|
Talabaning kurs ishi
|
bet | 1/27 | Sana | 19.05.2024 | Hajmi | 94,17 Kb. | | #244373 |
Bog'liq BO\'G\' dalolatnoma
O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI SOG‘LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI
TOSHKЕNT TIBBIYOT AKADЕMIYASI
TALABANING KURS ISHI
MAVZU:MAKTABGACHA TARBIYA MUASSASALARINI KOMPLЕKS SANITAR GIGIYENIK TЕKSHIRISH
Tibbiy profilaktika fakulteti
304-A gurux talabasi
Jumayeva Gulshoda
Tekshirdi:
Professor :N.J.Ermatov
Тошкент-2023
MUNDARIJA
№
|
Mazmuni
|
Sahifasi
|
|
QISQARTIRILGAN SO‘ZLAR
|
|
1
|
ADABIYOTLAR MUSHOHADASI
|
|
1.1.
|
Maktabgacha tarbiya muassasalarining yer maydoni va binosiga bo‘lgan gigiyenik talablar
|
|
1.2.
|
Bolalar salomatlik holatining gigenik asoslari
|
|
1.3.
|
Bolalarda kasalliklar shakllanishining o‘ziga xosliklari
|
|
1.4.
|
Jismoniy rivojlanishning gigiyenik asoslari
|
|
1.5.
|
Bolalar va o‘smirlar jamoasini jismoniy tarbiyalashning gigiyenik asoslari
|
|
2
|
Tadqiqot materiallari va usullari
|
|
2.1.
|
Tadqiqot obyektlari va materiallari
|
|
2.2.
|
Maktabgacha tarbiya muassasalarini aholi yashash joylarida loyixalashtirish va qurishning gigiyenik baholash usullari
|
|
2.3.
|
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar kun tartibini tekshirish usullari
|
|
2.4.
|
MBM - maktabgacha tarbiya muassasalarida jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarni tashkillashtirilishini tekshirish usullari
|
|
2.5.
|
Bolalar salomatlik holati, jismoniy rivojlanishi va jismoniy tayyorgarlik darajasini o‘rganish usullari
|
|
3
|
OLINGAN NATIJALAR TAHLILI
|
|
4
|
XULOSALAR
|
|
5
|
TAKLIFLAR
|
|
6
|
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
|
|
7
|
ILOVALAR
|
|
QISQARTIRILGAN SO‘ZLAR
SEO va JSQ
|
Sanitar epidimiologik osoishtalik va jamoat salomatligi qo’mitasi
|
MTT
|
Maktabgacha tarbiya tashkiloti
|
RTFA – RTFA
|
Rossiya texnika fanlar akademiyasi
|
BJSST
|
Butunjaxon sog‘liqni saqlash tashkiloti
|
ITI
|
ITI – Ilmiy tekshirish instituti
|
TXA
|
TXA – tayanch xarakat apparati
|
O‘TS
|
O‘TS - O‘pkaning tiriklik sig‘imi
|
TYOK
|
TYOK- tabbiy yoritilganlik koeffitsiyenti
|
YOK
|
Yorug‘lik koeffitsiyenti
|
CHK
|
Chuqurlik koeffitsenti
|
STK
|
Soya tushish koeffitsenti
|
KIRISH
Muammoning dolzarbligi.Mamlakatimizda mustaqillikning ilk kunlaridan boshlab, buyuk ma’naviyatimizni tiklash va yanada yuksaltirish, milliy ta’lim tarbiya tizimini takomillashtirish, uning milliy zaminini mustaxkamlash, zamon talablari bilan uyg‘unlashtirish asosida jahon andozalari va ko‘nikmalari darajasiga chiqarish maqsadiga katta ahamiyat berilmoqda.
