Qo‘shimcha ovqat berish muddatlarining fiziologik va metobolik determinantlari (Kon I.Ya., 1999)




Download 94,17 Kb.
bet12/27
Sana19.05.2024
Hajmi94,17 Kb.
#244373
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   27
Bog'liq
BO\'G\' dalolatnoma

Qo‘shimcha ovqat berish muddatlarining fiziologik va metobolik determinantlari (Kon I.Ya., 1999)

Rivojlanish xususiyatlari

Yoshi, oylarda

Ovqat hazm qilish jarayonlarining fermentative
yetilishida quyidagilar kuzatiladi:
xlorid kislota sekretsiyasining kuchayishi
pepsin va boshqa proteinazalar faolligining oshishi
Amilaza faolligining o‘sishi
Tanani vertikal holatda tutish hamda qattiq va yarim suyuq ovqatlarni yutish uchun reflektor (“qoshiqni og‘izga solish refleksi” ning so‘nishi) mexanizmlarining yetilishi
Ichakda sekretor A immunoglobulin darajasi-ning oshishi
Ichak shilliq qavati yuqori o‘tkazuvchanligining pasayishi, shuningdek: eritrotsitlar membranasi oquvchanligining pasayishi, shilliq glikoproteid komponentning yetilishi

3
3-4
3-4
4-5

3-4

3


Ona suti bilan boqilayotgan bolaga 3-4 oylik bo‘lmagunicha qo‘shimcha ovqat berish maqsadga muvofiq emas, chunki bu yoshda u ko‘krak suti (yoki uning o‘rnini bosuvchi aralashmalar)dan boshqa ovqatni xazm qilishga tayyor bo‘lmaydi. Qo‘shimcha ovqatni vaqtli bera boshlash emizishlar soni va miqdorini kamaytiradi, buning oqibatida esa ko‘krak suti ishlab chiqarilishi kamayadi. Bunday sharoitda kiritilgan qo‘shimcha ovqat ko‘krak sutini to‘ldiribgina qolmay, balki uning o‘rnini egallab ham oladiki, fiziologik jihatdan bu maqsadga muvofiq emas.


