BOLALAR VA O‘SMIRLARNING RATSIONAL OVQATLANISHI




Download 94,17 Kb.
bet10/27
Sana19.05.2024
Hajmi94,17 Kb.
#244373
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   27
Bog'liq
BO\'G\' dalolatnoma

1.5. BOLALAR VA O‘SMIRLARNING RATSIONAL OVQATLANISHI
Bolalar va o‘smirlarning oqilona ovqatlanishi ularning yaxshi o‘sishi, turli a’zolari va to‘qimalarining morfologik tuzilishi va funksiyasining o‘z vaqtida yetilishi, psixomotor va aqliy rivojlanishining maqbul ko‘rsatkichlari, organizmning infeksiyalar va boshqa yomon tashqi omillar ta’siriga chidamliligi oshishini ta’minlovchi eng muhim shartlardan biridir. Bolalarning oqilona ovqatlanishi , xuddi ularning sog‘lig‘i kabi, davlatning alohida diqqat e’tiborida turmog‘i lozim.
Davlat siyosati aholining sog‘lom ovqatlanishi sohasida quyidagilarga qaratilmog‘i lozim:
- inson salomatligi – hukumatning eng muhim prinsipidir;
- oziq-ovqatlar inson sog‘lig‘iga zarar yetkazmasligi kerak;
- ovqatlanish insonning oziq moddalari va quvvatga bo‘lgan ehtiyojini qondiribgina qolmay, balki kasalliklardan asrovchi va davolovchi vazifalarni o‘tashi kerak;
- ovqatlanish inson organizmini tevarak-atrofning yomon illatlaridan himoyalashga ko‘maklashmog‘i kerak.
Bolalar ovqatlanishini oqilona tashkil etishda ko‘krak suti bilan boqishni qo‘llab-quvvatlash, kichik yoshdagi bolalarni maxsus oziq-ovqatlar bilan , kasal bolalarni shifobaxsh oziq-ovqat bilan ta’minlash, umumiy ta’lim muassasalarida bolalarga belgilangan tartibda issiq ovqat berilishini tashkil etish dasturlari amalga oshiriladi.
Ovqatlanish ham miqdori bo‘yicha, ham tarkibiy sifatiga ko‘ra yetarli bo‘lsa, shuningdek, quvvat sarflanishini qoplasa, to‘la qonli deb tan olinadi. Bolalarning bir kunlik ovqati ularning yoshi, jinsi, yashash muhitining jug‘rofiy-iqlimiy xususiyatlari, faoliyat turlari va jismoniy yuklamalarning katta-kichikligiga qarab muvozanatlashtiriladi.
Turli yosh davrlarida moddalar almashinuvi o‘zgarib turadi. Bu o‘sish va rivojlanish davri katta tezlikda yuz berib, plastik va strukturaviy jarayonlarni ta’minlaydi. O‘sish davrida oqsillarga bo‘lgan ehtiyoj tana og‘irligining o‘lchoviga qiyosan olganda, kattalarnikiga nisbatan ancha yuqoridir.
Bolalardagi asosiy almashinuv qiymati katta odamlardagi asosiy almashinuvga nisbatan 1,5-2 marta yuqoridir. Asosiy almashinuvning qiyosiy o‘lchami ( 1 kg.tana vazniga kilokaloriyalar hisobida) yosh o‘tgani sayin kichraya boradi: 2-3 yoshli bolalarda – 55, 6-7 yoshlilarda – 42, 10 – 11 yoshlilarda – 33; 12-13 yoshlilarda – 34, kattalarda – 24.
Bolali va o‘smirlik davri quvvatni nisbatan ko‘proq sarflash bilan ifodalanadi. Katta odamning quvvat sarflashida o‘rtacha 1 kg tana vazniga 45 kkal. to‘g‘ri kelsa, bu ko‘rsatgich 1-5 yoshli bolalarda – 80-100 kkal, 13-16 yoshli o‘smirlarda 50-65 kkal.ni tashkil etadi.
