• Xulosa
  • KASBGA YO’NALTIRISHDA MEHNAT RESURSLARINI HUDUDIY XUSUSIYATLARINIANIQLASH HAMDA TA'LIM JARAY ONIGA TADBIQ QILISH




    Download 65.99 Kb.
    bet7/8
    Sana24.12.2022
    Hajmi65.99 Kb.
    #36958
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    1 Ta\'lim jarayonida o\'quvchilarning xususiyatlarini o\'rganish locked
    bmi 4, 30 соат 1-СМ МАЖМУА 2021-22, Титул, появления информатики , ANDIJON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI, kurs ishim., 1.mavzuiar, 005 Qashqarchai savti, mamalakat aholisi xamda yoshlar bandligini taminlashda oilavij tadbirkorlikni, маълумотнома222, Azizani disertassiyasi.docx oxirgi variant2023, ishlo-zhoylarida-kichik-biznes-va-oilaviy-tadbirkorlikni-rivozhlantirish, Aloqa xati 4-kurs matematika, XOSMAS integralning Bosh qiymati

    5. KASBGA YO’NALTIRISHDA MEHNAT RESURSLARINI HUDUDIY XUSUSIYATLARINIANIQLASH HAMDA TA'LIM JARAY ONIGA TADBIQ QILISH


    O’zbekistonda bozor munosabatlariga o’tishning o’z modelini, ya'ni islohotlarni ravon va bosqichma-bosqich amalga oshirishga asoslangan modeli ishlab chiqilgan. U ko’pchilik mamlakatlarning bozor munosabatlariga keskin o’tishi va davlatning iqtisodiyotga minimal aralashuviga asoslangan modelidan, shuningdek minimal darajada iqtisodiyotni demokratlashtirish bilan davlatning iqtisodiyotga minimal aralashuviga asoslangan modelidan farq qiladi. O’zbekiston modeli iqtisodiy masalalarda davlatning faol ishtirok etishi zarurligi va bozor hamda demokratik o’zgarishlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish kontseptsiyalariga asoslanadi.
    O’zbekistonda davlatga bir vaqtning o’zida bosh isloxotchilik va jamiyat ijtimoiy xayotining barqarorligini ta'minlovchi hamda kafolatlovchi bosh rol berilgan. Respublikada davlatning roli bozor iqtisodiyotini rivojlantirishda ham, shuningdek iqtisodiy o’zgarishlarning salbiy oqibatlaridan aholini muhofaza qilishda ham ko’zga tashlanmoqda. Kuchli ijtimoiy siyosat o’tish davrida bosh masalalardan biri deb e'lon qilingan. Islohotning birinchi bosqichi uchun aholini ijtimoiy muhofaza qilishga ajratilgan harajatlar miqdori respublika byudjetining deyarli uchdan bir qismini tashkil etdi. Biroq bozor tomon siljigan sari ushbu muxofazaning mexanizmlari va nufuzi o’zgarmoqda. har bir konkret davr uchun o’zgaruvchan iqtisodiy sharoitlarni hisobga olgan holda ijtimoiy moslashuv choralari qayta ko’rib chiqildi. Bu sohadagi kelajak strategiyasi aholini ijtimoiy muhofaza qilishning keng qamrovli tizimidagi, ijtimoiy kafolatlarni tizimiga asta-sekin o’tishi, shuningdek aholini davlat dotatsiyalari va subsidiyalari olishdan, xususiy biznes sohasida daromadlar olish imkoniyatlariga yo’naltirish ko’zda tutiladi.
