|
Pedagogning psixologik subkompetensiyasi komponentlari
|
bet | 5/6 | Sana | 20.01.2024 | Hajmi | 35,67 Kb. | | #142050 |
Bog'liq Маqola 1Pedagogning psixologik subkompetensiyasi komponentlari.
Psixolik bilim va ko‘nikmalar – pedagogik faoliyat davomida shaxs va jamoa psixologik holatini o‘rganish, uni to‘g‘ri tahlil va talqin qilishda muhim ahamiyatga ega. Ushbu bilim va ko‘nikmalardan foydalanish o‘qituvchiga muloqot jarayonini va umuman jamoa faoliyatini to‘g‘ri tashkil etish hamda boshqarish imkonini beradi.
Kuzatuvchanlik – pedagogik muloqot ishtirokchilari holatini, psixologik vaziyatni o‘rganish, tahlil qilishda muhim ahamiyatga ega. Kuzatuv jarayoni o‘qituvchi tomonidan rejali, qisqa muddatli va uzoq muddatli kuzatuv tarzida amalga oshirilishi mumkin.
Sezgirlik – ijtimoiy muloqot jarayonida har bir ishtirokchining kayfiyati, his-tuyg‘ularini, fikr-mulohazalarini aniqlashga, muloqot yo‘nalishini o‘rganishga yordam beradi. Sezgirlik o‘qituvchiga jarayon natijasini avvaldan taxlil qilish hamda boshqarish, to‘g‘ri yo‘naltirish imkonini beradi.
Empatiya – suhbatdoshiga nisbatan bildiriladigan hamdardlik, hamfikrlilik kayfiyati bo‘lib, muloqot jarayonida suhbatdoshining psixologik holati, kayfiyatiga nisbatan bildirilgan hamfikrlilik jarayonni to‘g‘ri tashkil etilishiga xizmat qiladi. Bundan tashqari muloqot jarayonida har ikkala tomon o‘rtasidagi yakdillik muloqotning ochiqligi, batafsilligiga yordam beradi.
Ijtimoiy persepsiya – suhbatdoshining psixologik holatini, ijtimoiy muhitdagi o‘rni va unga munosabatini aniqlashga doir bilim va ko‘nikmalardan iborat. Ijtimoiy persepsiya o‘qituvchiga jamoadagi yoki suhbatdoshiga holatni o‘rganish asosida amalga oshiriladi. Ya’ni, o‘qituvchidan suhbatdoshi yoki jamoaning holatini kuzatish hamda kuzatuv natijasida olingan ma’lumotlarni psixologik bilimlar aslsida tahlil qila olish ko‘niamasi talab etiladi. Umumiy qilib aytadigan bo‘lsa ijtimoiy persepsiya bu suhbatdoshining yuz ifodasi va ko‘z qarashlarini kuzatib ichki olamini, qalbini ko‘ra olish, fikrlarini uqiy olish qobiliyatidir.
Umumiy holda xulosa qilishimiz mumkinki, pedagogik jarayonda sotsiolingvistik kompetensiya o‘qituvchiga kommunikativ jarayonda ijtimoiy muhitga mos lingvistik meyorlar asosida o‘z-o‘zini va atrofdagilarni ijtimoiylashtirib borishgaga yordam beradi.
|
| |