|
Bolalar va o‘smirlar jismoniy rivojlanishini baholash
|
bet | 5/27 | Sana | 19.05.2024 | Hajmi | 94,17 Kb. | | #244373 |
Bog'liq BO\'G\' dalolatnomaBolalar va o‘smirlar jismoniy rivojlanishini baholash
Biologik rivojlanish darajasi
|
Morfofunksional holati
|
Tana uzunligi va unga yillik qo‘shimcha, doimiy tishlar soni, jinsiy rivojlanish darajasi, tana tuzilishi proporsiyalarining o‘zgarishi.
|
Tana vazni, ko‘krak qafasi aylanasi, O‘TS, qo‘lning mushak kuchi
|
Yoshga mos keladi
|
Garmonik M+--sigma va ko‘proq (mushaklarning rivojlanishi hisobiga) R 25 – R 75 chegarasida
|
Yoshdan ilgarilab ketgan
|
Disgarmonik M 1,1 sigmada M-2,0sigmagacha M+1,1 sigmadan M+2,0 sigmagacha (ortiqcha yog‘ yig‘ilganligi hisobiga) R 25dan kam
|
Yoshdan ortda qolgan
|
O‘ta disgarmonik M-2,1sigma va pastroq M+2,1sigma va yuqori (haddan tashqari ko‘p yog‘ yig‘ilishi hisobiga) R 25 dan kam
|
Bu barcha ko‘rsatkichlar kompleks ravishda o‘tkazilishi kerak bo‘lgan bolalar va o‘smirlarning jismoniy rivojlanganligini baholashda hisobga olinadi.
Tana massasi, ko‘krak qafasi aylanasi, O‘TS, mushak kuchi ko‘rsatkichlari bo‘yicha morfofunksinal holat garmonik, disgarmonik yoki o‘ta disgarmonik ekanligini aniqlash mumkin.
Akseleratsiya. Jismoniy rivojlanish akseleratsiyasi haqidagi tushuncha 1935 yilda nemis maktab gigiyenasi bo‘yicha mutaxassisi Kox tomonidan kiritilgan bo‘lib, u bu termin bilan ilgari nazariy biologiyada qo‘llanilgan bolalar o‘sishi va rivojlanishining tezlashuvini belgiladi.
• Bolalar va o‘smirlar organizmi o‘sish va rivojlanish tempining tezlashuvini o‘tgan avlodlar tempiga nisbatan solishtirilishi akseleratsiya (lot.asseleratio-tezlashuv) nomini oldi. Uning mazmuni shundan iboratki, zamonaviy avlodda biologik yetilish bosqichi avvalgilariga nisbatan birmuncha erta tugallanadi. Bolalar rivojlanishining tezlashuvi eng kichik yoshlardan boshlab kuzatiladi. Zamonaviy odamning biologiyasida oxirgi yuz yillikda rivojlanish tezlashishi bilan bir qatorda boshqa o‘zgarishlar ham ro‘y berdi: hayot davomiyligi ortdi, reproduktiv davr va tananing definitiv (yakuniy) o‘lchamlari ortdi, kasallanish strukturasi o‘zgardi. Odamning butun hayoti davomidagi sodir bo‘ladigan o‘zgarishlar “sekulyar trend” (sekular trend - asr tendensiyasi) nomini oldi .Bu umumiy asrlik tendensiyada o‘sish va rivojlanish akseleratsiyasi bir tarkibiy qism bo‘lib hisoblanadi va faqatgina odamning yetilish davrini qamrab oladi.
• O‘sish va rivojlanish akseleratsiyasi o‘smirlik davrida birmuncha yaqqol ko‘zga tashlanadi. Bunday o‘zgarishlar nafaqat bizning, balki boshqa mamlakatlarda ham kuzatiladi. AQSH da va Yevropa mamlakatlarida XX asr o‘rtalaridagi o‘n yilliklarda bolalar tana uzunligi 13-15 yoshda o‘rtacha 2,5sm ga ortdi.
|
| |