|
Talabaning kurs ishi
|
bet | 6/27 | Sana | 19.05.2024 | Hajmi | 94,17 Kb. | | #244373 |
Bog'liq BO\'G\' dalolatnomaAkseleratsiya - bizning davrimiz jumboqlaridan biridir. Uning sabablari va oqibatlari nima, uning namoyon bo‘lishini biz qachongacha kuzatamiz - bu va boshqa savollar xozircha o‘z javobini topganicha yo‘q. Akseleratsiya analizi aholining jismoniy rivojlanishini vaqtinchalik dinamikasini jamiyatning konkret tarixiy va ijtimoiy qayta qurilishi fonida, tabiat sharoitlari o‘zgarishi fonida o‘rganishni talab qiladi.
Akseleratsiyaning namoyon bo‘lishi bolalarning barcha yosh davrlariga yangi tug‘ilgan chaqaloqlik davridan boshlab o‘smirlik davrigacha xarakterlidir. Akseleratsiya sabablarini tushuntirib beruvchi asosiy nazariyalar quyidagilardir (Yu.P.Lisitsin):
• fiziko-ximik: 1) geliogen (quyosh radiatsiyasining ta’siri); 2) radio to‘lqinli, magnitli (elektromagnit maydonining ta’siri); Z) kosmik radiatsiya; 4) ishlab chiqarishning o‘sishi bilan bog‘liq bo‘lgan karbonat angidridning yuqori konsentratsiyasi;
• Hayot sharoitlari alohida omillarining ta’siri:1) alimentar; 2) nutritiv; 3) yuqori informatsiya;
Genetik:1). siklik biologik o‘zgarishlar; 2).geterozis;
• Hayot sharoitlari omillari kompleksi nazariyasi:1).urbanik ta’sir; 2). ijtimoiy-biologik ta’sirlar kompleksi.
• Akseleratsiya hodisasida epoxial tendensiya keng o‘rganildi, epoxial sikliklik esa e’tiborsiz qoldi. Biroq tabiatshunoslik rivojlangan sari barcha yangi va yangi hodisalar fundamental siklik jarayonlarning fazalari sifatida ko‘zga tashlanmoqda. Tektonik harakatlar (tog‘ hosil bo‘lishi, vulqonlar faoliyati, qit’alar dreyfi) ritmik ko‘rinishda sodir bo‘lmoqda, iqlim ritmik ravishda o‘zgarmoqda (muzliklar yaqinlashmokda va uzoqlashmoqda, namlik qurg‘oqchilik bilan almashinmoqda).
• Organizmlar hayot faoliyati - o‘zaro bog‘liq bioritmlar tizimidir.
Yer davriyligi asosida kosmik jismlar aylanishining qat’iy garmoniyasi yotadi, bunda A.L.Chijevskiy buyuk dirijer deb atagan quyoshning yetakchi roli mavjud. 1916 yilda olim birinchi bo‘lib quyosh aktivligining hayotga bo‘lgan ta’siri to‘g‘risidagi g‘oyani aytdi va asoslab berdi.
• Quyosh aktivligining ortishiga epidemiyalar (chechak, vabo, ichburug‘, ko‘kyo‘tal, ensefalit bilan kasallanish va ular natijasida halok bo‘lish, gripp virusining yangi turlarining paydo bo‘lishi), yurak-qon tomir va ruhiy kasalliklar rivojlanishi xamrohlik qiladi. Quyosh aktivligi darajasiga qon holati: leykotsitlar soni, kaliy va kalsiy konsentratsiyasi, qonni ivituvchi va ivitishga qarshi tizimlari mos keladi. Quyosh aktivligi bilan nerv sistemasining qo‘zg‘aluvchanlik darajasi bog‘liq bo‘lib, bu bog‘liqlik reaksiya tezligining o‘zgarishida va buning natijasida yo‘l halokatlari, ishlab chiqarishdagi travmatizm, o‘z joniga qasd qilish statistikasida namoyon bo‘ladi.
• Quyosh va geomagnit aktivlikniig asosiy davri 11 yilni tashkil etadi va yangi tug‘ilgan chaqaloqlar tana uzunligi siklik o‘zgarishi bilan mos keladi. Egriliklar spektridagi asosiy maksimumlar o‘zaro mos keladi. RTFA muhbir a’zosi professor B.A.Nikityuk fikricha, bunday mos kelishni tasodif deb tushuntirish mumkin emas: yangi tug‘ilgan chaqaloqlar o‘lchamlarining siklik o‘zgarishlari bilan quyosh va geomagnit aktivlik sikllari asosida umumiy fundamental davriy jarayonlar yotadi. Jinsiy yetilish tezligi, shuningdek tug‘ilish yiliga to‘g‘ri kelgan geomagnit aktivlik bilan ham chambarchas bog‘liq.
• Yuqori aktivlik yillarida tug‘ilgan bolalarda jinsiy yetilish tezligi sekinlashgan, kech sodir bo‘ladi va bu holat menarxening o‘rtacha yoshi o‘zgarishi bilan namoyon bo‘ladi. Bu ma’lumotlar geomagnit maydoni ta’sirlanish darajasining tebranishlari bilan sinxron va sinfazali bo‘lgan yaqqol namoyon bo‘lgan davriylik mavjudligini ishonchli tarzda isbotlab beradi. Quyosh va geomagnit aktivlik eng yuqori bo‘lgan davrlarda odam biologiyasi asosiy tendensiyaga qarama qarshi bo‘lgan yo‘nalishda o‘zgaradi, guyo kirish harakatlarining ushlanib qolishi sodir bo‘ladi: yangi tug‘ilgan chaqaloqlar tana uzunligi va massasi kamayadi, bu yillarda tug‘ilgan odamlarda jinsiy yetilish kech sodir bo‘ladi, yetuklikda oyoqlarning nisbiy uzunligi kamayadi va ko‘krak qafasining nisbiy qamrovi (aylanasi) ortadi.
• Quyosh aktivligining minimum yillarini akseleratsiya davrlari, maksimumi yillarini esa - retardatsaya davrlari deb atash mumkin.
Shunday qilib, epoxial tendensiya va universal epoxial sikliklik-odam jismoniy qiyofasining dialektik shakllanishining ikki tomonidir.
Odamning rivojlanishida eng nozik bo‘lgan kritik bosqichlar mavjud.
• Tug‘ilish va jinsiy yetilish. Ontogenezning aynan mana shu bosqichlarida himoya mexanizmlari hosil bo‘lishi kerak edi. Bu pozitsiyalardan boshlab shuni ta’kidlash butunlay maqsadga muvofiq bo‘ladiki, quyosh aktivligining minimumlari yillarida tug‘ilganlarda ko‘pincha jinsiy yetilish 10-12 yoshda sodir bo‘ladi, ya’ni minimumga to‘g‘ri keladi. Quyosh faoliyatining maksimumi davrida tug‘ilganlar uchun pubertat davr 15-16 yoshgacha «qoldiriladi» va u ham quyosh aktivligining minimumida pasayadi. Shunday qilib, ona qornidagi o‘sish va jinsiy yetilishniig ushlanib qolishi - majburiy kompromiss, ontogenezning eng nozik bosqichlaridagi himoyasidir.
|
| |