga doir bilim, ko‘nikma, malaka va faoliyat usullaridan iborat ekanligini ta’kidlaydilar. Tilga doir bilimlarni o‘zlashtirish davomida shakllantiriladigan va o‘quvchilarning har tomonlama shakllanishini ta’minlovchi o‘quv-biluv faoliyatiga qadriyatli va motivlangan yondashuvni amalga oshirishga lingvistik kompetensiyalar yordam beradi. [Pedagogik faoliyat davomida tashkil etiladigan pedagogik muloqot jarayoni serqirra bo‘lib, o‘qituvchi ta’lim-tarbiya jarayonida turli yoshdagi, darajadagi, tabaqadagi, jinsdagi va turli sohadagi insonlar bilan muloqot o‘rnatishi, ushbu muloqotning pedagogik jarayon uchun samarali bo‘lishiga erishishi talab etiladi.
Ushbu serqirra faoliyat turi pedagogik jarayonda ham o‘qituvchidan sotsiolingvimtik kompetensiyalarni shakllantirishni talab etadi.
Tadqiqotimiz davomida amalga oshirilgan tadqiqotlar tahlili asosida pedagoglar egallashi lozim bo‘lgan sotsiolingvistik kompetensiyaga mualliflik ta’rifini ishlab chiqishga harakat qildik.

Download 35,67 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 35,67 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Talabalarning sotsiolingvistik kompetensiyalari va ularni rivojlantirishning psixologik-pedagogik aspektlari

Download 35,67 Kb.