KASBGA YO’NALTIRISH ISHLARINING TIPLARI HAMDA TASHKILIY SHAKLLARI




Download 65.99 Kb.
bet3/8
Sana24.12.2022
Hajmi65.99 Kb.
#36958
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1 Ta\'lim jarayonida o\'quvchilarning xususiyatlarini o\'rganish locked
bmi 4, 30 соат 1-СМ МАЖМУА 2021-22, Титул, появления информатики , ANDIJON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI, kurs ishim., 1.mavzuiar, 005 Qashqarchai savti, mamalakat aholisi xamda yoshlar bandligini taminlashda oilavij tadbirkorlikni, маълумотнома222, Azizani disertassiyasi.docx oxirgi variant2023, ishlo-zhoylarida-kichik-biznes-va-oilaviy-tadbirkorlikni-rivozhlantirish, Aloqa xati 4-kurs matematika, XOSMAS integralning Bosh qiymati

KASBGA YO’NALTIRISH ISHLARINING TIPLARI HAMDA TASHKILIY SHAKLLARI


Hozirgi vaqtda har bir maktab va kasb-hunar kollejlarida o’quvchilarni kasbga yo’naltirish bo’yicha xonalar va burchaklar tashkil qilingan. Bularning ishida o’qituvchilar, shifokorlar, turli kasbdagi mutaxassislar, kasb-hunar kollejlari, jamoa xo’jaliklari, davlat korxonalari qatnashadilar.
Tumanlar va shaharlardagi kasbga yo’naltiruvchi kabinetlar korxonalarda, qurilishlarda, jamoa xo’jaliklarida kasb haqida maslahat beruvchi punktlarning faoliyati metodik rahbarlikni amalga oshiradi, maslahatlar beradi va ma'lumot sifatida ahborot ishlarini olib boradi.
Umumiy o’rta ta'lim maktablari 9-sinf bitiruvchilari akademik litsey va kasb- hunar kollejlarida ixtiyoriy majburiy ta'limni davom ettirishadi. Xuddi shu jarayonda kasb-hunarga yo’naltirish tizimining ahamiyati ortadi. Agar kasb-hunarga yo’naltirish ishlari samarali tashkil etilmagan bo’lsa, 9-sinf bitiruvchilarining akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida soha yo’nalishlarini tanlashlarida muammoli vaziyatlar vujudga keladi. Ular quyidagilardan iborat:

  • ba'zi obro’li, zamonaviy kasblarga tanlov nihoyatda katta bo’ladi, ba'zi kollejlarda o’quvchilar soni etarli bo’lmasligi mumkin;

  • iqtisod, huquq bilan bog'liq soha yo’nalishidagi kollejlarga yoshlar ko’proq qiziqadilar, noyob, fundamental fanlar o’qitiladigan soha yo’nalishlarida esa oz sonli o’quvchilargina o’qishni xohlaydilar;

  • o’quvchilarning o’zlari ham, ota-onalari ham ta'lim olishni akademik litseyda davom ettirishni istaydilar, ammo bilim, individual, psixofiziologik xususiyatlar hisobga olinmaydi va h.k.

YUqorida qayd etilgan muammoli vaziyatlar vujudga kelmasligi uchun kasb- hunarga yo’naltirish ishlarini yaxshi yo’lga qo’yish zarur. Bunday holatda turli kasb- hunarga yo’naltirish va psixologik-pedagogik tashhis markazlari xodimlari, maktab o’qituvchilari, psixologlar, kasb-hunar kollejlari rahbarlari va o’qituvchilarning kasb-hunarga yo’naltirish sohasi bo’yicha faoliyatlarini uyg'unlashtirish hamda faollashtirish ehtiyoji vujudga keladi.
Kasbga yo’naltirish yoshlarga ularning qiziqish, layoqat, qobiliyatlariga va jamiyatning turli xil kasblarga bo’lgan ehtiyojiga muvofiq holda kasb tanlashga yordam beruvchi maqsadli faoliyatdir. U fanlararo rivojlanuvchi nazariya va amaliyotning birligi asosida vujudga kelib, o’quv-tarbiya jarayonida amalga oshiriladi. Bunda asosiy rolni nazariya egallaydi. YA'ni muayyan nazariya asosida u yoki bu g'oya shakllanadi, u amaliy ishni ilmiy-amaliy ishga aylantiradi. Nazariya faoliyat kabi tez hosil bo’lib, yillar mobaynida rivojlanadi. Kuzatish va tadqiqot natijasida nazariya shakllantiriladi va u asosiy faoliyatni ixchamlashtirishga xizmat qiladi.
Kasbga yo’naltirish nazariyasi kasb-hunarga yo’naltirish faoliyatini samarali tashkil etishga qaratilgan turli xil qarashlar majmuasi, g'oyalar va tasavvurlar yig'indisi bo’lib, u ayni vaqtda ikki jarayonni bir-biriga bog'liqligi qonuniyatlari to’g'risida to’liq tasavvur beradigan ilmiy bilimlarni tashkil etish shakli, yoshlarni shaxsiy qiziqishlari, layoqat va qobiliyatlariga mos keladigan, jamiyat uchun zarur kasblarga yo’llashdir.
Kasbga yo’naltirish nazariyasining tarkibiy qismlariga: dalillar, qonuniyatlar va tamoyillar kiradi.
Kasbga yo’naltirishda ilmiy metodlar asosida olingan ishonchli dalillar juda oz bo’lishi sababli, bu boradagi muhim vazifalar yangi dalillarni yig'ish hisobiga, bir yoki bir necha farazlar yordamida amalga oshiriladi. Masalan, har bir hududda yoshlarni ma'lum bir kasbni tanlashlariga ta'sir ko’rsatadigan o’ziga xos omillar mavjud.
Kasbga yo’naltirish nazariyasining ikkinchi tarkibiy qismi - qonuniyatlardir. Qonuniyatlarni bilish ilmiy tadqiqotning asosini tashkil etadi. Topilgan qonuniyatlar fanning maxsus tilida kasb-hunarga yo’naltirish tushunchasini boshqa fanlarga oid tushunchalar bilan o’zaro aloqadorligini ma'lum aniqlikda ifodalaydi.
Har bir nazariyaning rivojlanganlik darajasi faoliyat asosidagi mavjud tamoyillar tarkibi va sifati bilan aniqlanadi. Kasbga yo’naltirish tamoyillarini belgilashda quyidagilarga e'tibor qaratiladi:

