Nazorat uchun savollar
1. Logistika komepsiyasining tashkil etuvchiiari nimalardan iborat?
2. Tizimli yondashish tamoyilini amalga oshirishga nimalar kiradi?
3. Iqtisodiy kompromiss (kelishuv)lar asosida qarorlar qabul qilishni qanday
tushunasiz?
33
4. Butun logistik zanjir davomida xarajatlar hisobotiga nimalar kiradi?
5. Logistikaga korxonaning raqobardoshligini oshiruvchi omillari nimalarda
namoyon bo'ladi?
6. Logistikaning asosiy maqsadlari va ulami amalga oshirish mohiyati hamda
ahamiyatini tushuntirib bering,
7. Logistika tizimi va unga kiruvchi tizimostilaming tarkibi nimalardan iborat?
8. Korxonalarda logistika va marketingning tutgan о ‘mini tushuntirib bering.
9. Logistika va ishlab chiqarishni rejalashtirish qaysi omillarga ko'proq bog‘liq
bo'ladi?
10. Logistikada tizim tushunchasi va uning qanday turlari mavjud?
I l l BOB. LOGISTIKADA MATERIALLARNI
BOSHQARISH УА TASHKIL QILISH
Reja:
1. