• TALIM JARAYONI KASBIY YO’NALGANLIGINI TAMINLASH
  • Ta'lim jarayonida o'quvchilarning xususiyatlarini o'rganish mundarija: kirish asosiy qism




    Download 65.99 Kb.
    bet2/8
    Sana24.12.2022
    Hajmi65.99 Kb.
    #36958
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    1 Ta\'lim jarayonida o\'quvchilarning xususiyatlarini o\'rganish locked
    bmi 4, 30 соат 1-СМ МАЖМУА 2021-22, Титул, появления информатики , ANDIJON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI, kurs ishim., 1.mavzuiar, 005 Qashqarchai savti, mamalakat aholisi xamda yoshlar bandligini taminlashda oilavij tadbirkorlikni, маълумотнома222, Azizani disertassiyasi.docx oxirgi variant2023, ishlo-zhoylarida-kichik-biznes-va-oilaviy-tadbirkorlikni-rivozhlantirish, Aloqa xati 4-kurs matematika, XOSMAS integralning Bosh qiymati
    Mavzuning dolzarbligi: Bugungi kunga kelib uzluksiz ta’lim sharoitida pedagog kasbi eng ommaviy kasbga aylanib qoldi. Bu esa o’z navbatida pedagogik jarayonga tajribali va iste’dodli pedagoglarni jalb qilishni taqozo etadi. Ushbu dolzarb muammoni hal etishda, ya’ni davlat ta’lim standartlari talablari darajasidagi kadrlarni tayyorlash ishlari «oddiy» pedagoglar tomonidan faqatgina zamonaviy o’qitish texnologiya va o’quv-didaktik hamda vizual vositalarni qo’llab didaktik jarayonni tashkil etish va obyektiv boshqarish orqali ijobiy amalga oshirilishi mumkin.

    TA'LIM JARAYONI KASBIY YO’NALGANLIGINI TA'MINLASH


    Ta'lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar bilimdon, mustaqil fikrlovchi, ijodiy izlanuvchi, yuqori malakali, madaniyatli, turli sohalar bo’yicha etuk mutaxassis kadrlarni tayyorlashga qaratilgan. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning qator asarlarida va Vazirlar Mahkamasi qarorlarida mutaxassis kadrlar tayyorlash masalasiga katta e'tibor berilgani bejiz emas.
    Bu vazifani hal qilishda yoshlarni to’g'ri kasb tanlashga yo’llash, ularga to’g'ri maslahatlar ko’rsatish va o’z ijodiy qobiliyatlari darajasidagi kasbni egallashlari uchun shart-sharoit yaratish lozim.
    Kasb tanlash faoliyatini oqilona tashkil etish uchun kasb tanlashga ta' sir etuvchi omillar mohiyatini bilmoq lozim. Bular quyidagilardan iborat:

      1. Ta'lim — tarbiya tizimida kasbga yullash faoliyatining mazmuni metodikalari majmuasini mukammal ravishda mujassamlashganligi.

    Maktab ma'muriyati, sinf rahbariyatlari, amaliy psixolog va kasbga yo’llovchi fan o’qituvchilarining ish rejasida mazkur masala joy olganligi. SHuningdek, bu muammoga taalluqli ishlar, tadbirlar izchil amalga oshirilib turilishi, ularning ta'sirchanligiga e'tiborning ortishi tufayli o’quvchi yoshlar orasida bu sohada tasavvur ko’lamining kengayishi. Rasmiyatchilikdan chekinib, umumiy va zaruriy masala

      1. O’quvchilarning kasb tanlashga o’rgatishda o’qituvchilar jamoasi faoliyati hamkorligi va samaradorligi.

    Alohida olingan fan o’qituvchilari va turdosh fanlarning namoyondalari jamlanmasi hamkorlik ish rejasyda kasbga yo’llash masalasining izchil ravishda qo’yilishi, har bir mavzu bo’yicha muloha almashishda, qaysi fan bo’lishidan qat'iy nazar ixtisosga oid bilimlarga e'tibor berilishi kasbiy tasavvurni vujudga keltiradi. Kasb - hunar mohiyati bilan tanishish unga nisbatan qiziqishni uyg'otadi, mustaqil bilim olishga ishtiyoq paydo bo’ladi va odat maromiga aylana boradi. Maxsus tadbirlar o’tkazilishi, kasb nufuzi bilan tanishtirilishi kasbiy motivlar va motivatsiyalarni takomillashtirada, moyillik tuyg'usini uyg'otadi.