Ajdodlarimizning asriy orzu-armonlari ro‘yobga chiqayotgan istiqlol yillarida boshqa sohalar qatori, umummilliy masala bo‘lmish ta’lim tizimini isloh qilish va rivojlantirish, shu jumladan maktabgacha ta’lim-tarbiyani taraqqiy ettirish ishlariga davlatimiz rahbari doimiy e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatib kelmoqda. Qisqa davrda soha ravnaqi yo‘lida zarur xuquqiy, ilmiy-uslubiy va moliyaviy sharoitlar yaratildi. Chunki, kelajagimiz poydevori maktabgacha tarbiya muassasalari va keyinchalik maktabda bunyod etiladi. Ta’lim tarbiya muassasalarining asosiy vazifalaridan biri sog‘lom, baquvvat va barkamol, rivojlangan yetuk kadrlar yetishtirib chiqarishdan iborat.
Mustaqqillik yillarida mamlakatimiz raxbariyati ta’limni isloh qilish va rivojlantirish ishlariga katta e’tibor qaratib kelmoqda. Respublikamizda fuqarolarni o‘qitishning xuquqiy asoslarini shakllantirish, tarbiyalash va kasbga tayyorlash maqsadida qator qonun va dasturlar ishlab chiqarilmoqda. Ularning eng asosiylaridan biri 1997 yilda qabul qilingan «Ta’lim to‘g‘risidagi qonun», «Milliy kadrlar tayyorlash», «Onalar va bolalar yili», «Sog‘lom avlod yili», «Ijtimoiy himoya yili», «Salomatlik yili» va Barkamol avlod yili va O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-maydagi 4312-sonli “O‘zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasinining belgilangan vazifalarini ijrosini ta’minlashga asos bo’ladi tasdiqlash to‘g‘risida” dasturlarni o‘z ichiga oladi.
Ta’lim va tarbiya muassasalarining bugungi kundagi asosiy vazifalaridan biri bolalar va o‘smirlar orasida salomatlik holatini mustaxkamlashdan iboratdir.
2023-yilning iyul holatiga ko’ra Respublikamizning umumiy aholisining 2.5 milliondan ortig’ini 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar va o‘smirlar tashkil qiladi. Ushbu jamoaning normal o‘sish va rivojlanishi, salomatlik holati, ratsional kun tartibi, ijtimoiy kelib chiqishi bilan birgalikda, davriy ravishda jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari bilan bilan shug‘ullanishini amalga oshirish va bu vositalarga baho berish bugungi kunda faoliyat ko‘rsatayotgan SEO va JS xodimlarining oldida turgan dolzarb muammolardan biridir.
Yuqorida qayd etilgan muammolar bilan birgalikda ta’lim- tarbiya tizimi islohotlarini amalga oshirish vaqtida bolalar salomatlik holati va jismoniy rivojlanishiga MTTdagi sharoitlar, ovqatlanish, havo-issiqlik almashinuvi, yoritilganlik va maktabga yetuklik aniqlash va profilaktik chora-tadbirlarini gigiyenik asoslashni o‘z oldimizga maqsad qilib oldik.
Ishimizning maqsadi. MTTlarni axoli yashash joylarida joylashtirilishi, binosining qurilishi, xovlida binoda xavo-issiqlik almashinuvini, bolalarni ovqatlanishi, ularni maktabga yetuklini aniqlashdan iborat.
Ishni bajarishda oldimizga qo‘yilgan vazifalar:
1.MTTni axoli yashash mintaqalarida joylashtirilishi, yer maydoning tarkibiy qismlari va binoga qo‘yilgan gigiyenik talabalarni baholashdan iborat.
2. MTTlarning gurux yacheyklarning gigenik holatlari va ular xavo-issiqlik almashinuvi, yoritilganlikni gigiyenik baholash.
3. MTTyoshidagi bolalarning kunlik ovqat ratsionini gigiyenik tahlili.
4. MTTlarida tayyorlov guruhida bolalarni maktabga yetukligini aniqlashdan iborat.
5.MTTda sanitar gigiyenik sharoitlarni yaxshilash bo‘yicha kompleks-choralar ishlab chiqarishdan iborat.
|
| |