Ta’lim tizimida innovatsiya va ularning amaliy tadbiqlari: muammolar va yechimlar




Download 12,81 Mb.
bet57/58
Sana19.06.2024
Hajmi12,81 Mb.
#264316
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   58
Bog'liq
“Ta’lim tizimida innovatsiya va ularning amaliy tadbiqlari muammolar va yechimlar”

Demak, yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib, so‘zlovchining identifikatsiya qilinadigan belgilari majmui muayyan dialekt va sotsiolektga mansublik belgilari bilan bir qatorda aniqlangan seksolekt xususiyatlarini ham o‘z ichiga oladi [Потапова Р., 2000; 137-150] degan fikr tarafdori bo‘lamiz.


Erkaklar uchun mo‘ljallangan reklamalar, odatda, stilistik uslub jihatdan so‘z boyligi kamligiga moyildir, baholashlar ular uchun muhim ahamiyat kasb etmaydi, lekin kam bo‘lsa-da, ishlatiladi va bu holat ijobiydan ko‘ra ko‘proq salbiy hisoblanadi [Дударева А., 2002; 139]. Shunday qilib, kundalik nutqda ayollar ko‘pincha batafsilroq tahlil qilish uchun foydalanish mumkin bo‘lgan har qanday obyekt yoki hodisa sifatlari (bo‘yoqdor so‘zlar, tafsilotlar)dan foydalanishga harakat qiladilar. Aksincha erkaklarda esa ko‘proq mavhum, lekin shu bilan birga konkretlik (aniqlilik) ularning nutqiga xos, degan xulosaga keldik.
Erkaklarga qaratilgan reklama xabarlarida iste‘molchi erkak tanasining kelishganliligini, “erkaklik”ni ta‘kidlaydigan lug‘at orqali jalb qilinadi. I.V. Groshevning fikricha, reklamada erkak tajovuzkor va yetakchi hisoblanadi [Грошев И., 2000; 185].
A.E. Dudarevaning so‘zlariga ko‘ra, erkaklar oqilona fikrlaydigan xaridorga qaratilgan reklamani yaxshiroq qabul qiladilar. “Erkak” uchun mo‘ljallangan reklamalarda terminologiya ko‘pincha tilga olinadi, texnik qulayliklar va yangiliklarning tavsifi, shuningdek, potensial iste‘molchining “haqiqiy erkaklar” sinfiga mansubligini ta‘kidlaydigan leksemalar keng qo‘llaniladi.

Erkaklar uchun mo‘ljallangan reklama haqida gapirganda, shuni ta‘kidlash joizki, ko‘plab mezonlar va ko‘rsatkichlarga ko‘ra, u gender neytralligiga yaqin deya izohlanadi. Bu erkaklarga xos xususiyatlarni ko‘pincha aniq belgilanmaganday talaffuz qilinishiga va natijada ushbu reklamalarni erkaklarga ham, ayollarga ham qaratilgan reklamaday ko‘rinishiga sabab bo‘ladi. Biroq shunga qaramay, erkaklar uchun mo‘ljallangan reklama bir qator muhim jihatlarga ega: ushbu turdagi reklama erkaklarga tegishli degan zaruriy urg‘u (aksent)ni o‘zida ifodalay oladi. Shuni ta‘kidlash lozimki, birinchi navbatda, erkaklar uchun mo‘ljallangan reklama ayollarnikidan reklama matnlarining lug‘atlarini tanlashda farqlanadi. Erkaklar uchun mo‘jallangan reklama matnlarida asosiy urg‘u adresatning psixologik xususiyatlariga e‘tibor beriladi. Erkaklarga qaratilgan reklamadagi erkak tasvirlari, bir tomondan, ko‘p sonli psixologik turlar bilan ifodalanadi, boshqa tomondan, bu xususiyatlarning barchasi faqat turli erkak stereotiplarini ta‘kidlash bilan ifodalanadi.


Xulosa qilib aytganda, erkaklarga qaratilgan reklamalarni tuzishda erkak xarakterining o‘ziga xos o‘rni bor. Har ikki davlat reklamalarini yaratishda fransuz va o‘zbek xalqi erkaklari xarakterining o‘ziga xos o‘xshash va farqli jixatlari bilan xarakterlanadi. Bunda har ikki davlat erkak xarakterlarining ta‘siri bois reklama matnida aniq faktlarga asoslangan jumlalarni keltirish, reklama qilingan xizmat yoki maxsulot to‘g‘risidagi ma‘lumotlarni xech qanday bo’rttirishlarsiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri adresatga taqdim etish, erkak kuchi, matonati hamda uning tashqi qaddi-qomatini yorqin tavsiflofchi tasvir va leksik birliklarni qo’llagan xolda ifodalanishing o’zaro o‘xshash jixatlari bilan aloxida axamiyat kasb etadi. Har ikki davlat reklama matnlarida bunday fazilatlarni o‘zida mujassamlashganini ifodalovchi-erkakning kuchi, energiyasi, ustunligini ta'kidlaydigan leksik birliklardan foydalanilgan yoki bularni hammasini o‘zida aks ettirgan rasm, video va sloganlardan foydalanilgan. Erkaklar uchun mo‘ljallangan reklama matnlarida ortiqcha keraksiz ma’lumotlar yo‘q, takliflar aniq va tiniq berilgan; faqat erkak idrok etishi kerak bo‘lgan leksik birliklardan foydalanilgan. O‘zbek tilidagi erkaklarga qaratilgan reklamalarni fransuz tilidagi reklamalardan farqi milliylikka ko‘p axamiyat qaratishi bo‘lsa, fransuz reklamalarida esa ko’proq yumoristik o‘ziga xosligi bilan xarakterlanadi. Har ikki davlat erkaklarga qaratilgan reklamalarida ham erkaklarga hos bo’lgan mardlik, jasurlik kabi xislatlarni adresatga eslatib o‘tish orqali reklama matnining ta‘sirchanligiga hamda shu bilan birga uning ta‘sir doirasi maxsulot sotuvining ommalashuviga olib keladi.



Download 12,81 Mb.
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   58




Download 12,81 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ta’lim tizimida innovatsiya va ularning amaliy tadbiqlari: muammolar va yechimlar

Download 12,81 Mb.