Ta'lim jarayonida o'quvchilarning xususiyatlarini o'rganish mundarija: kirish asosiy qism




Download 65.99 Kb.
bet6/8
Sana24.12.2022
Hajmi65.99 Kb.
#36958
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1 Ta\'lim jarayonida o\'quvchilarning xususiyatlarini o\'rganish locked
bmi 4, 30 соат 1-СМ МАЖМУА 2021-22, Титул, появления информатики , ANDIJON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI, kurs ishim., 1.mavzuiar, 005 Qashqarchai savti, mamalakat aholisi xamda yoshlar bandligini taminlashda oilavij tadbirkorlikni, маълумотнома222, Azizani disertassiyasi.docx oxirgi variant2023, ishlo-zhoylarida-kichik-biznes-va-oilaviy-tadbirkorlikni-rivozhlantirish, Aloqa xati 4-kurs matematika, XOSMAS integralning Bosh qiymati
Ma'lumot-axborot beruvchi maslahatlar:

Kasbni mazmuni bilan iloji boricha chuqurroq tanishtirishga qaratilgandir. U sizni o’qa kasbni shaxsga nisbatan qanday talablar qo’yishi bilan tanishtiradi, bu kasbni qaerda, qanday qilib o’rganish yo’llarini, ishga joylashish imkoniyatlarini tushuntirib beradi: shu maslahatning o’zida siz kasb mahoratini oshirish yo’llari to’g'risida ham ko’pgina ma'lumotlarni bilib olishingiz mumkin. Odatda bunday maslahatlarni o’sha kasbda uzoq vaqtdan beri ishlayotgan tajribali mutaxassislar o’tkazadilar.

  1. Diagnostik kasb maslahati berish:

Kishini har tomonlama o’rganish asosida undagi qiziqishlar, moyilliklar, qobiliyatlar hamda shaxsdagi kasbiy jihatdan muhim bo’lgan ayrim sifatlarni aniqlab o’rganishga qaratilgandir.
Bunday maslahatdan maqsad - faoliyatning qanday sohasida siz muvaffaqiyatli ishlashingiz mumkinligini, ya'ni siz qaysi sohada jamiyat uchun maksimal foyda
keltirishingiz mumkinligini hamda o’z mehnatingizdan mumkin qadar ko’proq qoniqish hosil qilishingizni oldindan belgilab berishdan iborat. Diagnostik kasb maslahatini psixologlar o’tkazadilar. Ular shaxsni o’rganishning anketa to’ldirish, testlar bilan sinash singari har xil metodlarini qo’llaydilar.
V) Tibbiy kasb maslahati:
Odamning salomatligi u tanlagan kasb talablariga qay darajada muvofiq kelishini aniqlab olishga yordam beradi. Agar siz mo’ljallayotgan kasb qandaydir bir sabab bilan sog'lig'ingizga to’g'ri kelmaydi, deb topilgudek bo’lsa, u holda vrach sizga boshqa bir kasbni, ya'ni sizning qiziqishingiz va sog'lig'ingizga zarar etmaydigan kasbni tanlashga tavsiya qiladi.
G) Tuzatish kirituvchi kasb maslahati:
Odam bir kasbni tanlasa-yu, lekin uning real imkoniyatlari va qobiliyatlariga o’sha kasb muvofiq kelmagan hollarda bunday maslahat zarur bo’ladi. Bunday vaziyatda kasbiy rejani qaytadan ko’rib chiqish yoki unga aniqlik kiritish zarur bo’lib qoladi. YUqorida sanab o’tilgan kasblar bir-biri bilan o’zaro mahkam bog'liqdir. Meditsina kasb maslahatiga ma'lumot - axborot berish xarakteridagi va tuzatish kirituvchi xarakterdagi elementlar mavjud bo’lsa, diagnostik kasb maslahatida kasb maslahatlarining elementlari uchraydi va hakozo.
Kasb to’g'risida maslahat 3 ta bosqichga bo’linadi.

  1. Kasbga tayyorlash. Bunga o’quvchining maktabni bitirgunga qadar bo’lgan jarayoni kiradi. Bunda maktabda o’quvchining qiziqishi, xohishi u yoki bu kasbga moyilligini hisobga olgan holda kasblarga tayyorlanadi, kasblar to’g'risida axborotlar berib boriladi.

  2. YAkunlovchi: 8-9 sinfni bitirayotganda kasbga yo’llash ishlarini olib boriladi. Bu yakunlovchi turda o’quvchilarni qobiliyatiga qarab u yoki bu kasblarni egallashga yordam berish. Bu xil maslahat maktab doirasidan tashqariga chiqadi va ko’pincha akademik litsey, kasb-hunar kollejlari, tashkilotlarda o’quvchi 8-9 sinfni bitirib chiqib borgan joylarda amalga oshiriladi.

Kasbga ko'nikma hosil qilish. Bu kasbga yo’llash ishi yakunlovchi ish bo’lishi kerak, chunki o’quvchi zavod va fabrikada, shuningdek o’quv yurtlarida o’z
qiziqqan sohasi bo’yicha ishlaydi va o’qiydi. Ko’nikma hosil qilish sistemali ravishda rejani bajarish va musobaqalarda ishtirok etish natijasida mustahkamlanadi, ishlab chiqarishda qancha og'ir bo’lsa, shuncha ko’p yosh ishchiga e'tiborni kuchaytirish lozim.
Kasbga layoqatliligi. Kasbga layoqatliligini aniqlash 3 yo’l bilan amalga
oshiriladi.

  1. sog'lig'i to’g'risida;

  2. Kasbga taxminiy tayyorgarlikning puxtaligi;

V) Psixofiziologik holati.
Bu layoqatligiga qarab mutaxassislar o’quvchilarga u yoki bu kasbga loyiq ekanligini aniqlashadi va kasbni o’zgartirish kerakligi yoki sog'liqqa zararligini, uning organizmi tanlagan kasbiga loyiq emasligi to’g'risida ma'lumot berishadi. SHuning uchun o’rta maktablar kasb tanlash ishlarini olib borishda asosiy baza bo’lib hisoblanadi.
Magistrlar ushbu mavzu yuzasidan olib boriladigan ilmiy izlanish hamda ilmiy- pedagogik ishlarida - kasbga yo’naltirish masalalarida test metodlaridan unumli va maqsadli foydalanishga yo’naltiriladi.
Unda, ilmiy pedagogik tadqiqotlarni amalga oshirishning mantiqiy ketma- ketligiga: tadqiqot farazi hamda izlanish materiallaridagi g'oyalarini o’rganish va ishlab chiqish mantiqi va metodlari, yangi g'oyani ro’yobga chiqarish bosqichlari hamda ilmiy pedagogik tadqiqotlarida magistrlik dissertatsiya mazmunini shakllantirishdan iboratdir.
Bu borada o’qituvchining samarali faoliyati uning chuqur va rang-barang kasbiy bilimlari, dars berish metodikasini egallaganligi, o’z mehnatining psixologik asoslarini hisobga olishi bilan bog'langanligi ravshan bo’lishiga olib keladi.



Download 65.99 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 65.99 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ta'lim jarayonida o'quvchilarning xususiyatlarini o'rganish mundarija: kirish asosiy qism

Download 65.99 Kb.