      1. Sinf rahbarining ota - onalar bilan xamkorligini ongli kasb tanlash negizi

    ekanligi.
    Sinf rahbari ota - onalar bilan individual va guruxlik hamkorlikni amalga oshirishda quyidagilarga e'tibor qilsa, yuqori ko’rsatgichga erishishi mumkin: o’kuv faninig kasb tanlash bilan bog'liqligi, kasbning nufuzi, kasb tanlashning psixologik asoslari, kasbga nisbatan qiziqish, havas, qobiliyat, iste'dod kasbga yo’llashning asosiy maqsadi va vazifalari, proffessiogramma mohiyati, kadrlarga va mutaxassislarga nisbatan extiyoj darajalari, kasbning ijtimoiy ahamiyati, layoqatining umumiy va xususiy ko’rinishlari, o’quvchilar individual xususiyatlari, ilmiy manbalari, maktab psixologining bu sohadagi funktsiyasi va boshqalar.

      1. Kasb tanlashda yoshlar tashkilotining ishtiroki.

    YOshlar tashkiloti faoliyatida kasb tanlash masalasining ustivorligi, o’quvchilarning turli fondlarga jalb qilinishi, iste'dodlarning saralanishi, mukofotga tortilishi, moddiy va ma'naviy taqdirlanishi kabilar.

      1. Sinfdan va maktabdan tashqari olib boriladigan ishlar mazmunida kasb tanlashning alohida ajratilib ko’rsatilishi.

      2. Maktablarda ishlab chiqarish kombinatlarida ommaviy va keng ko’lamda ishlar yo’lga qo’yilishi.

      3. Maxsus muassasalar faoliyati.

      4. Kasbga oid ko’rgazmalar, sayohatlar uyushtirilishi.

      5. Ijodkor, nufuzli, mahoratli kishilar bilan uchrashuvlar o’tkazilishi.

      6. Kasb tanlashda mahalliy matbuot, radio va televideniening ishtiroki.

    Kasbga yo’llash umumdavlat ahamiyatiga ega muammo hisoblanib, uni bosqichma bosqich amalga oshirish “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da alohida o’rin egallaydi.
    YUqorida kasb tanlashga yo’llash omillari faoliyatini hamkorlikka aylantirish yuksak samaralar sari etaklaydi.
    Bu borada ta'kidlash zarurki, magistrantlar o’zining ilmiy izlanishi va ilmiy- pedagogik faoliyatlarida O’zbekiston mustaqillik davrining dastlabki paytidan qabul qilingan “Ta'lim to’g'risida”gi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturida hamda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 13 may, 203-sonli qarori bilan
    tasdiqlangan “Umumiy o’rta ta'lim dasturlarini tayyorlash, sinab ko’rish va joriy etish bo’yicha Respublika komissiyasi”ning 1998 yil 26 maydagi yig'ilishi Bayon qaroriga ko’ra hamda ta'lim standartlari va uning asosida ishlab chiqilgan tajriba o’quv dasturlarini ta'lim jarayonida sinab ko’rish mustaqil O’zbekiston Respublikasida ta'limni isloh qilish yuzasidan tashkil etilgan tadbirdir.
    Bu borada ta'kidlash zarurki, magistrantlar qayd etilgan 1-9 sinflar bo’yicha mehnat ta'limi, kasbga yo’llash hamda kasbkorlikka xos materiallarni, o’zlarining ilmiy izlanish va ilmiy-pedagogik faoliyatlari nuqtai nazaridan “Ilmiy-pedagogik tadqiqotlar metodologiyasi” faniga xos: pedagogik fanlar tuzilmasi, undagi mantiqiy hamda tarixiy-pedagogik tadqiqotlarni amalga oshirishning shakl va metodlari; tadqiqotlarni amalga oshirishda tizimli yondoshuv va majmuaviy tadqiqotlarni amalga oshirish texnologiyaga binoan yakunlash maqsadga muvofiq bo’ladi. Mazkur izlanishda o’quvchilar kasb tanlash, kasbga yo’naltirish, tanlagan kasbiga moslashtirish kontseptsiyalarini modellashtirish ishlarini bajarishiga alohida e'tiborni kuchaytirishlari lozim. Ularning diqqati kasbiy-pedagogik bilimdonlikka yo’nalgan bo’lishi lozim.
    Kasbiy- pedagogik bilimdonlik pedagogik voqelikni izchil idrok eta bilish va unda izchil harakat qila olish malakasini qamrab oladi. Bu xislat pedagogik jarayon mantig'ining yaxlitligiga va butun tuzilmasi bilan birgalikda ko’ra olish, pedagogik tizimning rivojlanish qonunityalari va yo’nalishlarini tushunish imkoniyatini ta'minlaydi, maqsadga muvofiq faoliyatini konstruktsiyalashni osonlashtiradi.
    Kasbiy-pedagogik bilimdonlik asosan to’rtta komponenti bilan tavsiflanadi:

