|
Talabaning kurs ishi
|
bet | 2/27 | Sana | 19.05.2024 | Hajmi | 94,17 Kb. | | #244373 |
Bog'liq BO\'G\' dalolatnomaIshning ilmiy yangiligi. Bajarilgan ishining yangiligi shundan iboratki, hozirgi taraqqiyot davrida birinchi marotaba Toshkent shahridagi maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning salomatlik holati va jismoniy rivojlanishiga mashg‘ulotlarining ijobiy va salbiy ta’siri o‘rganildi, maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar orasida jismoniy rivojlanishni yaxshilash uchun kerakli chora-tadbirlar tavsiya etilishi bilan birgalikda mashg‘ulotlarning gigiyenik asoslari yaratilib, ayrim kasalliklarni bartaraf etishning sanitar-gigiyenik chora-tadbirlari ishlab chiqarildi.
1-BOB. ADABIYOTLAR MUSHOXADASI
1.1.MAKTABGACHA TARBIYA MUASSASALARINING YER MAYDONI VA BINOSIGA BO‘LGAN GIGIYENIK TALABLAR
Maktabgacha tarbiya muassasalarining loyihasini sanitar – gigiyenik ekspertiza qilishda Respublikamizda ishlab chiqarilgan sanitariya me’yor va qoidalardan foydalaniladi. Ushbu sanitariya me’yor va qoidalarining talablariga binoan MBMlarda bolalarning yosh guruhlari va soni quyida keltirilgan tartib asosida jamlashtirilishi kerak (jadval 1). Yasli —ilk bolalik davridagi birinchi guruhda (1 yoshgacha) bolalarning soni 10 tadan oshmasligi kerak, ilk bolalik davrining ikkinchi guruhida (1 dan 2 gacha) bolalarning soni 15tadan, birinchi kichik guruhda ham ( 2 dan 3 yoshgacha) bolalarning soni 15 tadan oshmasligi kerak va maktab oldi guruhlarida—ikkinchi kichik guruhda (3 dan 4 yoshgacha) bolalarning soni 20 tadan oshmasligi kerak, o‘rta guruhlarda (4-5 yoshgacha) bolalarning soni 20 tadan, katta guruhlarda (5—6 yoshgacha) bolalarning soni 20 tadan va tayyorlov guruhida bolalarning yoshi 6 dan-7- yoshgacha bolalarning soni esa 20 tadan oshmasligi kerak. 1-jadval
Maktabgacha bolalar muassasalarida jamlanadigan bolalarning soni va yosh guruhlari
Guruhlar
|
Yoshi
|
Soni
|
Ilk bolalik guruhi
|
1 — Ilk bolalik guruhi гуруҳи
|
1 yoshgacha
|
10
|
2 —Ilk bolalik guruhi
|
1 yoshdan — 2 yoshgacha
|
15
|
1 Kichik guruh
|
2 yoshdan -3 yoshgacha
|
15
|
Maktab oldi guruhi
|
2 Kichik guruh
|
3 yoshdan — 4 yoshgacha
|
20
|
O’rta guruh
|
4 yoshdan — 5 yoshgacha
|
20
|
|
Katta guruh
|
5 yoshdan— 6 yoshgacha
|
20
|
Tayyorlov guruhi
|
6 yoshdan — 7 yoshgacha
|
20
|
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar muassasalari xizmat ko‘rsatish vaqtiga qarab 9, 10, 12 soatlik va bitta dam olish kuniga mo‘ljallangan kun — tun davomida ishlaydigan, hamda 2 ta dam olish kuniga 5 ish kuniga mo‘ljallangan turlarga bo‘linadi.
Bolalar yasli – bog‘chalari bitta, ikkita, to‘rtta, oltita, sakkizta o‘n ikkita, o‘n to‘rtta guruhli turlarga moslashtirib rejalashtirildi. Qurilayotgan muassasaning yosh guruhlari va ulardagi bolalarning soni loyihalashtirishga berilgan buyurtmachining topshirig‘iga asosan rejalashtiriladi. Binolarni qurishda bir yoki ikki qavatli mevali - hovli maydoniga ajratilgan holatda quriladi.
MTTlarning yer maydonining o‘lchamlari bitta o‘ringa quyidagi ravishda rejalashtirildi: 100 o‘ringacha bo‘lgan bog‘cha-yaslilarda - 40 m2 dan bitta bolaga; 100 va undan ortiq o‘rinli bog‘cha yaslilarda bitta bolaga 35 m2 dan maydon ajratiladi.