  • onglilik;

  • muvofiqlik (shaxs qiziqishlari qonuniyatlari bilan jamiyat uchun zarur bo’lgan kasblarga nisbatan ehtiyojning mos kelishi);

  • kasb tanlash faolligi;

  • rivojlantirish (ushbu tamoyil kasbning shaxs rivojlanishiga xizmat qilishi lozimligi haqidagi g'oyani o’zida aks ettiradi).

SHuningdek, kasb-hunarga yo’naltirishda boshqa bir qator tamoyillar guruhi ham mavjudki, ular umumpedagogik tamoyillar bilan uzviy aloqada ifodalanadi. Bular quyidagilardan iborat:

  • kasb-hunarga yo’naltirishning hayot bilan, mehnat va amaliyot bilan bog'liqligi;

  • kasb-hunarga yo’naltirishning yoshlar mehnat tayyorgarligi bilan bog'liqligi;

  • mehnat ta'limi va tarbiyasining yaxshi yo ’lga qo’yilishi; bunda o ’ quvchilarning texnikaviy ijodkorligini tashkil etish, ularning ijtimoiy foydali, unumli mehnatidan mohirlik bilan foydalanish kerak.

Kasbga yo’naltirishning tizimliligi va uzviyligi printsipi umumiy o’rta ta'limda I sinfdan to IX sinfgacha kasb-hunarga yo’naltirish ishlarining uzviyligini ta'minlaydi:

    • kasb-hunarga yo’naltirishda maktab, oila, homiy tashkilot, kasb-hunar kolleji va jamoatchilikning o’zaro aloqadorligi printsipi yoshlarning kasb tanlashlariga yordam berishni ko’zda tutadi. U maqsadli va muvofiqlashtiruvchi faoliyatni hamkorlikda amalga oshirish imkonini beradi;

    • kasb-hunarga yo’naltirishning tarbiyaviy xarakteri shundaki, u uyg'un rivojlangan shaxsni shakllantirishda mafkuraviy, mehnat, iqtisodiy, axloqiy, estetik, huquqiy va jismoniy tarbiyani birgalikda olib borishni taqozo qiladi;

    • kasb-hunarga yo’naltirish ishlarini amalga oshirishda tashhis va tarbiyaviy yondoshishning o’zaro aloqadorligi. Bu tamoyil bir yondoshuvning ikkinchi yondoshuvga qarama-qarshi qo’yilishini bartaraf etadi;

    • o’quvchilarga individual va tabaqalashtirilgan yondoshuv ularning o’zlashtirish darajasi, yoshi, kasbiy qiziqishi, shakllanganlik darajalari, hayotiy rejalariga bog'liq ravishda amalga oshiriladi. Bir guruhda samarali bo’lgan vosita

ikkinchi guruh uchun samarasiz bo’lishi mumkin. O’quvchilarni tabaqalashtirib, guruhlarga ajratish ta'sir etish vositalarini tartibga soladi. Tabaqalashtirish, o’z navbatida, individual yondoshishga sharoit yaratib beradi;

    • kasb-hunarga yo’naltirish ishlarini ommaviy, guruhli va yakka tartibdagi shakllari o’quvchilarning ota-onalar bilan hamkorlikda ish olib borishini, an'anaviy, ommaviy shakldan iloji boricha qochib, ish olib borishning hamma shakllaridan foydalanishni ko’zda tutadi;

    • kasb-hunarga yo’naltirish ishlarining mazmuni, shakl va metodlari shaxsning kasbiy rivoji va, ayni bir paytda, mahalliy hududning kadrlarlarga bo’lgan ehtiyojiga mos bo’lishini nazarda tutadi.




  1. Download 65.99 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 65.99 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



KASBGA YO’NALTIRISH ISHLARINING TIPLARI HAMDA TASHKILIY SHAKLLARI

Download 65.99 Kb.