KASBLARGA QO’YILADIGAN PSIXOFIZIOLOGIK TALABLAR




Download 65.99 Kb.
bet5/8
Sana24.12.2022
Hajmi65.99 Kb.
#36958
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1 Ta\'lim jarayonida o\'quvchilarning xususiyatlarini o\'rganish locked
bmi 4, 30 соат 1-СМ МАЖМУА 2021-22, Титул, появления информатики , ANDIJON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI, kurs ishim., 1.mavzuiar, 005 Qashqarchai savti, mamalakat aholisi xamda yoshlar bandligini taminlashda oilavij tadbirkorlikni, маълумотнома222, Azizani disertassiyasi.docx oxirgi variant2023, ishlo-zhoylarida-kichik-biznes-va-oilaviy-tadbirkorlikni-rivozhlantirish, Aloqa xati 4-kurs matematika, XOSMAS integralning Bosh qiymati

KASBLARGA QO’YILADIGAN PSIXOFIZIOLOGIK TALABLAR


O’quvchilarni o’rganilayotgan kasbga qiziqishini shakllantirish jarayonida ularning e'tiborliligi va berilishini ifodalaydigan materiallarni tavsiflaydigan xolatlar quyidagicha:

    1. O’quvchilarda demontaj - montaj ishlarini bajarish, o’lchash, tahlil qilish, izlash, minimal qo’yimlarni taqozo etadigan aniq bo’g'imlarni tayyorlash orqali e'tiborlilik shakllanishini ta'minlaydigan ishlar;

    2. O’quvchilarda nazorat topshiriqlari, planshetlar, hisoblash mazmunini o’rganish orqali, detallar, uzellar va mexanizmlarning sxemalari, chizmalari, jadvallari va konstrutsiyalarini o’rganish orqali belgilashni ta'minlaydigan ishlar.

O’quvchilarda o’rganilayotgan kasbiga qiziqishini shakllantirishni ta'minlaydigan intellektual komponentning tarkibiy qismlarini aniqlashda quyidagilarga alohida e'tibor berish lozim:

  • Analiz va sintez;

  • Diqqat va kuzatuvchanlik;

  • Ajratish va umumlashtirish;

  • Klassifikatsiyalash va isbotlash.

Kasblarga qo’yiladigan psixofiziologik talablarni umumiy holatini izohlash uchun:

  1. YOshlar tegishli kasbiy niyatlarini shakllantirish metodlarini ishlab chiqish;

  2. Kasbiy qobiliyatlar va kasbga layoqatni shakllantirish metodlarini ishlab chiqish.

  3. Turli kasblarning ijtimoiy mavqeini tenglashtirish metodlarini va yo’llarini ishlab chiqish.

  4. Mehnat resurslarini taqsimlash va ularning muhim joylashib qolishi jarayonini iqtisodiy va ma'naviy tartibga solib turish omillarini ishlab chiqish.

  5. Moddiy ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish sohalarining yoshlar uchun jozibali bo’lishini oshirish tadbirlari tizimini ishlab chiqish.

  6. Kasb tanlashning tegishli motivlari shakllanishiga ommaviy tarbiya vositalari ta' siri samaradorligini oshirish tadbirlari tizimini ishlab chiqish.

  7. Umumiy ta'lim maktabining oila va ishlab chiqarish bilan hamkorlikda kasbga yo’naltirish va kasbiy maslaxat bo’yicha olib boradigan ishlari tizimini belgilashda “xohlayman”, “uddalayman” hamda engil sanoat sohasi tarmoqlariga xos ishlab chiqarish korxonalarini o’rganish jarayonida o’quvchilarni mazkur sohaga xos kasblarni tanlashga yo’naltirish asoslarini mukammal o’zlashtirishni ta'minlash zarur.

