|
Bolalar hayotining ilk yilida sun’iy ovqatlantirishning namunaviy shakli (Kon I. Ya., 1999)
|
bet | 13/27 | Sana | 19.05.2024 | Hajmi | 94,17 Kb. | | #244373 |
Bog'liq BO\'G\' dalolatnomaBolalar hayotining ilk yilida sun’iy ovqatlantirishning namunaviy shakli (Kon I. Ya., 1999)
Taom va mahsulotlarning nomlari
|
Yoshi,oylari
|
0-1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
7
|
8
|
9
|
9-12
|
Moslashtirilgan sut aralashmasi
|
700
800
|
800
900
|
800
900
|
800
900
|
700
|
400
|
300
200
|
300
250
|
200
|
200
|
Meva sharbatlari, ml
|
Кўрсатма бўйича
|
5-30
|
40-50
|
50-60
|
60
|
70
|
80
|
90-100
|
Mevali ezilma, ml
|
Ko‘rsatma bo‘yicha
|
5-30
|
40-50
|
50-60
|
60
|
70
|
80
|
90-100
|
Tvorog, g
|
|
|
|
|
|
40
|
40
|
40
|
40
|
50
|
Tuxum sarig‘i, dona
|
|
|
|
|
|
|
0,25
|
0,5
|
0,5
|
0,5
|
Sabzavotli ezilma, g
|
|
|
|
|
10-150
|
150
|
150
|
170
|
180
|
200
|
Sutli butqa, g
|
|
|
|
|
|
10-150
|
150
|
170
|
180
|
200
|
Go‘shtli ezilma, g
|
|
|
|
|
|
|
5-30
|
50
|
50
|
60-70
|
Kefir va boshqa qatiq mahsulotlari yoki tabiiy sut, ml
|
|
|
|
|
|
|
200
|
200
|
400
|
400
|
Non (bo‘g‘doy, oliy nav), g
|
|
|
|
|
|
|
|
5
|
5
|
10
|
Suxari, pechene, g
|
|
|
|
|
|
3-5
|
5
|
5
|
10
|
10-15
|
O‘simlik yog‘i (kungaboqar, makkajo‘xori),
|
|
|
|
|
3
|
3
|
3
|
5
|
5
|
5
|
Sariyog‘, g
|
|
|
|
|
|
4
|
4
|
5
|
5
|
6
|
Sun’iy ovqatlantirishda bolalarning kundalik ovqati (ona suti o‘rnini bosuvchi aralashmalar) tarkibiga qo‘shimcha ovqat (sabzavotli ezilma) – 4,5-5 oylikdan boshlab va ikkinchi qo‘shimcha ovqat (donlar asosida) -5,5-6 oydan keyin. Birinchi qo‘shimcha ovqat sifatida bo‘tqalardan foydalanish mumkin. Meva sharbatlari va ezilmalarini 3 va 3,5 oylikda tayinlash mumkin. Zarurat tug‘ilganda qatiq maxsulotlari, yangi sog‘ilgan sigir suti tabiiy usulda ovqatlantirilayotgan bolalarga nisbatan ertaroq – 6 – 7 oylikdan boshlab kundalik ovqatlar tarkibiga kiritiladi.
Hayotining dastlabki 3 yilida bola o‘zining kundalik ovqatini kun davomida teng miqdorda iste’mol qila borib, asta-sekinlik bilan 6-7 marta ovqatlanishdan 5 martaga, keyin esa 4 marta ovqatlanishga o‘tadi.
Maktab yoshida kundalik ovqat miqdori shunday taqsimlanadiki, bunda tushlik xajmi jihatdan ko‘proq va quvvatiy qiymati ham oshiqroq bo‘ladi. Bunday o‘tish asta-sekin amalga oshiriladi.
Birinchi ovqatlanish – nonushta – bir kunlik energetik qiymatning 25 foizini tashkil etadi. U sabzavotli salatlar va ikkita issiq ovqatdan iborat bo‘lmog‘i lozim: birinchi taom – bo‘tqalar, kartoshkali va sabzavotli ovqatlar, tuxum, tvorog, ikkinchi taom – qaynoq ichimliklar (sut, sutli qahva, sutli kakao, qaynatilgan suv).
