• Ko’nikma – shaxsning muayyan harakat yoki faoliyatni tashkil eta olish qobiliyati.
  • Baholash o’tkazilish vaqtiga ko’ra uch turga ajratiladi




    Download 399,11 Kb.
    bet2/4
    Sana19.01.2024
    Hajmi399,11 Kb.
    #141542
    1   2   3   4
    Bog'liq
    112537 Ta’lim sifatini baholashda o‘quv maqsadlari va ularning

    Baholash o’tkazilish vaqtiga ko’ra uch turga ajratiladi:

    • boshlang‟ich baholash;
    • joriy, ayni shakllantiruvchi baholash;
    • yakuniy,ya‟ni umumlashtiruvchi baholash;

    Ta’lim berish funktsiyasi ta’lim jarayonining o’quvchilarda bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirishdan iborat. Ta’lim natijasi sifatida bilimlarining to’laligi, chuqurligi, tizimliligi, anglanganligi, mustahkamligi va amaliy xususiyat kasb etishi muhimdir. Bu kabi holatlar ta’lim jarayonining metodik jihatdan to’g’ri tashkil etilganligini ifodalaydi.

    Ta’lim jarayonida o’quvchilarda ular tomonidan o’zlashtirilgan nazariy bilimlar asosida hosil qilingan amaliy ko’nikma va malakalarning shakllanishi ham alohida ahamiyatga ega.

    Ko’nikma – shaxsning muayyan harakat yoki faoliyatni tashkil eta olish qobiliyati.

    Malaka deganda muayyan harakat yoki faoliyatni bajarishning avtomatlashgan shakli tushuniladi. Umumiy ko’nikma va malakalarga og’zaki va yozma nutqni bilish, axborot materiallaridan foydalana olish, o’qish, manbalar bilan ishlash, referat yozish, mustaqil ishini tashkil etish kabilar kiradi.

    Ta’limni tashkil etish faqat bilimlarni shakllantirishga emas, o’quvchini har tomonlama rivojlantirish (birinchi navbatda, aqliy rivojlantirish, aqliy faoliyat usullari, analiz qilish, taqqoslash, turlarga ajratish va boshqalarni kuzatish, xulosa chiharish, ob’ektlarning muhim belgilarini ajrata bilish, faoliyat maqsadi va usullarini aniqlashni bilishga o’rgatish, uning natijalarini tekshirishni bilish malakasini rivojlantirish)ga xizmat qilishini anglatadi.

    Shaxsiy fazilatlar va xulq tavsiflaydigan belgilardan biri mas‘uliyatdir. O’qituvchining mas‘uliyati, muallimlik faoliyati va ta‘lim – tarbiya jarayonining aniq vazifalarini ham o’z ichiga oladi. O’qituvchi zimmasiga bola shaxsini barkamol inson sifatida tarbiyalash ma’suliyati yuklangan. O’qituvchilik qilayotgan yoki muallimlik kasbini tanlagan kishilar o’z zimmalariga kanchalik yuksak, sharafli mas‘uliyat olayotganliklarini tasavvur etishlari lozim.


    Download 399,11 Kb.
    1   2   3   4




    Download 399,11 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Baholash o’tkazilish vaqtiga ko’ra uch turga ajratiladi

    Download 399,11 Kb.