Dastlabki qo‘shimcha ovqatni bola 6-7 oylik bo‘lganidan keyin kiritish uning sutdan boshqa quyuqrok ovqatga ko‘nikishida muammolar hosil qiladi. Onaning suti yetarlicha bo‘lgan paytda bolaga 4-6 oylik bo‘lganda qo‘shimcha ovqat bera boshlash lozim.
Tabiiy ovqatlantirishda sharbatlarni bolaning ovqatlari tarkibiga hayotining 3-chi oyidan ilgari kiritmaslik lozim. Bolalarning S vitamini va boshqa vitaminlarga bo‘lgan ehtiyojini qondirishda sharbatlarning o‘rni juda katta (bir kecha-kunduzlik ehtiyojning 2-3 foizi). Sharbatlarni vaqtli (1 oylikdan oldin) bera boshlash 60 foiz bolalarda xazm qilish qoniqarsiz bo‘lishiga olib keladi. Bolaning kundalik ovqatlanishi tarkibiga dastlab olma sharbatini kiritish lozim, chunki uning tarkibida kislotalilik past va allergiya qo‘zg‘atuvchilik xossasi ham kamroq. Keyin olxo‘ri, o‘rik, shaftoli, olcha, malina, qorag‘at sharbatlarini bera boshlash mumkin, nektarlar va ichimliklarni berishda ehtiyotkorlik lozim. Nordon va taxir sharbatlarni qaynagan suv bilan suyultirib bergan ma’qul. Apelsin, mandarin va qulupnay kabi yuqori darajada allergiya qo‘zqotuvchilik xossasiga ega mevalar sharbatini bolalar 6-7 oylik bo‘lmagunicha berish mumkin emas. Bu, shuningdek, tropik mamlakatlardan keltirilgan mevalar (mango, guava, papayya va boshqalar)ga ham tegishlidir. Sharbatni berishda faqat bir turdagi mevadan boshlash (uning allergiya berish xususiyatini aniqlash uchun) kerak va bola unga ko‘nikkanidan keyingina oziq-ovqatlar tarkibiga boshqa meva sharbatlarini kiritish lozim.
Tabiiy usulda ovqatlantiruvchi bolalarga sharbatlar bera boshlagandan so‘ng 2-3 hafta o‘tgach, ya’ni 3,5-4 oylik bo‘lishgach, meva ezilmalari (pyure) tavsiya etiladi. Meva ezilmasini tayyorlash uchun sharbati berilayotgan mevalardan foydalaniladi,berish tartibi ham sharbatlarnikiga o‘xshaydi. 4,5-5-5,5 oylik bo‘lganidan keyin bolaning ovqatlari tarkibiga nisbatan quyuqroq taomlar yoki “qo‘shimcha ovqatning” o‘zini kiritish mumkin.
Birinchi qo‘shimcha ovqat sifatida sabzavot ezilmasi maqsadga muvofiq, 3-4 hafta o‘tgach esa, donli qo‘shimcha ovqat (sutli bo‘tqa) berish mumkin. Ammo, bola yaxshi semirmayotgan, ichi suyuq kelayotgan paytda qo‘shimcha ovqat berilishini sutli bo‘tqadan boshlash lozim. Sabzavotli qo‘shimcha ovqatni faqat bir turdagi sabzavot (kartoshka, qovoqcha)dan boshlab, asta – sekinlik bilan ovqatlar tarkibiga gulkaram , sabzini, sal keyinroq esa pomidor va ko‘k no‘xatni kiritiladi.
Donli qo‘shimcha ovqat sifatida quruq tez eruvchan bo‘tqalar juda qulaydir. Bu maxsulotlar, shuningdek, bolalar ovqati konservalarining afzallik joyi shundaki, ularning tarkibi, havfsizligi va asosiy vitaminlari rasoligiga, shuningdek kalsiy va temir moddasi bilan to‘yintirilganligiga kafolat beriladi.
Dastlabki qo‘shimcha ovqat sifatida bo‘tqalar bera boshlaganda, glyutensiz donlar – guruch, marjumak (grechixa) va juxori unidan foydalaniladi. Buning sababi shundaki, glyutenli donlar ( manna bo‘tqasi) bolalar hayotining birinchi oylarida glyutenli enteropatiya (oshqozon ichak kasalliklari) rivojlanishiga sabab bo‘ladi.
Tvorogni sog‘lom, me’yorida rivojlanayotgan bolalarga 5-6 oylikdan boshlab tayinlanadi, chunki ona suti bu vaqtga kelib tayinlangan qo‘shimcha ovqat bilan birga bolaning oqsil moddaga bo‘lgan ehtiyojini qondira oladi. Tvorog esa qo‘shimcha oqsil manbaidir.
Tuxum sarig‘ini tabiiy ovqatlantirishda 6 oylikdan keyin berishga ruxsat etiladi. Uning vaqtliroq berilishi ko‘pincha bolalardagi yuqori (sensibillovchi) faollik oqibatida allergik reaksiya yuz berishiga olib keladi.
Go‘sht bolaning kundalik ovqatlari tarkibiga 7 oylik bo‘lganidan so‘ng kiritiladi. Go‘shtni avval ezilma (pyure) shaklida bera boshlab, keyinroq qiymali frikadelkalar (8-9 oylikda ) va bug‘da pishirilgan kotletlar ( 1 yoshga yetay deb qolganda)ga o‘tish mumkin. 8-9 oylik bo‘lgach, bolaga haftasiga 1-2 marta go‘sht o‘rniga baliq berish mumkin.
Qatiq maxsulotlari, shu jumladan, probiotiklar ham salmoqli darajada fiziologik qiymatga ega taom hisoblanadi (ichak mikrobiotsenoziga ijobiy ta’sir qiladi – yo‘g‘on ichakdagi kasallik qo‘zg‘otuvchi mikroorganizmlarning o‘sishini tuxtatadi). Shu sababli ham sog‘lom bolalar ovqatlanishida keng qo‘llanilishi ichak kasalliklarida, ovqat allergiyasida, laktaz yetishmovchilik va boshqa xolatlarda yordam beradi. Chaqaloqlarga faqat moslashtirilgan qatiq maxsulotlari berish tavsiya etiladi. Moslashtirilmagan qatiq maxsulotlarini qo‘shimcha ovqatlantirishda 8 oylikdan keyin qo‘llash mumkin.
Sun’iy ovqatlantirishdagi bolalarga tabiiy ovqatlantirilayotgan bolalarga qaraganda ertaroq qo‘shimcha bera boshlash mumkin. Buning sababi shundaki, sun’iy ovqatlantiriluvchi go‘daklar ona sutining o‘rnini bosuvchi aralashmalar tarkibining o‘zidayoq “begona” ovqat maxsulotlarini ola boshlaydilar: sigir suti, glyukozali siroplar; tarkibida yetarlicha miqdorda yangi ovqat moddalari - oqsillar, oligosaxaridlar, lipid moddalari mavjud bo‘lgan o‘simlik yog‘lari tufayli tuzilishi jig‘atidan ona sutidan farq qiladi (10-jadval).
10-jadval

Download 94,17 Kb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   27




Download 94,17 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Qo‘shimcha ovqat berish muddatlarining fiziologik va metobolik determinantlari (Kon I.Ya., 1999)

Download 94,17 Kb.