|
Talabaning kurs ishi
|
bet | 18/27 | Sana | 19.05.2024 | Hajmi | 94,17 Kb. | | #244373 |
Bog'liq BO\'G\' dalolatnomaUxlash xonasida krovatlari soni yetarli bo‘lishiga qaramasdan ularning oraliq masofoasiga rioya qilinmagan, bolalar uchun yopinish ko‘rpalari matraslari va yostiqlari markirovka qilingan. Bir maratobaga jamoshirlarni belyolarni almashtirishga sharoit yaratilgan.
Hojatxonada bolalar uchun aloxida individual sochiqlar, sovunlar va gorshoklar mavjud va markirovka qilingan. 1 ta kattalar unitazi, 1 ta bolalar unitazi va dush padon mavjud, ularning yerdan balandiligi 50 sm. Zarrasizlantirish vositalari mavjud, ularning muddati o‘tgan.
Bufet moyka umumiy maydoni 3 m.kv bo‘lib, ikkita yuvish karnlari mavjud. Bittasida ovqat qoldiqlaridan tozalansa, ikkinchisida esa zararsizlantrilgandan keyin tozalanadi.
MTT tayyorlov guruxining gurux yacheykasini sanitar gigiyenik nazorati davomida quyidagilar aniqlandi. Gurux yacheykasi yechinish, gurux va o‘ynash xonasi, uxlash xonasi bufet moyka va xojatxonadan iborat.
Guruxdagi bolalar soni 42 nafar, nazorat kunida 36 nafar bolalar qayt etilgan va jurnalga belgilangan. Gurux yacheykasining yechinish xonasida bolalar uchun 36 ta kiyimlarni ilish javoni bor va har biri markirovka qilingan. Ertalabki filtr o‘tkazish uchun sharoit yaratilgan, biroq termometrlar soni bu guruxda ham yetarli emas. Yoritish chiroqlar mavjud, ular cho‘g‘lanma chiroqlardan iborat bo‘lib ish sharoitida.
Gurux va o‘ynash xonasida derazalar janubiy oriyentatsiyada joylashtirilgan bo‘lib, bolalar uchun stol va stular soni yetarli biroq gigiyenik talablarga javob bermaydi, markirovka qilinmagan, bolalar o‘ynashi uchun o‘yinchoqlar soni yetarli emas. Ularni tozalash tartibi gigiyenik talablarga javob bermaydi.
TYOK-1,5 %, YEK-1:4, CHK-1:1,5 nisbatni tashkil qildi. KMQ 2.01.05-1998 “Tabbiy va sun’iy yoritilganlik” talablariga javob bermaydi, TYOK normada, YOK 0:1 nisbatga kam, CHK esa 1:0,5 nisbatga kam.
Uxlash xonasida krovatlari soni yetarli bo‘lishiga qaramasdan ularning oraliq masofasiga umuman rioya qilinmagan, xona 30 bolaga mzljallangan, guruxda 40 nafar tarbiyalanayapti, bolalar uchun yopinish ko‘rpalari matraslari va yostiqlari markirovka qilingan. Bir maratobaga jamoshirlarni belyolarni almashtirishga sharoit yaratilgan.
Hojatxonada bolalar uchun aloxida individual sochiqlar, sovunlar mavjud. Bolalar unitazi 3 ta, kattalar uchun 1 ta, dush padon mavjud Zarrasizlantirish vositalarning muddatlari o‘tgan.
Bufet moyka umumiy maydoni 3 m.kv bo‘lib, ikkita yuvish karnlari mavjud. Bittasida ovqat qoldiqlaridan tozalansa, ikkinchisida esa idishlar zararsizlantirilgandan keyin tozalanadi, bolalar uchun birinchi, ikkinchi va uchinchi ovqatlar uchun idishlar soni yetarli. Faqat ayrim idishlarning chetlari uchgan.
|
| |