    • SHaxsga, insonga yo’nalganlik;

    • Pedagogik voqeolikni izchil idrok etashi;

    • Fan sohasiga yo’nalganlik;

    • Pedagogik texnologiyalarni egallash.

    Kasb tanlash (kasbga yaroqlilik) - kasbiy ishning butun tizimida yakunlovchi bosqichdir. Ayni shu bosqichda xodimning tanlagan kasbga uzil-kesil muvofiqligi yoki nomuvofiqligi aniqlanadi. Lekin kasb tanlash (kasbga yaroqlilik) metodlaridan kasbga yo’naltirishning faqat yakunlovchi bosqichida foydalanish mumkin, deb
    hisoblash noto’g'ri bo’lur edi. U yoki bu kasbning egallagani holda dastlabki tibbiy- fiziologik va psixologik ko’rikdan o’tmagan yigit yoxud qizga tanlagan kasbi zid bo’lishi ham mumkin. SHu boisdan kasb tanlash boshlang'ich bosqichda ham, shuningdek yakunlovchi bosqichda ham o’tkazilishi lozim.
    Kasbga yaroqlilik - mazkur kishining ushbu kasb bo’yicha mehnat vazifalarini bajarishi uchun yaroqli yoki yaroqsizligini qayot qilishdangina iborat emas, albatta. Kasbga yaroqlilikni boshqa jihatdan ham:

    1. odam o’zi tanlagan kasbga yaroqlimi yoki yo’qligi;

    2. hayot yo’lini tanlagan chog'da u nimalarga amal qilishi lozimligi;

    3. uni o’qitish masalasiga qanday qilib bir muncha oqilona yondashish, ya'ni unda kasbga yaroqlilikni qanday qilib g'oyat maqsadga muvofiq tarzda shakllantirish, tarbiyalash va rivojlantirish mumkinligi jihatidan ham ko’rib chiqish kerak.

    Boshqacha qilib aytganda, u yoki bu kasblarni egallashga harakat qilayotgan odamlarning tibbiy ko’rsatkichlari bilan bir qatorda ularda diqqat, tafakkur, psixomotorika va shu kabi psixik funktsiyalarlarni rivojlantirish bilan bog'liq muayyan psixologik kayfiyatni ham shakllantirish shaxs fazilatidir. Kasbga yaroqlilikni odamning kasbga nisbatan qo’yilgan talablarga mos bo’lgan tug'ma yoki hosil qilingan psixofiziologik xususiyatlari yig'indisi deb qarash yaramaydi. Faqat ba'zi kasblar (sozanda, rassom va shu kabilar) uchun muayyan tabiiy ma'lumotlar talab qilinadi. SHu boisdan psixolog, mehnat o’qituvchisi va boshqalarning vazifasi o’quvchi kasb (mutaxassislik)ni yoki o’quv yurtini to’g'ri yoki noto’g'ri tanlaganini; tanlagan kasbi yoki o’quv yurti uning mayllari yoki qobiliyatlariga mos yoxud mos emasligini; kasbni yoki o’quv yurtini tanlash vajlari, ota-onalarning, o’qituvchilarning va shu kabilarning fikri qanday ekanligini aniqlashdan iborat. O’quvchilarning kasbga bo’lgan qiziqishlari va mayllari ana shunday ma'lumotlar asosida aniqlanadi.

    1. Download 65.99 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 65.99 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ta'lim jarayonida o'quvchilarning xususiyatlarini o'rganish mundarija: kirish asosiy qism

    Download 65.99 Kb.