    Islohot boshlangandan buyon o’tgan davr ichida O’zbekiston aholisi 2700 ming kishiga (12,9 %) ko’paydi. Umumiy o’sishning deyarli to’rt qismi qishloq aholisiga to’g'ri keladi, uning solishtirma og'irligi 59,9 % dan 62,1 % ga o’sdi. Andijon, Qashqadaryo, Samarqand va Surhodaryo viloyatida 70 % ni tashkil etadi. Qolgan viloyatlarda 50 % dan 69 % gacha o’zgarib turadi. Respublikada ayollar soni erkaklar soniga nisbatan 101,7 % tashkil etadi.
    90 yillarda o’sish sur'ati pasaydi, ko’payish yuqoriligicha qoldi. Tug'ilish ko’rsatkichi ham pasaymoqda. 1997 yil 26% tashkil etdi. 1996 yili ko’zda tutilgan
    iqtisodiy o’sish demografik tendentsiyalarning o’zgarishi ham o’z ta'sirini ko’rsatdi. SHahar aholisi o’sish sur'ati ko’payib, qishloqniki pasaya bordi. Tashqi migratsiya qisqardi, nikohlar soni o’sa boshladi. Orolbo’yi regionining og'ir ahvolda ekanligini ta'kidlash joiz. Ekologik omilning salbiy ta'siri ilgari faoliyat ko’rsatgan ishlab chiqarish turlarini hamda ish o’rinlarini qisqartirishga olib kelmoqda, chunki dengizning mavjudligi bilan bevosita bog'liq bo’lgan mazkur ekosistema uchun an'anaviy hisoblangan hunarmandchilik va boshqa tarmoqlar yo’qolib bormoqda. 1997 yili regionning mehnat birjasida 6,1 ming kishi ro’yxatga olingan.
    1997 yilning oxirida O’zbekistonda mehnatga layoqatli yoshdagi aholining solishtirma salmog'i 49,5% ni (11,4 mln.kishi), 16 yoshgacha bolalar va o’smirlar - 42,8% ni (9,9 mln.kishi) nafaqa yoshdagi shaxslar 7,7 % ni (1,8 mln. kishi)ni tashkil etdi. YOshlarning 9 yillik maktabdan so’ng kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarda 3 yil ta'lim olishlari majburiy belgilanganligi, mehnatga layoqatsiz yoshni 18 yoshga olib keldi. Bu o’z navbatida mehnat bozoridagi vaziyatni birmuncha kamaytirishi mumkin. 1997 yilda mehnatga layoqatli fuqarolar soni 1991 yilga nisbatan 1592.1 ming kishiga (15,7 %) o’sgan. Bu o’sishning yarmidan ko’prog'i (863,1%) oxirgi 3 yilga to’g'ri keladi. Bundan vaziyat xozirgi kunda mehnat bozorida ba'zi bir keskinliklarni, kadrlar tayyorlash sohasi uchun esa qo’shimcha vazifalarni keltirib chiqaradi.
    Respublikamizda mehnatga layoqatsiz yoshdagi shaxslar sonining katta miqdorda ekanligi, daromadlar, samarali bandlik, ijtimoiy sug'urta kafolatlarini ta'minlashga asoslangan, kuchli ijtimoiy siyosat olib borish zarurligini belgilab berdi.
    Bu borada bolalarni bo’sh vaqtlarida turli faoliyatlarga jalb qilib, ularni ko’rgazmalarga, muzeylarga borishni tashkil qilib, ota-onalar o’z farzandlarini oila sharoitidan kelib chiqqan holda qavmu-qarindoshlar, amaki-tog'alar, amma-xolalar, aka-ukalar, opa-singillar hamda mahalla-qo’shnilarni mehnat-kasblari bilan tanishtirishlari lozim. SHu bilan oiladagi o’g'il-qizlar, o’z kuchlarini va qiziqishlarini hisobga olgan holda mavjud ishlarni “sinab ko’rish” tamoyiliga binoan bajarishlari maqsadga muvofiqdir.
    Kasbga yo’naltirishda mehnat resurslarini hududiy xususiyatlarini hisobga olmaslik natijasida bir necha kamchiliklarga yo’l qo’yilishini kuzatishimiz mumkin:

