|
BOLALAR SALOMATLIK HOLATINING GIGIYENIK ASOSLARI
|
bet | 3/27 | Sana | 19.05.2024 | Hajmi | 94,17 Kb. | | #244373 |
Bog'liq BO\'G\' dalolatnoma1.2. BOLALAR SALOMATLIK HOLATINING GIGIYENIK ASOSLARI
Salomatlik faqatgina organizmda qandaydir funksional siljishlar yo‘qligi bilan emas, balki turli sistemalar funksiyalarning yaxshi darajadaligi, shuningdek, jismoniy rivojlanish garmonikligi bilan ta’riflanadi. Biroq jismoniy rivojlanishning qay darajada ekanligini, surunkali kasalliklar bor yoki yo‘qligini bilish yetarli emas, bolaning o‘qishga, sportga, mehnatga bo‘lgan funksional qobiliyatlarini sinchiklab aniqlash zarur.
1948 yilda Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (BSST) salomatlikning quyidagi ta’rifini qabul qildi: «Salomatlik-bu faqatgina kasalliklar va shikastlanishlarning yo‘qligi emas, balki butun tananing, qalbning barqarorligi va ijtimoiy barqarorlik holatidir». Bu ta’rif salomatlikni yetarlicha aniq xarakterlab beradi, lekin orga¬nizm funksional holatini butunlay o‘zida aks ettirmaydi. Gigiyenistlar ko‘pchilik hollarda quyidagi ta’rifdan foydalanishadi: «Salomatlik odam organizmining shunday holatiki, uning organ va sistemalarining funksiyalari tashqi muhit bilan muvozanatlashgan bo‘ladi va hech qanday kasallik bilan bog‘liq o‘zgarishlar bo‘lmaydi. Bu ta’rif shuningdek, organizmning biologik va ijtimoiy muhitga moslashuv darajasini ham xarakterlab beradi.
Bolalar salomatlik holatini baholash, uning salomatligini keltirib chiqaruvchi mezonlarni xarakterlash salomatlikni aniqlovchi belgilarni hisobga olgan holda amalga oshiriladi:
• tekshiruv vaqtida hech qanday kasallikning yo‘qligi;
• garmonik va yoshga mos bo‘lgan rivojlanish (jismoniy va ruhiy);
• funksiyalarning normal darajasi;
• kasalliklarga nisbatan og‘ishning yo‘qligi.
Bolalar va o‘smirlar gigiyenasi instituti populyatsiya salomatligining uni «salomatlik guruhlari»ga taqsimlashni taklif qildi.
Bolalar tibbiy ko‘rik natijalariga asoslangan holda 5 ta guruhga bo‘linadilar:
1-sog‘lom, normal rivojlanayotgan, funksional siljishlarsiz;
2-sog‘lom, funksional yoki katta bo‘lmagan morfologik siljishi bo‘lganlar;
3-kompensatsiya holatidagi kasallar;
4-subkompensatsiya holatidagi kasallar;
5-dekompensatsiya holatidagi kasallar.
Birinchi guruh-bu surunkali kasalliklari bo‘lmagan shaxslar, kuzatuv davri mobaynida kasallanmagan yoki kamdan kam kasal bo‘luvchi va normal, yoshiga mos bo‘lgan jismoniy va nerv-psixik rivojlanishga ega bo‘lgan shaxslar (sog‘lom, siljishlar).
Ikkinchi guruhni surunkali kasalliklar bilan og‘rimaydigan, lekin ba’zi funksional va morfologik siljishlarga ega bo‘lgan, shuningdek, tez-tez (yiliga 4 marta va undan ko‘p) yoki uzoq (bitta kasallik bo‘yicha 25 kundan ko‘proq) kasallanuvchi bolalar va o‘smirlar tashkil etadi (sog‘lom, morfofunksional siljishlari bo‘lgan va qarshiligi pasayganlar).
Uchinchi guruh kompensatsiya holatidagi surunkali kasalliklari yoki tug‘ma patologiyasi bo‘lgan, surunkali kasalliklarining o‘tkirlashuvi kamdan-kam va yengil o‘tuvchi, umumiy holati va o‘zini his qilishida sezilarsiz buzilishlari bo‘lgan bolalarni o‘z ichiga oladi {kompensatsiya holatidagi kasallar).
To‘rtinchi guruhga subkompensatsiya holatidagi surunkali kasalliklari yoki tug‘ma rivojlanish nuqsonlari bo‘lgan, o‘tkirlashuvdan so‘ng umumiy holati va o‘zini his qilishida buzilishlari bo‘lgan, o‘tkir interkurrent kasalliklardan so‘ng cho‘zilgan rekonvalessensiya davri kuzatiladigan shaxslar kiradi (subkompensatsiya holatidagi kasallar).
Beshinchi guruhga dekompensatsiya holatidagi og‘ir surunkali kasalliklari bo‘lgan va funksional imkoniyatlari sezilarli darajada pasaygan kasallarni kirgizishadi (dekompensatsiya holatidagi kasallar). Bunday kasallar umumiy profildagi bolalar va o‘smirlar muassasalariga bormaydilar va ommaviy ko‘riklardan o‘tmaydilar.
Bolalarni salomatlik guruhlariga bo‘lish pediatriyada keng qo‘llaniladi, lekin u jamoada bolalar salomatlik holatini bir vaqtda baholashda ko‘proq ahamiyatga molik. Bolalarni salomatlik guruhlariga bo‘lish quyidagilar uchun juda muhim:
• bolalar populyatsiyasi salomatligini xarakterlash, salomatlikning statistik ko‘rsatkichlari va guruh sonini olish;
• fazoda va vaqtda, turli hududlarda solishtirma qiyoslash;
• bolalar tibbiy muassasalari va alohida shifokorlarning davolash-profilaktik ishining samaradorligini baholash;
• bolalarning jamoaviy salomatligiga ta’sir qiluvchi hatar omillarini aniqlash va samarasini solishtirish;
• maxsuslashtirilgan xizmatlar kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash.
Bolalarni salomatlik guruhlariga bo‘lish bolalar kontingenti salo¬matlik holatining umumiy xarakteristikasini berishga imkon beradi. Gigiyenik jihatdan olganda, II-guruhni ya’ni sog‘lom deb hisoblanuvchi, lekin ularga u yoki bu darajada o‘z ijtimoiy funksiyalarini amalga oshirishda qarshilik ko‘rsatuvchi u yoki bu funksional siljishlarga ega bo‘lgan shaxslarni ajratish prinsipial jihatdan muhim hisoblanadi.
Aholi salomatligi jamoat salomatligi sifatida ko‘rib chiqiladi.
Bolalar aholisi bolalar va o‘smirlarning kasallanishi haqidagi ma’lumotlarni olishga ham imkon beruvchi majburiy profilaktik chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklardan o‘tishi lozim. Bolalar kontin-genti salomatlik holatini xarakterlash uchun qo‘shimcha ravishda quyidagi ko‘rsatkichlardan foydalaniladi.
|
| |