• Leksik bilim va ko‘nikmalar
  • Grammatik bilim va ko‘nikmalar
  • Semantik bilim va ko‘nikmalar
  • Orfoepik bilim va ko‘nikmalar
  • Pedagogning lingvistik subkompetensiyasi komponentlari




    Download 35,67 Kb.
    bet4/6
    Sana20.01.2024
    Hajmi35,67 Kb.
    #142050
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    Маqola 1

    Pedagogning lingvistik subkompetensiyasi komponentlari.
    Lug‘at boyligima’lum bir tilga oid so‘z va jumlalarni ko‘proq o‘zlashtirish, so‘zlarning sinonimlaridan ko‘proq foydalanish bilan belgilanadi. Ushbu komponent sotsiolingvistik kompetensiyada muhim ahamiyatga ega bo‘lib, so‘zlovchi qanchalik ko‘p til birliklarini o‘zlashtirgan bo‘lsa, ulardan vaziyatga adekvat foydalanish imkoniyati shunchalik keng bo‘ladi. Bundan tashqari nutqning mazmundor bo‘lishini ta’minlaydi, zerikarliligini olidini oladi.
    Leksik bilim va ko‘nikmalarpedagogik muloqot jarayonida foydalaniladigan tildagi so‘zlar, iboralar, tilning tarkibi haqidagi bilimlar hamda ulardan amalda to‘g‘ri foydalanish ko‘nikmalarini qamrab oladi. Bunday bilimlar ijtimoiy muhit bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, o‘qituvchiga ayni vaziyat uchun mos bo‘lgan so‘zlarni tanlash, lug‘at tarkibini yangi so‘zlar bilan boyitish, eskirgan so‘zlarni nutqdan chiqarish kabi vazifalarni amalga oshirishga yordam beradi.
    Grammatik bilim va ko‘nikmalar – gap va nutqni tashkil etishda adabiy til meyorlari, grammatik qoidalarga amal qilishni ta’minlashga xizmat qiluvchi bilim va ko‘nikmalar yig‘indisi hisoblanadi. Ya’ni nutqni ifodalashda so‘zning grammatik turkumlari, morfologik kategoriyalar, so‘z shakllari, so‘z shakllarining o‘zaro birikishi, gap kategoriyalari,grammatik ma’no kabilarni inobatga olish talab etiladi. Umumiy holda grammatik bilim va ko‘nikmalar morfologiya va sintaksisga doir ma’lumotlarni qamrab oladi.
    Semantik bilim va ko‘nikmalar – o‘zlashtirilgan til birliklarining ma’noviy jihatlariga doir bilimlar hamda ulardan nutq mazmuniga ma’no jihatidan mos holda foydalanishga doir ko‘nimalardan iborat. Ushbu komponent o‘qituvchiga so‘z, jumla, frazeologizmlardan ma’nosini anglagan holda to‘g‘ri foydalanish orqali nutq samaradorligini oshirishga yordam beradi.
    Orfoepik bilim va ko‘nikmalar – tilning xususiyatiga va talaffuz meyorlariga mos holda og‘zaki nutqni tashkil etilishini ta’minlashga xizmat qiladi. So‘zlar va tovushlarning adabiy til meyorlariga mos holda talaffuz etilishi, nutqning mazmundorligi va ta’sirchanligini oshirishga xizmat qiladi.
    Til birliklari va kategoriyalaridan to‘g‘ri foydalanish – o‘qituvchidan o‘zlashtirgan lingvistik subkompetensiya doirasiga kiruvchi bilim va ko‘nikmalardan pedagogik faoliyat va muloqot jarayonini samarali tashkil etishda o‘rinli foydalanishni nazarda tutadi. Yа’ni o‘qituvchi o‘z nutqida suhbat mazmuniga grammatik, leksik, semantik jihatdan mos bo‘lgan so‘zlardan, jumlalardan, frazeologizm va sitatalardan o‘rinli foydalanishiga yordam beradi.
    O‘qituvchining sotsiolingvistik kompetensiyasi yana bir tarkibiy qismi bu uning psixologik subkompetensiyasidir. Psixologik kompetensiyalar pedagogik kompetensiyaning asosiy kompetensiyalaridan biri hisoblanadi. ushbu o‘rinda o‘qituvchining sotsiolingvistik kompetensiyasi asosiy komponentlaridan biri sifatida qayd etilishiga asosiy sabab o‘qituvchiga pedagogik muloqot jarayonini tashkil etishga ijtimoiy muhitni, suhbatdoshini psixologik holatini bilish, uni to‘g‘ri baholash hamda boshqarish muhim talablardan biri hisoblanadi.
    Psixologik subkompetensiya quyidagi tarkibiy qismlardan iborat:

    Download 35,67 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 35,67 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Pedagogning lingvistik subkompetensiyasi komponentlari

    Download 35,67 Kb.