|
Bitiruv malakaviy ishining maqsadi va vazifalari
|
bet | 4/22 | Sana | 09.05.2021 | Hajmi | 404,74 Kb. | | #14453 |
Bitiruv malakaviy ishining maqsadi va vazifalari. Bitiruv malakaviy ishiningasosiy maqsadi moy eritmalari: paxta moyi, kungaboqar moyi, zig’ir moylar misolida yorug’lik yutilish hodisasini amaliy o’rganish, xususiyatlarini tadqiq qilishdan iborat. Bitiruv malakaviy ishiningvazifasi iste’mol moylarining spektral tahlilini olish.
Bitiruv malakaviy ishining o’rganilganlik darajasi. Bitiruv malakaviy ishi amaliy manbalar asosida bajarildi. Iste’mol moylarining spektral tahlili o’rganildi.
Bitiruv malakaviy ishining predmeti. Bitiruv malakaviy ishining predmeti bo’lib, iste’moldagi moylarning spektral xarakteristikasi va optik xususiyatlari hisoblanadi.
Bitiruv malakaviy ishining ob’yekti. Tadqiqot ob’yekti bo’lib, iste’moldagi paxta, kunga boqar, zaytun va zig’ir moylari hisoblanadi.
Bitiruv malakaviy ishining ilmiy farazi: Turli xil iste’moldagi moylar uchun o’ziga xos yorug’lik yutish xususiyatlari aniqlanadi. Yorug’lik signallarini fotometrik qayd qilish usullari hamda absorbsion tahlil haqida tushunchalar beriladi. Yorug’likning modda bilan ta’sirlashish hodisasini klassik va kvant nazariyalari ko’rib chiqiladi.
Moddaning yorug’lik o’tkazishi hodisasini o’rganish imkonini beradigan spektrofotometrlash prinsipi va imkoniyati o’rganib chiqiladi. Shuningdek, absorbsion, interferension, neytral yorug’lik filtrlari haqida tushuncha berildi. O’lchash natijalari asosida tuzilgan jadvallar yordamida foizlar hisobida o’tkazish koeffitsyentining to’lqin uzunligiga bog’lanishi munosabati grafigi chiziladi (Spektral xarakteristikalari).
|
| |