• 5. Logistik tizim tushunchasi va uning faoliyatini baholash. 2.1. Logistikaning funksiyalari va
  • II BOB. LOGISTIK KONSEPSIYA




    Download 8,34 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet12/173
    Sana17.12.2023
    Hajmi8,34 Mb.
    #121531
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   173
    Bog'liq
    ARMUmarova D.M.Logistika
    2 5373000144516027009, wordpress dasturida fargona shaxar 5-umumiy orta talim maktabining web saytini yaratish, RAQAMLI IQT, Betlik, Excel dasturi bilan ishlash bo\'yicha qo\'llanma. Excelda formulal, 11-mavzu Prosessorning sovutish tizimi ShK prosessor hususiyatla, PDF 1710924799969
    II BOB. LOGISTIK KONSEPSIYA
    Reja:
    1. Logistikaning funksiyalari va tamoyillari.
    2. Logistikaning konseptual tashkit etuvchilari.
    3.
    Logistikaning maqsad va tizimlari.
    4. Logistikaning marketing va ishlab chiqarishni rejalashtirish bilan 
    funksional o ‘zaro bog‘liqligi.
    5. Logistik tizim tushunchasi va uning faoliyatini baholash.
    2.1. Logistikaning funksiyalari va tamoyillari
    Logistikaning funksiyalari. Logistika materiallar harakatining 
    har bir bosqichida moddiy oqimlaming ishlashini ta’minlash va 
    tashkil etishni o‘z ichiga oladi.
    Logistikaning uchta funksiyasi ajratiladi:
    — integratsiyalashuvchi — tovar harakati jarayonini bir butun 
    jarayon sifatida tashkil etadi;
    — tashkillashtiruvchi — tovar harakati qatnashchilarini o‘zaro 
    kelishilganligini ta’minlaydi;
    — boshqaruvchi — material o‘tkazuvchi tizim parametrlarini 
    belgilangan chegarada ushlab turadi.
    Integratsiyalashuvchi funksiya. Tovarlami yetkazib beruvchidan 
    iste’molchigacha bo'lgan harakati davomida moddiy oqim mate- 
    riallami sotib olish, mahsulotni ishlab chiqarish va taqsimlash 
    (sotish) bosqichlaridan o‘tadi. Tovar harakatining har bir bosqichi 
    o'ziga xos xususiyatlar bilan xarakterlanadi va faqat unga tegishii 
    bo‘lgan masalalarni vechadi. Lekin ularning birontasi ham tovar 
    harakati jarayonidan tashqarida mustaqil ко‘rib chiqilishi mumkin 
    emas. Bu jarayonda muhim o‘rinni sotish egallaydi, u ishlab 
    chiqarishning tashkiliy va iqtisodiy xususiyatlarini, materiallar 
    xaridining hajmini va nomenklaturasini hamda bu bosqichlaming 
    bir-biriga munosabatlarini asoslab beradi.
    20


    Shu bilan birga tovar harakatining har bir bosqichi o‘z o‘mida 
    ham ishlab chiqarish jaravoniga, ham umuman tovar harakati 
    jarayonining o ‘tisliiga ta’sir o‘tkazadi. Masaian, savdo bozorining 
    kengayishi ishlab chiqarish va xarid qiiish hajmining o'sishiga 
    oUb keladi.
    Materiallar yetkazib berilishining vaqtinchahk to ‘xtashi yoki 
    ularga qo‘yilgan taklifning keskin oshib ketishi, materiallami katta 
    miqdorda va arzonroq narxda sotib olish hisobiga zaxiralar 
    miqdorining ortib ketishiga olib keladi.
    Logistika xarid qiiish, ishlab chiqarish va sotish bosqichlarini 
    bitta umumiy jarayonga birlashtiradi.
    Logistika orqali materiallar oqimini boshqarish bir butun, 
    integratsiyalashgan tizim sifatida amalga oshiriladi, u xomashyo 
    manbalarini qayta ishlashning bir nechta bosqichlarini va tayyor 
    mahsulotni sotishni qamrab oladi. Tizim ostining alohida, lokal 
    masalalaridan ishlab chiqarish tashkil otining global maqsadlariga 
    o‘tish amalga oshiriladi.
    Tashkillashtiruvchi funksiya. Tovar harakati jarayonida yetkazib 
    beruvchilar, ishlab chiqaruvchilar va sotuvchilar o‘rtasida xo'jalik 
    aloqalari tashkil etiladi va amalga oshiriladi. Xo‘jalik aloqalarining 
    obyektiv asosi b o ‘lib m ehnatning tovar harakati bosqichlari 
    bo‘yicha bolinishi xizmat qiladi, bu esa jarayonlarning alohida- 
    lashuviga olib keladi va turli aloqa tizimlari birlashtiruvchilarini 
    sozlash talabini vujudga keltiradi. Bu masalaning yechimi bir butun 
    oqim li jaray o n ichida m ateriallar va axborotning «ishlab 
    chiqamvchi — iste’molchi» zanjiri bo‘yicha harakatini tashkil etish, 
    alohida bosqichlari o ‘zaro ta’sirini ta ’minlash va tovar harakati 
    qatnashchilari harakatlarini moslashtirish orqali amalga oshiriladi.
    Boshqaruvchi funksiya. К о‘rib chiqilayotgan jarayonning ham­
    ma qismlarini bir-biriga moslashtirish va ratsional o ‘zaro harakatiga 
    erishish uchun ulami boshqarish zarur. Logistik boshqaruv hamma 
    turdagi resurslarning iqtisodiga, tovar harakati bosqichlarida jonli 
    va buyumlashtirilgan mehnatga ketadigan xarajatlarni kamay- 
    tirishga qaratilgan. Keng ma’noda logistikaning materiallar harakati 
    jarayoniga boshqaruv ta’siri material o‘tkazuvcbi tizim para- 
    metrlarini berilgan chegarada saqlashdan iborat.
    21


    Shunday qilish, logistika tovar harakati jarayoninmg shakl- 
    lanishini, logistik jarayonning alohida bosqichlar va qatnashchilari 
    o ‘rtasida zarur xo'jalik aloqalarini o‘rnatish yo‘li bilan uning sa- 
    marali ishlashini va materiallar oqimi harakatining boshqaruvini 
    ta’minlab beradi.
    Logistika asosining tasnifi. Logistikaning asosiy maqsadi — 
    ishlab chiqarilgan mahsulotni vaqtida va zarur miqdorda belgilangan 
    joyga eng kam xarajatlar bilan yetkazib borishdir.
    Logistik funksiyalar va maqsadlaming yig‘indisini logistikaning 
    asosi tasniflaydi deyiladi. Logistikaning asosi integratsiyalashuvdan, 
    tovar harakati jarayonining qatnashchilari va bosqichlarining o'zaro 
    hamjihatligini ta ’minlashdan, zarur m ahsulotlam i belgilangan 
    joyga, so‘ralgan vaqtda eng kam xarajatlar bilan yetkazib berish 
    maqsadida moddiy oqimni, unga tegishli bo'lgan m a’lumotlar 
    asosida boshqarishdan iborat.
    Logistik tizimda bo‘lib o‘tayotgan va tashqi muhit bilan o‘zaro 
    ta’sirini xarakterlovchi jarayonlar logistikaning tuzilishini amaliy 
    faoliyat turi sifatida ochib beradi.

    Download 8,34 Mb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   173




    Download 8,34 Mb.
    Pdf ko'rish