Bolalar va o‘smirlardagi kuchaygan asosiy almashinuv va quvvat sarflanishi ularning ovqatlanishi tashkil etilishiga alohida yondoshish zarurligini taqoza etadi.
Shunday qilib, turli faoliyat turlariga quvvat sarflanishi sezilarli oshadigan o‘quvchilik va o‘smirlik davrida, ularning ta’minlanishi kundalik oziq-ovqatlar tarkibida oqsillar (14 foizga yaqin), yog‘lar (3foizga yaqin) va uglevodlar (55 foizga yaqin) hisobidan ta’minlanishini nazarda tutmoq lozim.
Bolalar ovqatlanishida oqsillar va yog‘larning oqilona nisbati 1: 1 dir. Oqsillar, yog‘lar va uglevodlarning ovqatdagi nisbati kichik yoshdagi bolalar uchun 1:1:3 ni va katta yoshdagi bolalar uchun 1:1:4 ni tashkil etadi.
O‘sish va rivojlanish davrida organizm hujayralari va to‘qimalarining tarkibiy qismi bo‘lgan, shuningdek, almashinuv jarayonida biokatalizator vazifasini o‘tovchi mineral moddalar plastik funksiyasi juda muhimdir. Suyak to‘qimalarining yasovchi moddasi bo‘lgan kalsiy alohida e’tiborga sazovordir. Kalsiyning organizmda o‘zlashtirilishi fosfor va magniy miqdoriga bog‘liqligi aniqlangan. Bu moddalar oshiqcha bo‘lsa, kalsiyning o‘zlashtiriluvchi ko‘rinishlari vujudga kelishi cheklanadi va u organizmdan chiqarib tashlanadi. Oziq-ovqat tarkibidagi o‘zlashtirish uchun maqbul bo‘lgan kalsiy va fosfor miqdori emizikli bolalar uchun 1,2:1, 1 yoshdan 3 yoshgacha bo‘lganlar uchun 1:1, 4 yoshdan kattalar uchun 1:1,2 yoki 1:1,5 ga teng. Kalsiy va magniyning maqbul nisbati – 1:0,7 dir.
Singuvchi kalsiyning eng yaxshi manbalari sut va sut maxsulotlaridir. Yaxshi o‘zlashtirilishi va boshqa mineral moddalar bilan yaxshi nisbatda bo‘lishi meva va sabzavotlar tarkibiga kiruvchi kalsiy birikmalariga xos xususiyatdir. Bu ularning ham sut mahsulotlariga teng ravishda bolalar ovqatlanishidagi muhim kalsiy manbaiga aylantiradi.
Bolalarning mis moddasiga bo‘lgan ehtiyoji ham kattadir. Ko‘krak yoshidagi bolalar uchun bu ehtiyoj 1 kg. tana vazniga nisbatan 0,1 mg.ni tashkil etsa, 3-6 yoshdagi bolalar uchun 0,6-0,85 mg/kg.ga teng.
Bolalarning ovqatlanishida suvning roli juda katta. Bu, eng avvalo, suv hujayra va to‘qimalarning asosiy qismi ekanligi tufaylidir va uning hissasiga inson tanasining 65 foizi to‘g‘ri keladi. Suv - organizmdagi almashinuvning chiqindi mahsulotlarini chiqarib tashlash uchun zarur. Bolalar bir kecha kunduzda 1,5-2 l suv yo‘qotishadi. Bolalar hayotining 1-chi yilida ichimlik va oziq-ovqat bilan birga tana vaznining 1 kg.ga teng qiyosan 150 ml., 1 – 3 yoshli bolalar – 100 ml., 3 – 7 yoshlilar -60 ml. va bundan katta bolalar – 50 ml. suv iste’mol qilishlari kerak.
Ovqatlanishdagi fiziologik ehtiyojlar turli yosh guruhlari va jinslarga bog‘liq holda (5 – 8 jadvallar) namoyon bo‘ladi.
5-jadval

Download 94,17 Kb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   27




Download 94,17 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



BOLALAR VA O‘SMIRLARNING RATSIONAL OVQATLANISHI

Download 94,17 Kb.