• Ключевые слова
  • ОСОБЕННОСТИ РЕКЛАМНЫХ ТЕКСТОВ, НАПРАВЛЕННЫХ МУЖЧИНАМ НА ФРАНЦУЗСКОМ И УЗБЕКСКОМ ЯЗЫКАХ




    Download 12,81 Mb.
    bet56/58
    Sana19.06.2024
    Hajmi12,81 Mb.
    #264316
    1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   58
    Bog'liq
    “Ta’lim tizimida innovatsiya va ularning amaliy tadbiqlari muammolar va yechimlar”

    ОСОБЕННОСТИ РЕКЛАМНЫХ ТЕКСТОВ, НАПРАВЛЕННЫХ МУЖЧИНАМ НА ФРАНЦУЗСКОМ И УЗБЕКСКОМ ЯЗЫКАХ


    Аннотация: В данной статье с помощью лингвистических и экстралингвистических инструментов, используемых во французской и узбекской рекламе, ориентированной на мужчин, освещаются доминирующие аспекты гендерных характеристик в рекламе и анализируется роль мужского персонажа в создании рекламы, ориентированной на мужчин.
    Ключевые слова: реклама, информация, коммуникация, характер, адресат, реципиент, эффект, стандарт, выразительность, образ, анализ.

    Reklama dunyoning aksariyat mamlakatlarida keng qo‘llaniladigan adresant va adresat o‘rtasidagi aloqa vositasidir. XXI asrni reklama sanoatisiz tasavvur qilish qiyin. So‘nggi yillarda reklama jamiyatda shunchalik ommalashib ravnaq topdiki, u kundalik hayotimizdan mustahkam o‘rin egalladi. Uning shu darajada rivojlanib, ommalashishida rangli bosma nashrlarning rivojlanishi, kompyuter texnologiyalari va Internetning paydo bo‘lishi va shiddat bilan ommalashuvi, sun‘iy yo‘ldosh aloqasining yanada rivoj topishi kabi omillar ta‘siri muxim ro‘l o‘ynadi.


    Gender munosabatlari va gender stereotiplarining rivojlanishi turli fanlar kesimida (sotsiologiya, tilshunoslik, siyosatshunoslik, jurnalistika) va turli mamlakatlarda, xususan, Fransiya va O‘zbekistonda faol o‘rganilmoqda. Jumladan, reklamaning gender xususiyatlarini o‘rganishga bo‘lgan qiziqish va izlanishlar ham shular jumlasidandir.
    Erkaklar va ayollar o‘rtasida nafaqat fiziologik, balki ruhiy va ijtimoiy farqlarning mavjudligi jins va gender tushunchalarini farqlashning boshlanishini belgilab berdi. Erkaklar va ayollar nutqiy maqomining farqlanishi sotsial-lingvistik adabiyotlarda uzoq vaqtdan beri qayd etilgan, erkaklar va ayollarning nutq xatti-harakatlaridagi muayyan farqlar isbotlangan. Gender tadqiqotchilari, jumladan R.Lakof ayollarning suhbatdoshga duch kelganda tez-tez savol berishlarini, suhbatni davom ettirishga, birdamlikni ifoda etishga va suhbatdosh bilan o‘zaro ijobiy kayfiyat hosil qilishga intilishlarini, so‘z birikmalari va olmoshlar shaklida minimal javoblar bilan suhbatdoshga taqlid qilishlarini va “jim norozilik” strategiyasini qabul qilishlarini aniqladi. Erkaklar esa ko‘pincha suhbatdoshlarning so‘zlarini to‘xtatadilar, kamdan-kam hollarda hamsuhbatlarining so‘zlariga rozi bo‘ladilar, suhbatning boshqa ishtirokchilarining mulohazalarini e‘tiborsiz qoldiradilar yoki ishtiyoqsiz munosabatda bo‘lishadi, suhbat mavzusini, shu jumladan, mavzuning rivojlanishi va o‘zgarishini to‘g‘ridan-to‘g‘ri fikr bildirish va fakt haqida xabar berish orqali qattiqroq nazorat qiladilar [Lakoff R., 1973; 49-55]. Quyidagi tendensiya ham qayd etilgan: erkaklar nostandart tildan foydalanishga ko‘proq moyil, ayollar esa standartni saqlashga intilishadi.

    Download 12,81 Mb.
    1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   58




    Download 12,81 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    ОСОБЕННОСТИ РЕКЛАМНЫХ ТЕКСТОВ, НАПРАВЛЕННЫХ МУЖЧИНАМ НА ФРАНЦУЗСКОМ И УЗБЕКСКОМ ЯЗЫКАХ

    Download 12,81 Mb.