Ikkinchi ovqatlanish – tushlik – bir kunlik energetik qiymatning 30-35 foizini tashkil et adi. U kamida uch xil taomdan iborat bo‘lishi lozim: birinchisi – sho‘rva, ikkinchisi – go‘shtli yoki baliqli ovqat garniri bilan va uchi nchisi –shirinlik.
Uchinchi ovqatlanish – ikkinchi tushlik – bolaning suyuqlikka bo‘lgan ehtiyojini qondirishi kerak, chunki tushlikdan keyin va uxlab turgach , bolalar chanqab qolishadi. Ikkinchi tushlikka bir kunlik energetik qiymatning 15 – 20 foizi to‘g‘ri keladi. U suyuqliklar, mevalar, rezavor mevalar, shirinliklar, pishiriqlar, oshirma kulchalardan iborat bo‘ladi.
To‘rtinchi ovqatlanish – kechki ovqat – bir kunlik energetik qiymatning 20 foizini tashkil etishi va kamida ikki xil taomdan iborat bo‘lishi kerak: birinchi – tvorogli, sabzavotli, yormali va boshqa ko‘rinishdagi issiq ovqat bo‘lishi shart,ikkinchiga – sut, kisel, qatiq beriladi.
Taomnoma tuzishda go‘shtli va baliqli taomlarni bolalar kunning birinchi yarmida tanavvul etishlariga e’tibor berish kerak, chunki oqsilga boy mahsulotlar modda almashinuvini oshiradi va bolaning asab tizimiga qo‘zg‘atuvchi ta’sir ko‘rsatadi. Bu mahsulotlar, ayniqsa, yog‘lar bilan birgalikda, oshqozonda uzoqroq ushlanib turadi va bunda katta hazm qiluvchi faollik talab etiladi.
Taomnomani tuzishda taomlar xajmi ham e’tiborga olinadi. Ovqat hajmining yetarli bo‘lishi to‘yish hissini paydo qiladi. Ovqatning o‘ta ko‘p bo‘lishi esa bolada norozilik paydo qilib, ko‘ngilsiz asoratlarga olib kelishi mumkin. Bolalarning yoshidan kelib chiqqan holda birinchi va ikkinchi ovqatlarning tavsiya etiluvchi hajmi 11-jadvalda berilgan.
11-jadval
Kundalik iste’mol kilinadigan maxsulotlar va taomlarning hajmiy me’yori, g.
Таomlar
|
Yoshi
|
1-2
|
3-4
|
5-6
|
7-10
|
11-13
|
14-17
|
Nonushta
Sutli butka yoki sabzavotli taom
Gushtli, balikli taom, omlet yoki tvorog
Sut, sok, mineral suv
|
150
60
150
|
180
70
180
|
200
60
150
|
200
70
200
|
240
90
200
|
280
100-110
200
|
Tushlik
Salat
Shurva, bulon
Gushtli yoki balikli taom
Garnir
Sharbat, kompot, kisel
|
40
150
60
120
150
|
50
180
70
130
180
|
50
200
70
130-150
150
|
50
300
70
150
200
|
50
400
75
200
200
|
50
400
75-100
200
200
|
Tolma choy
Katik, sut
Bulochka, pechene
Mevalar
|
150
60
100
|
200
70
150
|
200
35-50
150
|
200
50
200
|
200
50
200
|
200
50
200
|
Kechki ovqat
Sabzavotli yoki sutli taom
Qatiq, sut yoki na’matak damlamasi
Bir kunlik non me’yori: bug‘doy noni, jaydari non
|
180
150
20
10
|
200
200
70
20
|
200
200
120
40
|
250
200
165
75
|
250
200
200
100
|
300
200
200
100
|
1-1,5 yoshdan boshlab bolalarni mustaqil ravishda ovqat yeyishga o‘rgatish mumkin. Bu ko‘pincha ishtaha ochilishiga ham ko‘maklashadi: ovqat yeyish jarayonining o‘ziga qiziqib ketgan bola taomni mazza qilib tanavvul etadi. Bolalar muassasasida maktabgacha bo‘lgan yoshdagi bola dasturxonni bezatish ishlarida ishtirok etishi mumkin. Maktabgacha bo‘lgan muassasada ovqat bilan bog‘liq bo‘lgan asosiy gigiyenik ko‘nikmalar tarbiyalanadi: ovqat yeyishga o‘tirishdan oldin qo‘llarini yaxshilab yuvishga, ovqatni puxta chaynab, shoshilmay yeyishga, dasturxon atrofida o‘zini to‘g‘ri tutishga (to‘g‘ri o‘tirish, oshxona anjomlaridan hamda sochiqlardan foydalanish va hokazo)ga odatlanadi.
