• 1.3. JISMONIY RIVOJLANISHNING GIGIYENIK ASOSLARI
  • Murojaatlar bo‘yicha kasallanishni aniqlash




    Download 94,17 Kb.
    bet4/27
    Sana19.05.2024
    Hajmi94,17 Kb.
    #244373
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
    Bog'liq
    BO\'G\' dalolatnoma

    Murojaatlar bo‘yicha kasallanishni aniqlash – bu ma’lum vaqt oralig‘ida kasallik tufayli tibbiy yordam uchun qilingan murojaatlar yig‘indisidir.
    Tez-tez kasallanuvchi bolalar soni – bir yil davomida 4 va undan ortiq marta kasal bo‘lgan bolalar soni.
    Salomatlik indeksi - barcha tekshirilganlar orasida yil davomida kasal bo‘lmagan bolalarning nisbiy ulushidir (foizlarda).
    Patologik jarohatlanish - tekshirilganlarning umumiy soniga nisbatan surunkali kasalliklar va funksional siljishlarning foiz¬larda ifodalanadigan chastotasi.
    1.3. JISMONIY RIVOJLANISHNING GIGIYENIK ASOSLARI

    • Jismoniy rivojlanish salomatlikning yetakchi belgilaridan biri hisoblanadi. Salomatlikning boshqa ko‘rsatkichlari jismoniy rivojlanish darajasiga bog‘liq. Bolalar jismoniiy rivojlanishining ommaviy tekshirish asoschisi deb F.F.Erisman haqli ravishda tan olinadi. F.F.Erisman tomonidan 1789 yili turli yoshdagi 26 ming bolalar va o‘smirlarda o‘tkazilgan antropometrik o‘lchashlar yosh avlodning jismoniy rivojlanishi haqidagi boshlang‘ich reprezentativ ma’lumotlarni olish uchun asos bo‘ldi.

    • • XX asrning birinchi yarmida (1926) A.V.Molkov tashabbusi bilan Markaziy antropometrik byuro yaratiladi, o‘lchash metodikalari umumlashtiriladi, o‘sib kelayotgan avlodning jismoniy rivojlanishini o‘rganish boshlanadi va bolalar jismoniy rivojlanishining birinchi standartlari ishlab chiqiladi. Bu ishlar amaliyotda sog‘liqni saqlashga alohida bolalar va shu bilan bir qatorda bolalarniig ma’lum guruhlarining o‘sishi va rivojlanishi ustidan shifokorlik nazorati o‘rnatishga imkon berdi.

    • • Bolalar va o‘smirlarning “jismoniy rivojlanishi” atamasi ostida morfologik va funksional hususiyatlar va sifatlarning shuningdek, biologik rivojlanish darajasi-biologik yosh holati tushuniladi.

    • • Bola hayotining har bir davrida jismoniy rivojlanishi-bu bola organizmining erishilgan biologik rivojlanish yoshi va ish qobiliyatini tavsiflovchi morfofunksional hususiyatlar majmuasidir.

    • • “Jismoniy rivojlanish” atamasi holatning (rivojlanishning) momental tavsifini emas, balki jarayonning dinamikasini o‘zida aks ettiradi. Bu pozitsiyalardan boshlab jismoniy rivojlanish bola organizmi tana o‘lchamlarining, tana tuzilishi, tashqi ko‘rinishi, mushak kuchi va ish qobiliyatini yoshga bog‘liq holda o‘zgarish jarayoni sifatida tushuniladi.

    • • Bolalar va o‘smirlarning jismoniy rivojlanishi belgilarning murakkab va ko‘p tomonlama majmuasi bilan tavsiflanadi. Jismoniy rivojlanishni o‘rganishda faqatgina asosiy qo‘llaniluvchi somatometrik ko‘rsatkichlar – tananing uzunligi va massasi, ko‘krak qafasi aylanasidan foydalaniladi. Ko‘krak qafasi, orqa, tovon, qad-qomatning shakli, mushaklar holati, yog‘ yig‘ilishi, teri elastikligi, jinsiy rivojlanish somatoskopik ko‘rsatkichlarga kiradi. O‘pkaniig tiriklik sig‘imi (O‘TS), qo‘l kaftining siqish kuchi-funksional, fiziometrik ko‘rsatkichlardir.

    2-jadval

    Download 94,17 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




    Download 94,17 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Murojaatlar bo‘yicha kasallanishni aniqlash

    Download 94,17 Kb.