    1. O’quvchilar u yoki bu kasbdagi odamga munosabatni kasbning o’ziga bo’lgan munosabat bilan bir xil deb qaraydilar. Muayyan odam, uning yuksak ma'naviy xislatlari, aql-farosati, dadil ishlari o’quvchiga ma'qul bo’ladi. Bunday qoyil qolish beixtiyor sevimli qaxramon shug'ullanayotgan ishga ham o’tiradi. Binobarin, o’smir unga taqlid qilish yo’lidagi muddaosiga qandaydir axloqiy xislatlardagina unga o’xshash bo’lishni emas, balki o’zini ham ana shu kasbga bag'ishlashni istaydi. Bunda o’quvchi o’sha ma'naviy fazilatlar boshqa ishda ham namoyon bo’lishi mumkinligi haqida o’ziga ko’pincha hisob bermaydi. Badiiy adabiyotlardagi, kinofilmdagi qahramonlar ko’pincha ana shunday munosabatni tug'diradi, tanish-bilishlaridan, qarindosh-urug'lardan birontasi, chunonchi o’qituvchilar taqlid qilish uchun ko’pincha namuna bo’lib xizmat qiladilar.

    Taqlid qilish uchun o’qituvchi namuna bo’lgan chog'da o’quvchi unga bo’lgan yaqinligi, mehribonligi u o’qigan fanga ham tadbiq etadi. SHunday ham bo’ladiki, masalan, o’quvchida biologik fanlarga bo’lgan qiziqish, havas aniq -ravshan ko’rinib turadi, lekin unga adabiyot o’qituvchisi yoqqanligi uchun u o’zining butun fikr-zikrini adabiyot bilan bog'laydi.

    1. O’quv fanini kasb bilan bir xil deb tushunish. O’smir maktabdagi fanlarni o’zlashtirishdagi muvaffaqiyatlariga asoslanib, ko’pincha bo’lg'usi kasbni belgilaydi. O’quvchiga adabiyot yoqib qolgan bo’lsa, bu u adabiyotni amaliy jihatdan qo’llanish bilan bog'liq bo’lgan kasblar to’g'risida tasavvurga ega bo’lmasa ham adabiyot mening sevgan fanim, deydi. U kasbni emas, balki bilimning o’zini qiziqturuvchi sohasinigina tanlaydi, bu sohada nimani istayotganini va nima qilish mumkinligini mutlaqo tasavvur qilmaydi.

    2. Kasbni tashqi jihati bilangina qiziqish. O’smirlarni romantika bilan yo’g'rilgan kasblar qiziqtiradi. Ular uchuvchi, geolog, ixtirochi bo’lishni orzu qiladilar. Bu - mutlaqo tabiiy hol, albatta. Lekin o’quvchilar ko’pincha o’zlarini qiziqtirayotgan kasblarning faqat romantik jihatlarinigina ko’rib, shu kasblarga xos bo’lgan qiyinchiliklarni bilmaydilar.

    CHunonchi, geolog kasbida o’quvchilarni ko’pincha sayohat qilish imkoniyati qiziqtiradi, ammo ular geologning kundalik og'ir ishini: uzoq vaqt davomida mashaqqatli kuzatishini, juda aniq o’lchashlar bilan shug'ullanishzarurligini, turli joylarda o’sha bir xil qidiruv ishini oy sayin takrorlash kerakligini esdan chiqarib qo’yadilar yoki bilmaydilar.
    O’quvchi kasbi esa ko’pincha turli jasoratlar, odatdan tashqari tez parvozlar, qahramonona qutqaruv ekspeditsiyalari, dadil uchishlar va shu kabilar haqidagi tasavvurlar bilan bog'langan. Holbuki, uchuvchilar avvalo va hammadan ko’proq yo’lovchi, yuk va bagaj tashish bilan shug'ullanadilar, o’quvchining faoliyati esa shoferning ishini eslatadi.
    O’quvchilar u yoki bu kasb to’g'risidagi o’z romantik tasavvurlarigagina amal qilib, kasb egallashga o’zlarini jiddiy tayyorlamaydilar va natijada maxsus o’quv yurtlarida yoki tajribada kasb qiyinchiliklariga duch keladilar.

    1. Mehnatning aqliy mazmuni aqliy mazmuni ba'zi kasblarda, ayniqsa ommaviy kasblarda o’sish imkoniyatlari haqidagi noto’g'ri tasavvurning mavjudligi navbatdagi kamchilikdir. YOshlarimiz, odatda, engil yo’llarni qidirmaydilar, balki ma'naviy xislatlarni, qobiliyatlarni, mahoratni rivojlantirish mumkin bo’lgan joylarda ishlashga harakat qiladilar. Bu esa juda soz, albatta. Lekin ayni shu sababdan maktab o’quvchilari jamiyatga zarur bo’lgan kasblar ijodiy, aqliy jihatdan o’sish uchun etarli darajada imkoniyat bermaydi, deb ana shunday kasblarni ko’pincha e'tiborsiz qoldiradilar. Kiyim tikishda zo’r qobiliyat ko’rsatayotgan qiz qanday bo’lmasin shifokor bo’lishni orzu qilishini, dastgohda yuksak mahorat bilan ishlayotgan yigit tokarlik kasbi haqida eshitishni ham istamayotganligi singari faktlarni ayni shu narsa bilan izohlash mumkin.