Yil davomida bolalar va o‘smirlar turli-tuman ko‘rinishdagi faoliyat turlari, ko‘proq aqliy va jismoniy yuklamalar bilan band bo‘lishadi. Zo‘riqtiruvchi aqliy mehnatda oqsilga bo‘lgan ehtiyoj odatdagi ehtiyojga nisbatan 10 foiz ko‘proq bo‘ladi. Bunday holatda kundalik taomlar sirasiga yuqori biologik qiymatga ega bo‘lgan, bolalar ovqatlanishi uchun maxsus ishlab chiqarilgan maxsulotlar kiritilishi shart.
Shu jumladan, mehnat turi oziq-ovqat maxsulotlari, idish-tovoqlar, ishlab chiqarish anjomlari va uskunalariga bevosita aloqador bo‘lgan shaxslar ham gigiyenik tayyorgarlikdan o‘tib, har 2 yilda 1 marta belgilangan dastur bo‘yicha imtihon topshirishlari lozim.
Shu tariqa, ovqatlanish bilan bog‘liq zaharlanishlar va kasalliklarning oldini olishga qaratilgan sanitariya-gigiyena va epidemiyaga qarshi majmualar o‘tkazilishi yuzasidan nazorat o‘rnatiladi. Bolalar jamolarida tashkil etilgan vaziyatni tahlil qilishda ovqatlanish xolatidagi asosiy salbiy yo‘nalishlarni bilish zarur.
Oqibatda ovqatlanish vaziyatining quyidagi buzilishlari oldingi o‘ringa chiqadi:
- hayvon oqsillarining taqchilligi tavsiya etiluvchi ko‘rsatkichlardan 15-20 foizini tashkil etadi ( ayniqsa aholining daromadi past guruhlarida;
- yarim to‘yinmagan yog‘ kislotasi (YATЕK) taqchilligi hayvon moylarining ortiqcha tushishi xolatida;
- ko‘pgina vitaminlarning sezilarli taqchilligi – S vitamini yetishmasligi (70-100 foiz aholida) ; hamma joyda V guruhi vitaminlari va folat kislota taqchilligi (60-80 foiz aholida); - karotin yetishmasligi (40-60 foizida);
- ba’zi mineral moddalar va mikroelementlar ( kalsiy, temir, yod, ftor, selen, rux) yetishmasligi;
- ovqat tolalari taqchilligi.
Hozirgi paytda bolalar sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatish bo‘yicha “mikronutriyentlar” – vitaminlar, mikroelementlar, alohida YATЕK va boshqalarning tanqisligi yetakchi o‘rinda turibdiki, bu oksidantlargaqarshi himoya tizimi ishining va immun tanqisligi xolatlarining rivojlanishi oqibatida organizmning tevarak-atrof muhitidagi yomon ta’sirlarga qarshi kurashish qobiliyati keskin pasayishiga olib keladi.
Ovqatlanish gigiyenasi sohasidagi mutaxassislarning fikricha, sog‘lom ovqatlanish formulasi uchta teng tarkibiy qismlar – iqtisodiy imkoniyatlar, oziq-ovqatlarning xilma-xilligi va oqilona ovqatlanish borasidagi bilim darajasining yig‘indisidan iboratdir.
|
| |