TA’lim vazirligi buxoro davlat universiteti




Download 404,74 Kb.
bet2/22
Sana09.05.2021
Hajmi404,74 Kb.
#14453
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Buxoro-2017y.

M U N D A R I J A




KIRISH ………………………..………………………….…

3

I.

YOG‘-MOY SANOATINING PAYDO BО‘LISH TARIXI VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI.




1.1.

Yog‘-moy sanoatining paydo bо‘lishi tarixi hamda texnika

va texnologiyaning rivojlanish istiqbollari..............................


7


1.2.

Moyli xom ashyoning asosiy turlari.........................................

12

II.

YORUG’LIK OQIMI INTENSIVLIGINING TURLI MOYLARDA SUSAYISHI.




2.1.

Moddalarning yorug’likni o’tkazishi va yutilish hodisalari.....

19

2.2.

Yorug’lik yutilishining xarakteristikasini olinishi...................

23

2.3.

Spektrlarni fotoelektrik usulda qayd etish…………………...

26

2.4.

Iste’mol moylarining spektral xarakteristikasi……………….

37




XOTIMA..................................................................................

56




ADABIYOTLAR.....................................................................

58

KIRISH

Ta'limning yangi modеli jamiyatda mustaqil fikrlovchi erkin shaxsning shakllanishiga olib kеladi. O’zining qadr-qimmatini anglaydigan, irodasi baquvvat, iymoni butun, hayotda aniq maqsadiga ega bo’lgan yoshlarni tarbiyalash imkoniga ega bo’lamiz.

I.A.Karimov.

Mamlakatimizda sog’lom va barkamol avlodni tarbiyalash, yoshlarning o’z ijodi va intellektual salohiyatini ro’yobga chiqarib, mamlakatimiz yigit-qizlarini XXI asr talablariga to’liq javob beradigan har tomonlama rivojlangan shaxslar etib voyaga yetkazish uchun shart-sharoitlar va imkoniyatlarni yaratish bo’yicha keng ko’lamli aniq yo’naltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida O’zbekiston Respublikasida davlat ta’lim dasturi ishlab chiqilgan [1].

Insoniyatning jamiyatni rivojlantirish yo’lidagi hatti-harakatlari ham mana shu qonuniyatdan kelib chiqqan holda bajarilgan. Barcha hatti-harakatlar zamirida «Manfaat» tushunchasi yotadi va jamiyat manfaatlar qarama-qarshiligiga asoslangan holda rivojlanadi. XX asr insoniyat taraqqiyotining evolyustion rivojlanish darajasini nihoyatda tezlashtirib yubordi. Insoniyatning necha ming yilliklar jarayonida erishgan fan texnika sohasidagi yutuqlar shu bir asr davomida misli ko’rilmagan darajada taraqqiy topdi. Buning boisi esa, ijtimoiy tuzimlar o’rtasidagi qarama-qarshilik edi. Barcha fanlar rivoji zamirida ham qarama-qarshilik yotadi va bu esa, fanlarning o’sishi, rivojlanishi va taraqqiy etishi uchun bosh omil bo’lib hisoblanadi. Respublikamiz mustaqillikka erishgandan so’ng jamiyatiyatimizning taraqqiyot yo’li va bosh maqsadi belgilandi. Ya’ni, rivojlangan, demokratik huquqiy jamiyat qurish jamiyatning asosiy ko’zlagan maqsadiga aylandi. Bu jamiyatni qurish uchun shu jamiyat quruvchilarini, ya’ni har tomonlama rivojlangan barkamol avlodni, komil insonni tarbiyalab etishtirish zaruriyati paydo bo’ldi [2,3].

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganidek: «Ta’lim-tarbiya – ong mahsuli, lekin ayni vaqtdaong darajasi va uning rivojini ham belgilaydigan omildir. Binobarin, ta’lim-tarbiya tizimini o’zgartirmasdan turib ongni o’zgartirib bo’lmaydi. Ongni, tafakkurni o’zgartirmasdan turib esa biz ko’zlagan oliy maqsad - ozod va obod jamiyatni barpo etib bo’lmaydi… . Lo’nda qilib aytganda, bugungi kunda oldimizga qo’ygan buyuk maqsadlarimizga, ezgu niyatlarimizga erishishimiz, jamiyatning yangilanishi, hayotimizning taraqqiyoti, uning quruvchilari bo’lgan barkamol avlod, komil insonni tarbiyalash, jamiyat istiqboli amalga oshirilayotgan islohatlarimiz, rejalarimizning samarasi, taqdiri-bularning barchasi, avvalom bor, zamon talablariga javob beradigan yuqori malakali, ongli mutaxassis kadrlar tayyorlash muammosi bilan chambarchas bog’liqligini barchamiz anglab yetmoqdamiz»[1].

Ushbu muammolarni yechish uchun ta’limdagi yuzakichilikdan voz kechish, har bir soha, har bir fanni zamon talabi darajasida aniq, ravon, tushunarli tarzda o’qitish, buning uchun esa, ta’lim berishdagi ilg’or ish tajribalaridan, dars o’tishning samarali metodlaridan va zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda mahorat bilan dars o’tadigan o’qituvchi kadrlar zarur. Har bir soha, har bir fan bo’yicha dars beruvchi o’qituvchi o’z fanini mukammal bilishi, uni yosh avlodga o’rgatish uchun bo’ladigan barcha qiyinchilik va muammolarga bardoshli bo’lishi, chigalliklarni oqilona hal qilmog’i kerak.


Download 404,74 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Download 404,74 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



TA’lim vazirligi buxoro davlat universiteti

Download 404,74 Kb.