    2. O’z qobiliyatlariga to’g'ri baho bera bilmaslik. O’quvchi biron ishni ado etishi uchun o’zida ko’proq qanday qobiliyat borligini ko’pincha aniqlay olmaydi, maktab esa bu borada unga kam ko’maklashadi. Biroq hamma joyda uning oldida barcha yo’llar ochiq ekanini, hammadan ko’ra ko’proq qiziqarli bo’lgan narsalarni qilish lozimligini unga ta'qidlayodilar. SHu boisdan kasbni umuman u tanlaydi: o’z xususiyatlari va imkoniyatlarini hisobga olmay, ko’proq yoki kamroq yoqadimi,

    baribir ma'lum kasbni tanlab oladi.
    SHunday hollar ham bo’ladi, o’smir chizgan surat va rasmlar o’rtamiyona bo’lsa ham u zo’r berib rassom bo’lishga yoki matematikani yaxshi bilmasa ham texnika ta'lim muassasalariga kirishga harakat qiladi.
    Afsuski, bunday holda kam emas. Ana shunday yoshlar turmushda omadsizlarni, notavon xodimlarning paydo bo’lishiga olib keladi.

    1. O’quvchilarning bu yoki bu kasbga zid bo’lgan o’z jismoniy xususiyatlari va nuqsonlarini nazar-pisand qilmaslik. Masalan, mayda ish (soat zavodida, aniq asboblar zavodida va shu kabi joylarda) bilan bog'liq kasblar uchun ko’rish organining zaifligi, transportda ishlash uchun to’g'ri kelmaydigan daltonizm xastaligi, o’smir geolog bo’lishni xoxolasa ham lekin yuragining zaif bo’lishi, radiolokatsiyada ishlashni tanlagan yoshlarning eshitish borasidagi kamchiligi, dengizda suzish va erdagi transportning ba'zi turlarini va shu kabilar ana shunday kamchiliklar jumlasidandir. O’smirlar o’zlari tanlagan kasblarga to’g'ri kelmaydigan bu nuqsonlarini bilmasliklari oqibatida mos bo’lmagan kasblar bo’yicha ishga yoki tegishli o’quv yurtlariga qabul qilmaganlarida juda ham xafa bo’ladilar, tushkunlikka tushadilar.

    2. O’rtoqlarining ta'siri bilan kasb tanlash. O’quvchi o’z istaklarini ro’yobga chiqarishni o’ylab ham ko’rmagan bir paytda uning sinfdosh o’rtoqlari kasb tanlash haqida fikr yuritadilar. O’quvchi bunda o’rtoqlaridan ajralib qolishni xohlamaydi, chunki ularning orzulari yorqin, jozibalidir. SHu tariqa “men ular bilan birga bo’laman, chunki menga baribir” deydi. Keyinchalik esa u qiynala boshlaydi, azob chekadi: noto’g'ri kasb tanlaganiga pushaymon bo’ladi, o’zini qiziqtirmagan, o’ziga yoqmagan kasbda ishlayotganidan xafa bo’ladi.

    3. Tasodifiy sabablar ta'siri ostida kasb tanlash. Ba'zi o’smir mexanika zavodi xonadonimizga yaqin bo’lgani uchun slesar bo’lib ishga kirdim, deydi. Ammo o’zi bu kasbni uncha yoqtirmaydi. Pedagogika kasb-hunar kollejiga kirishga tanlov uncha katta bo’lmaganligi uchun o’sha bilim dargohida o’qishga o’qishga qaror qildim, deyishadi ayrim yoshlar.

    Xulosa


    Xulosa qilib aytganda, hozirgi vaqtda elektron ta’limning rivojlanish istiqbollari keng. Bu allaqachon o‘qitish amaliyotida muvaffaqiyatli qo‘llaniladigan juda ko‘p sonli turli xil elektron ta’lim usullari mavjudligini isbotlaydi. Shubhasiz, elektron ta’lim butun avlodimiz uchun kelajakdir. Ehtimol, kelajakda elektron ta’lim ba’zi yangi yo‘nalishlarga aylantirilishi mumkin, ammo mohiyati bir xil bo‘lib qoladi. Aynan axborot texnologiyalari tufayli ma’lumotni eng ko‘p egallash va uni almashish uchun noyob imkoniyat mavjud.
    Faqat to‘g‘ri yondashuv bilan elektron ta’lim natijalarni beradi. Yondashuvning savodxonligi samarali motivatsion jarayonlar tizimini barpo etish bilan bog‘liq deb ta’kidlash mumkin. Buning sababi, motivatsiya elektron ta’limni rivojlantirish uchun qulay iqlimni yaratishning asosiy manbai hisoblanadi, chunki samarali motivatsiyani shakllantirmasdan talabada yangi bilimlarni o‘rganish va o‘rganish istagi paydo bo‘lmaydi.

    Download 65.99 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 65.99 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    KASBGA YO’NALTIRISHDA MEHNAT RESURSLARINI HUDUDIY XUSUSIYATLARINIANIQLASH HAMDA TA'LIM JARAY ONIGA TADBIQ QILISH

    Download 65.99 Kb.