• YUQORI SINF O’QUVCHILARIDA SEZGILARINING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI Musayeva Xusnoraxon Oytorayevna
  • Kalit so’zlar
  • Keywords
  • Ta’lim tizimida innovatsiya va ularning amaliy tadbiqlari: muammolar va yechimlar




    Download 12,81 Mb.
    bet47/58
    Sana19.06.2024
    Hajmi12,81 Mb.
    #264316
    1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   58
    Bog'liq
    “Ta’lim tizimida innovatsiya va ularning amaliy tadbiqlari muammolar va yechimlar”

    List of used literature:
    1. Adjeminova, E. R. (2022, October). TRANSLATION AND BILINGUALISM IN TEACHING RUSSIAN. In INTERNATIONAL CONFERENCES (Vol. 1, No. 8, pp. 123-127).
    2. Guminsky V.M. Russian travel literature in the world historical and cultural context / V. M. Guminsky; Institute of World Literature named after. A. M. Gorky RAS. - Moscow: Institute of World Literature named after. A. M. Gorky, 2017. - 605, [2] p. - (Russian classical literature in the world context).
    3. Russian literature abroad: problems of translation [electronic resource] coll. monograph / S.A. Kolosov, Yu.A. Lvova, E.M. Maslennikova, V.A. Milovidov, M.V. Oborina; edited by E.M. Maslennikova, V.A Milovidova, – 2nd ed., ster- M.: FLINTA, 2018. – 218 p.
    4. Mikhailov, Oleg Nikolaevich (1932-2013). Literature of Russian abroad / O. N. Mikhailov. - Moscow: Education, 1995.
    5. Russian literature and culture of the 19th century (N. N. Akimova) KnoRus publishing house, 2018
    YUQORI SINF O’QUVCHILARIDA SEZGILARINING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI


    Musayeva Xusnoraxon Oyto'rayevna
    Toshkent viloyati Piskent tumani 12- maktab amaliyotchi psixologi


    Annotatsiya: Ushbu maqolada sezgi qobiliyatlari haqida fikrlar keltirilgan. Shuningdek, maktab o’quvchilari orasida sezgilarining psixologik xususiyatlari kengroq ochib berilgan. Bugungi kunda o’quvchilarning rivojlanishida turli xil foydalanish kerakligi ham nazarda tutilgan.
    Kalit so’zlar: sezgi, ko’rish, eshitish, qobiliyat, maktab, o’quvchi, xotira, qobiliyat, layoqat, iqtidor
    Abstract: This article presents ideas about perceptual abilities. Also, the psychological characteristics of intuition among schoolchildren are more widely revealed. Today, it is assumed that different methods should be used in the development of students.
    Keywords: intuition, vision, hearing, ability, school, student, memory, ability, ability, talent.