Bu borada kasbga yo’naltiruvchi mutaxassislarni o’qitish va tarbiyalash muammolari haligacha to’la bartaraf etilmagan. Maktablarda o’qiyotgan yigit va qizlarga davlat alohida g'amho’rlik ko’rsatadi. SHu sababli korxona ularga zarur kasb tayyorgarligi va tarbiya berishni ta'minlashga da'vat etilgan. Tarbiyaviy ishlar

  • umumiy ta'lim maktabida olib borilgan ishlarning davomidir. YOshlarni kasbga tayyorlash jarayoni, mehnatga munosabatini tarbiyalash, amaliy ko’nikma va malakalarni shakllantirish, o’quvchi shaxsini har tomonlama rivojlantirish va shakllantirish ishlarini o’z ichiga oladi.

Ishlab chiqarish sharoitida yoshlar tarbiyasiga yangi muhit - mehnat va ishlab chiqarish jamoasi katta ta'sir ko’rsatadi. YOshlar ishchi jamoaning an'analari bilan tanishadi, uning manfaatlarini o’z manfaati deb tushunadi va o’z mehnat faoliyatining ijtimoiy ahamiyatini anglay boshlaydi.
Hunar ta'limi yagona tarbiyaviy jarayonning tarkibiy qismi hisoblanadi. Boshlang'ich ishlab chiqarish jamoalari doirasida o’quv-tarbiya jarayonlari ko’pincha bir kishi - o’rta bo’g'in ishlab chiqarish jamoaning muhandis - pedagog tomonidan amalga oshiriladi. Ayni shu muhandis - pedagog ishlab chiqarish jamoaga doimiy va uzluksiz pedagogik ta'sir ko’rsatadi. SHuningdek, bu jamoaning ayrim a'zolari korxonadagi kasb-hunar ta'limi tizimining turli zvenolaridagi tegishli o’quv gruppalariga jalb qilinadilar.
Pedagog olimlarga ishchilarning umumiy va maxsus tayyorgarligi, ularning ishlab chiqarish malakasi darajasi, umumiy va mehnat madaniyati, jamoa kasbiy faoliyat jarayonida o’quvchilar o’rtasida shakllanadigan munosabatlar, jamoa foydalanadigan ma'naviy va moddiy rag'batlar kiradi.
SHaxsiy-psixologik omillarga esa e'tiqod ehtiyoji, moyillik, odatlar, ma'lum bir
faoliyatning biror turini tanlash masalalari kiradi. Inson ongini o’rganishda shaxsning aniq vaziyatdagi, aniq maqsadi pedagogik-psixologik, kasbiy, texnik- texnologik foliyatining asosiy maqsadi yoshlarda faqat moddiy boyliklar yaratish malakasini tarbiyalash emas, balki mehnat qilish ehtiyojini ham tarkib toptirishdir. Kasbiy yo’naltirish va tarbiya vazifalarini muvaffaqiyatli bajarish uchun o’qituvchi yuksak g'oyaviy, printsipial, siyosiy etuk va ma'naviy barqaror inson bo’lishi shart. O’zining ishchi - o’quvchilarini bilish va hurmatlash, doimo ularning har tomonlama kamol topishi uchun qayg'urish, ehtiyoj va qiziqishlarini tushunish, har biriga yakka holda yondoshish kasbga yo’naltirish, pedagogik mahorat, o’z ustida uzluksiz ijodiy ishlash, o’z bilimlarini takomillashtirib borish, yuksak saviyaga
erishishi muhim ahamiyatga ega.
Kasb tanlashda yoshlarga yordam berish maqsadida mutaxassislar (psixologlar, vrachlar, pedagoglar va boshqalar)ning maslahatlari va tavsiyalari asosiy omillardan biri bo’lib xizmat qiladi. Bizning mamlakatimizda ham shahar, tumanlarda yoshlarni kasb tanlashga yo’llovchi Tashxis Markazlari ishlab turibdi. Kasblar bo’yicha maslahat berishning bir necha xillari mavjud bo’lib ular bir biridan farq qiladi.


  1. Download 65.99 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 65.99 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



KASBLARGA QO’YILADIGAN PSIXOFIZIOLOGIK TALABLAR

Download 65.99 Kb.