MTT yer maydonida quyidagi mintaqalar (zonalar) ko‘zda tutiladi: guruh maydonlari, umumiy jismoniy tarbiya, hovli bog‘, xo‘jalik va ko‘kalamzorlashtirilgan maydon. Guruh maydonining o‘lchami yasli yoshidagi bolalar uchun bitta bolaga 10 m2dan, maktab oldi guruhlari uchun bitta bolaga 9 m2dan maydon ajratiladi. Guruh maydonlari ochiq qismidan tashqari nurlanish va quyosh nuridan to‘silgan qismlardan tashkil topgan bo‘lishi kerak. Har bir guruhning hovlidagi soyabonli ayvonining maydoni 40 m2 ni tashkil qilishi kerak. Yer maydonida 150 o‘ringacha bo‘lgan yasli-bog‘chalarda bitta, 150 va undan ortiq bog‘chalarda ikkitadan umumiy jismoniy tarbiya maydonlari qo‘zda tutiladi, uning maydoni bitta bolaga 10 m2ni tashkil qilishi kerak. Jismoniy tarbiya maydonining yaqinida- 21 m2ni tashkil qilib, chuqurligi 60 dan 80 smgacha bo‘lgan suzish hovuzlari joylashtiriladi. hovlida chalqimchoq o‘ynaydigan basseynlar rejalashtiriladi, basseynning chuqurligi 0,25-0,5 m.ni tashkil qiladi. Maktabgacha tarbiya muassasalarining ko‘kalamzorlashtirilgan maydoni bitta o‘ringa 16 m2ni tashkil qilib, bundan tashqari ko‘kalamzorlashtirilgan maydoni, yashil ko‘klamzor va gullar maydoni – 7 m2 dan, kompleks bog‘cha–yaslilarda – 14 m2 ni tashkil qiladi. Hovli–bog‘ maydoni 15 m2ni tashkil qilib, guruh maydoni tarkibida joylashtiriladi va barcha guruhlar uchun bitta bo‘lib hisoblanadi. Xo‘jalik maydonining o‘lchami 50 o‘ringacha bo‘lgan MTMlarda 70 m2ni, 145 o‘ringacha bo‘lgan MTTlarda 100 m2gacha, 195 o‘rindan 340 o‘ringacha - 140 m2 ni, kompleks MTTlarda 400 m2 ni tashkil qiladi. Xo‘jalik maydonining tarkibida 50 m2ni tashkil qiladigan sabzavotlarni saqlash omborxonasi rejalashtiriladi.
Bolalar yasli bog‘chalari alohida binolarda balandligi ikki qavatdan oshmasligi kerak. Binoning kompleksida alohida guruh yacheykalari va xo‘jalik- xizmati xonalari rejalashtirilishi lozim. Xo‘jalik xizmati xonalariga: ovqat tayyorlash, kir yuvish, xo‘jalik xizmati va tibbiy xonalar kiradi. Maktabgacha tarbiya muassasalarining binosini rejalashtirishda guruhning yacheykasida xonalar jamlamasidan iborat bo‘lishi kerak. Bog‘cha yoshidagi guruhlar - guruh yacheykasining tarkibi qabulxona, o‘ynash va guruh xonalari, uxlash, hojatxona va bufet- yuvish xonalaridan tashkil topishi kerak.
Bog‘cha yoshidagi bolalar guruh yacheykasi birinchi qavatga joylashtirilib, alohida mustaqil chiqish eshiklariga ega bo‘ladi va bu eshiklardan 2 ta guruh foydalanishi rejalashtiriladi, Maktab oldi guruhlari uchun 4 ta guruhga bitta chiqish yo‘lakchalari rejalashtiriladi. Guruh yacheykasining tarkibi va maydonlarini o‘lchash 1 -jadvalda ko‘rsatilgan.
Har bir guruh yacheykasida bufet va idishlarni yuvish o‘rni bo‘lishi kerak. Uning umumiy maydoni 3 m2ni tashkil qilishi kerak. Yasli-bog‘cha guruhidagi hojatxonada shaxsiy tuvaklar o‘rni, dush maxsus yuvinish moslamasi, unitaz bo‘ladi. Maktab oldi guruhida hojatxona ikkita xonadan iborat bo‘lib. hojatxona va yuvinish xonasiga ajratiladi. Katta va tayyorlov guruhlarida o‘g‘il va qiz bolalarga alohida hojatxona ajratilishi kerak.
100 va undan ortiq o‘rinli maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar muassasalarida musiqa va gimnastika mashg‘ulotlari uchun alohida yoki birlashtirilgan zallar ajratiladi. Musiqa zalining maydoni bitta bolaga 2m2 ni, jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari uchun zalning maydoni bitta bolaga 4 m2 dan kam bo‘lmasligi kerak. Zal tarkibiga uslubchi xonasi (12-18m2), jihozlarni saqlash omborxonasi (3 m2) kiradi.
Tibbiy xona barcha bolalar yasli - bog‘chalarida rejalashtiriladi. Tibbiy xona muolaja xonasi bilan maydoni 6 - 18 m2 ni tashkil qiladi. Tibbiy xonaning alohida koridor turida chiqish eshigi bo‘lib, shu joyda bir xonali izolator ham bo‘lishi kerak (2-8 m2), xonalarning maydoni (6-18m2), hojatxona (2-4 m2) va alohida tashqariga chiqish eshigi bo‘lishi lozim.
Xo‘jalik-xizmat xonalari tarkibiga quyidagi xonalar kiritiladi: mudir yoki mudira xonasi (9-10 m2), xo‘jalik mudiri xonasi (6 m2), xodimlar uchun yechinish xonasi (8-12 m2) xo‘jalik omborxonasi, toza jamoshirlarni saqlash xonasi, oqliqlarni saqlash va almashtirish uchun mo‘ljallangan xona, yuvinish xonasi, xodimlar hojatxonasi (3-6 m2).
Kir yuvish xonalari quyidagicha rejalashtiriladi: yuvish xonalari (12-18 m2), dazmollash xonalari (10-12 m2)ni tashkil qiladi.
Oshxonaning tarkibi va maydoni. Oshxonadan tashqariga chiqish eshigi alohida bo‘lishi lozim. Barcha ko‘rsatilgan talablar asosida qurilgan MTMlari o‘suvchi organizmning o‘sish va rivojlanishi ularning sog‘lom va barkamol yetukligini ta’minlab, maktab uchun eng yaxshi zamin yaratadi. Bu ishlarning samaradorligini SEO va JSQ BO‘G vrachi nazorat qiladi.
|
| |