    KIRISH
    Sezgi qobiliyatining ba’zi turlari insonda ona qornidaligi davridayoq birmuncha shakllanadi hamda tug’ilgandan keyin vaqt o’tishi, o’sib-ulg’ayishi, ichki va tashqi omillar ta’sirida yanada mustahkamlanadi. Eshitish sezgisi orqali biz atrofimizda kechayotga voqea-hodisalarni eshitamiz, anglaymiz, fikr yuritamiz va munosabat bildiramiz. Bizning bunday munosabatimiz tashqi omillarga nisbatan befarq emasligimizni bildiradi. Insonlarda sezgi qobiliyati asosan, maktab yoshidagi bolalarda juda faol rivojlangan va ma’lumotlarni ko’rish, eshitish va yozish orqali tez qabul qiladi va xotirada juda uzoq muddat, balki, keksa yoshigacha saqlanib qolish xususiyati bilan juda ahamiyatlidir.
    “Sezgi deb - atrofimizdagi narsa va hodisalarning sezgi a'zolarimizga bevosita ta'sir etishi natijasida ularning ayrim belgi va xususiyatlarini miyamizda aks ettirilishini aytamiz.”
    Ko’rish va eshitish sezgisi eng yuksak rivojlangan sezgilar qatoriga kiritiladi. Maktab o’quvchilarida ko’rish sezuvchanligi va bitta ko’rgan narsasini xotirada saqlab qolish qobiliyati katta yoshli insonlarga nisbatan ancha yaxshi rivojlangan.
    Butun bir dars mobaynida doskaga yozilgan ma’lumotlar o’quvchi xotirasiga ko’rish orqali hamda o’qituvchi leksiyasini eshitish orqali qabul qilinadi va saqlanadi. Universitet talabalaridan farqli ravishda maktab o’quvchilarida xotira tiniq va ko’p ma’lumotni qabul qila olish xususiyatiga ega bo’ladi.
    “Analizatorlarning o‘zaro munosabati va mashq qilish natijasida sezuvchanlikning ortishi sensibilizasiya deb ataladi. Masalan, mashq qilish natijasida musiqa bilan shug‘ullanadigan bolalarda past, baland ohanglarni eshitish qobiliyati rivojlanib boradi.” [Umumiy psixologiya. B.Turakulov, Termiz, 2018, 58 b]. Chindan ham shunday, maktab yoshidagi bolalarda boshlang’ich tarzda alifbo o’rgatiladi, keyin sekin-sekin qo’shib yozishni va gaplar, matnlar yozish ko’nikmalarini shakllantiriladi. Hamda keyin kuzatishimiz mumkinki, ularga og’zaki diktant aytilganda ular bemalol yoza oladi, negaki ularning eshitish sezgirligi va xotiradagi yuklangan ma’lumotlari yordam beradi.
    Biz maktabga bolalarni qabul qilish jarayonida ularning aqliy faoliyati va iqtidorini, sezuvchanlik qobiliyati va intilishini inobatga olgan holda qabul qilishimiz kerak deb o’ylayman. Chunki bir xil yoshdagi bolalarning hammasi ham bir xil aqliy imkoniyatga va iqtidorga ega emas. Ulardagi sezgi organlari va ma’lumotlarni qabul qilish jarayonlari ham har xil. Bitta mavzu matni doskaga yoziladi va o’quvchilarga ko’chirib yozish vazifasi beriladi. Bitta sinfda o’rtacha 25 nafar o’quvchi bo’ladigan bo’lsa, ulardagi ma’lumotni qabul qilish qobiliyati, ko’chirib yozish tezligi, bilim ko’nikmasi ham har xildir. Ko’pchilik sinflarda orqada qoladigan, o’zlashtirishi qiyin bo’lgan o’quvchilar ham bo’ladi. Pedagoglar ular bilan alohida yoki ko’proq ishlashlari, mashg’ulotlar olib borishlari maqsadga muvofiq bo’ladi.
    Sezgilarning rivojlanishida o’spirinlar psixologiyasi bilan bog’liqlik jihati mavjud. Yaratilgan shart-sharoitlar ostida o’spirinning aqliy va axloqiy jihatdan o’sishiga o’ziga xos sifatlar va fazilatlar namoyon bo’ladi. Yuqori sinf o’quvchilari o’zlarining sezgi qobiliyatlarining o’sishi natijasida ijtimoiy hayotda faollikka harakat qiladilar, dolzarb muammolarni hal qilishda ishtirok eta boshlaydilar.
    Ularning ijtimoiy hayotda faol qatnashishi, ta’lim jarayonining ongida yanada rivojlanishi dunyoqarashining kengayishiga, sezgi qobiliyatining yanada ortishiga, qiziqishlarning ko’payishiga, yuksak insoniy tuyg’ularning vujudga kelishiga, bilimni o’zlashtirishga ijodiy yondoshishning kuchayishiga olib keladi. Maktab yoshidagi bolalarning sezgi qobiliyatlari yanada shakllanishi ularning oilada, maktabda mehnat va aqliy faoliyati ortishida, fanlarni o’zlashtirish ko’lami kengayishida hamda mustaqil hayotga qadam qo’yishida muhim ahamiyat kasb etadi.
    Maktab yoshidagi bolalarning sezgi qobiliyatlari har xil rivojlanish bosqichida ko’rinadi va namoyon bo’ladi. Sezgilarning ahamiyatli jihatini ular o’rtasida turli xildagi psixologik testlar, o’yinlar o’tkazish orqali bilib olishimiz mumkin.
    O’quvchilardagi o’qishga bo’lgan layoqatini yanada oshirish uchun ularga o’z o’rnida rag’bat ham berish kerak. O’quvchilarning iqtidori va sezgi layoqati atrof-muhit ta’sirida shakllanadi, rivojlanadi. Yaxshi muhit va tarbiya bo’lsa ulardagi qobiliyatlar o’sib boradi. Agar noqulay va nosog’lom muhit hukmronlik qilgan joyda tarbiyalansa, undagi bor bo’lgan iqtidor ham so’nadi, rivojlanishdan to’xtaydi.
    Shuning uchun har bir ota-ona farzandiga o’rnak bo’lishi va o’z o’rnida sog’lom muhitni, shart-sharoitni yaratib berishlari kerak, nazarimda. Pedagoglar va ota-onalar o’quvchilardagi iste’dod va sezgi qobiliyatlarning rivojlanishini vaqtida anglagan holda ularga to’g’ri yo’nalish berishlari kerak.
    Jamiyatimizda malakali kadrlarning yetishib chiqishlari, ularning vatanimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo’shishlari uchun, avvalambor, maktab bosqichining metodik jihatdan mustahkamlanishiga, o’quvchilarga sifatli va to’g’ri ta’lim-tarbiya berilishiga katta ahamiyat qaratishimiz kerak.



    Download 12,81 Mb.
    1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   58




    Download 12,81 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ta’lim tizimida innovatsiya va ularning amaliy tadbiqlari: muammolar va yechimlar

    Download 12,81 Mb.