|
-BOB. TADQIQOT MATЕRIALLARI VA USULLARI
|
bet | 14/27 | Sana | 19.05.2024 | Hajmi | 94,17 Kb. | | #244373 |
Bog'liq BO\'G\' dalolatnoma2-BOB. TADQIQOT MATЕRIALLARI VA USULLARI
2.1. TADQIQOT OBYEKTLARI VA MATЕRIALLARI
Kuzatish obyektlari bo‘lib, ta’lim tarbiyaning birinchi bosqichi amalga oshiriladigan MTM-maktabgacha tarbiya muassasalari, maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar kun tartibi va uning asosiy tarkibiy qismlari, MTMlarda jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarni tashkillashtirilishi va o‘tish o‘rinlari tekshirish materiallari olindi.
Tekshirish ishlarni amalga oshirish uchun Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Bolalar, o‘smirlar va ovqatlanish gigiyenasi kafedrasining talabalar bilan ilmiy tekshirish obyektlari qilib belgilangan. Nazorat ostiga olingan maktabgacha tarbiya muassasasidagi umumiy bolalar soni 220 tani tashkil qildi.
Tekshirish ishlari Toshkent Tibbiyot Akademiyasining Bolalar, o‘smirlar va ovqatlanish gigiyenasi kafedrasining Bolalar va o‘smirlar gigiyenasi yo‘nalishi ilmiy tekshirish laboratoriyasi, Toshkent shahridagi 16-sonli oilaviy shifoxonada qayt etilgan pediatr ma’lumotlari va materiallari, hamda Toshkent shahar Olmazor tumanidagi 522-sonli maktabgacha tarbiya muassasasida olib boriladi.
Ilmiy tekshirish ishlari natijalari bajarish uchun kuzatish davomida anketali so‘rov, xronometraj va statistik usullardan foydalanildi.
Nazorat ostiga Toshkent shahar Olmazor tumanidagi 522-sonli maktabgacha tarbiya muassasasida tarbiyalanayotgan 220 nafar bolalar olindi. Maktabgacha tarbiya muassasasida tarbiyalanayotgan 2 dan 7 yoshgacha bolalarning o‘tkazgan kasalliklar sonini bolalarning shaxsiy kartalari, ularning ko‘chirmasi, ya’ni 026 formalarning ma’lumotlaridan olindi. Ularning yosh guruhlari ulardagi bolalar soni 12-jadvalda quyidagicha taqsimlandi.
12-jadval
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning yosh bo‘yicha taqsimoti
|
| |