|
Pedagogning sotsiolingvistik kompetensiyalari
|
bet | 3/6 | Sana | 20.01.2024 | Hajmi | 35,67 Kb. | | #142050 |
Bog'liq Маqola 1Pedagogning sotsiolingvistik kompetensiyalari – bu pedagogik faoliyatni va pedagogik muloqotni ijtimoiy, pedagogik va psixologik omillarni hisobga olgan holda samarali tashkil etish uchun til birliklari va kategoriyalarini chuqur o‘zlashtirishi, muloqot kechayotgan vaziyatni to‘g‘ri baholay olishi natijasida suhbatdoshiga samarali pedagogik ta’sir o‘tkazish va nutq madaniyati meyorlaridan adekvat foydalanish qobiliyati hamda ushbu jarayonda zarur bo‘ladigan ijtimoiy, pedagogik, lingvistik, psixologik bilim, ko‘nikma va malakalar yig‘indisidir.
Pedagogik kompetensiyalar sirasiga kiruvchi sotsiolingvistik kompetensiya quyidagi komponentlardan iborat:
-Ijtimoiy-pedagogik subkompetensiya;
-Lingvistik subkompetensiya;
-Psixologik subkompetensiya.
Pedagogik faoliyat va pedagogik muloqot jarayonida o‘qituvchi uchun zarur bo‘ladigan sotsiolingvistik kompetensiya komponentlar o‘z navbatida qator bilim va ko‘nikmalarni qamrab oladi. Ularning har biri ustida batafsil to‘xtalib o‘tamiz.
Pedagogning ijtimoiy-pedagogik subkompetensiyasi komponentlari.
Ijtimoiy-pedagogik subkompetensiya ijtimoiy vaziyatni to‘g‘ri baholay olish, pedagogik bilim va ko‘nikmalarni qamrab olgan holda quyidagi komponentlardan iboratdir.
Pedagogning ijtimoiy-pedagogik subkompetensiyasi sotsiolingvistik kompetensiyaning asosiy tarkibiy qismi bo‘lib, o‘qituvchiga pedagogik faoliyat davomida ijtimoiy muhit ta’sirini inobatga olish va o‘z navbatida ijtimoiy muhitga faol ta’sir o‘tkazish imkonini beradi.
Ijtimoiy pedagogik kompetensiyaga ega bo‘lish uchun quyidagi bilim va ko‘nimalarni egallash lozim:
Ijtimoiy-pedagogik bilimlar – pedagogning jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy sohadagi vaziyat haqidagi, o‘zi a’zosi bo‘lgan jamoadagi munosabatlarga doir, suhbatdoshining ijtimoiy mavqei hamda qarashlarini aniqlashga doir, pedagogik vaziyatni to‘g‘ri tahlil etish va talqin eta olishga doir bilimlari doirasini qamrab oladi. Bunday bilimlar samarali pedagogik faoliyatni, muloqotni tashkil etishda konseptual asos bo‘lib xizmat qiladi.
Ijtimoiy munosabatlarga kirishuvchanlik o‘qituvchidan suhbatdoshi (shaxs yoki jamoa) bilan muloqotga kirishishda uning psixologik holatini aniqlash, chuqur tahlil qilish hamda to‘ri muloqot shakli, uslubini tanlay bilimsh ko‘nimasini talab etadi.
Tashkilotchilik qobiliyati ijtimoiy-pedagogik jarayonni tashkil eta olish, muloqot jarayonini, ta’lim-tarbiya jarayonini to‘g‘ri tashkil etish, boshqaruv uslublarini to‘g‘ri tanlay bilish, vaqtni va ish tartibini oqilona tashkil etish hamda boshqarish imkoniyatilarini ishga solishni talab etadi.
Variativlik – pedagogik muloqot jarayonini tashkil etish hamda til birliklaridan foydalanishda bir qancha variantlarga ega bo‘lish, ularni vaziyat hamda suhbatdoshining ijtimoiy-psixologik va pedagogik darajasi, mavqei hamda holatiga mos ravishda tanlashga yordam beradi.
Adaptivlik – pedagogning turli pedagogik vaziyatlarga moslashuvchanligi bo‘lib, pedagogik faoliyatni tashkil etish jarayonida o‘qituvchiga o‘z kayfiyati, his-tuyg‘ularini boshqarishga, pedagogik muloqot sharoitiga moslashishga va o‘z navbatida turli salbiy ta’sirlardan o‘zini himoya qilishga doir ko‘nikmalarini qamrab oladi.
Adekvatlik – pedagogik imkoniyatlari, lingvistik kompetensiyalaridan turli pedagogik vaziyatlar uchun to‘g‘ri bo‘lgan holatda foydalanishga doir ko‘nikmalarni qamrab oladi. Adekvatlik turli til birliklari, barqaror lingvistik kombinatsiyalar, jumlalar, iboralar, sitatalardan pedagogik muloqot jarayonida adekvat ravishda foydalanishga doir bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘z ichiga oladi.
Lingvistik subkompetensiya sotsiolingvistik kompetensiya asosiga kiruvchi komponent bo‘lib, u o‘qituvchiga pedagogik faoliyati davomida amalga oshiradigan muloqotni mazmundorligi, samaradorligini taqsimlashga xizmat qiladi. Ushbu subkompetensiya quyidagi tarkibiy qismlardan iborat:
|
| |