O‘quvchilarning o‘tkir kasalliklaridan so‘ng jismoniy tarbiya bilan shug‘ullana boshlashlarining tahminiy muddatlari




Download 94,17 Kb.
bet9/27
Sana19.05.2024
Hajmi94,17 Kb.
#244373
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   27
Bog'liq
BO\'G\' dalolatnoma

O‘quvchilarning o‘tkir kasalliklaridan so‘ng jismoniy tarbiya bilan shug‘ullana boshlashlarining tahminiy muddatlari

Kasallik

MTTga kela boshlagan muddat kunlar

Izoh

Angina

14-28

Keskin sovib ketishdan saqlanish kerak (chang‘ida uchish, suzish )

Bronxit, yuqori nafas yo‘llarining o‘tkir katari

7-21




O‘tkir otit

14-28




Pnevmoniya

30-60




Plevrit

30-60




Gripp

14-28




O‘tkir infeksion kasalliklar

30-60

Yurak-tomir tizimining funksional tahlili natijalari ijobiy bo‘lganda

O‘tkir nefrit

60




Yuqumli gepatit

56-360




Appenditsit (jarrohlik operatsiyasidan so‘ng)

30-60




Oyoq- qo‘llar suyaklari singanda

30-90

Davolanish paytida boshlangan davolovchi badan tarbiya mashqlari bilan davom ettirish shart

Miya chayqalganda

60 va undan ko‘p bir yilgacha

Jarohatning og‘irlik darajasi va hususiyatlaridan kelib chiqqan holda

O‘quvchilarning jismoniy tarbiya darslarini tashkil etishni gigiyenik baholashda quyidagilarni nazarda tutish lozim:


1) dars mazmuni va yuklamalar kattaligi o‘quvchilarning sog‘ligi, jismoniy tayyorgarligi, yoshi va jinsiga mos kelishi;
2) alohida tuzuvchi qismlarni ajratib ko‘rsatib, mashg‘ulotlar va fiziologik yuklamalarning maqbul motor zichligini yaratgan holda darslarni uslubiy to‘g‘ri tuzish;
3) salomatlikni mustaxkamlash, uyg‘un rivojlanish va to‘g‘ri qad- qomatning shakllanishiga yordamlashuvchi jismoniy mashqlarni bajarish;
4) mashg‘ulotlarning o‘zviyligiga, ularning o‘quv kuni va haftasi jadvalidagi boshqa darslar bilan to‘g‘ri moslashtirilishiga amal qilish;
5) mashg‘ulotlarni maxsus binoda (sport yoki gimnostika zalida), maxsus jihozlangan maktab oldi uchastkasida, stadionda, chang‘i yo‘lagida yoki basseynda o‘tkazish;
6) o‘quvchilar mashqlarni sport kiyimida va organizmni chiniqtirishni ta’minlovchi harorat sharoitlarida bajarishlari.
Havo muhitini nazorat qilganda quyidagi me’yorlarga mo‘ljal qilish mumkin: karbonat angidrid gazi miqdori 0,1 foizdan oshmasligi, changlanganlik – 1 m3 havo 1,75 million chang zarrachalari, havoning oksidlanganligi – 1m3 ga 6-9 mg kislorod, mikroorganizmlar bilan urug‘langanlik – 1m3 ga 4000 mikrobdan oshmasligi lozim.
Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari paytida sport shovqinlari yuzaga keladi, ularning balandligi 50 – 129 dBA atrofida bo‘lishi lozim. Musiqa jo‘rligidagi sport turlari uchun sport zallaridagi shovqin darajasi 50 dBAdan oshmasligi, boshqalar uchun, shu jumladan, umumta’lim muassasalarining ham jismoniy tarbiya zallarida 60 dBAdan ko‘p bo‘lmasligi kerak.

Download 94,17 Kb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   27




Download 94,17 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘quvchilarning o‘tkir kasalliklaridan so‘ng jismoniy tarbiya bilan shug‘ullana boshlashlarining tahminiy muddatlari

Download 94,17 Kb.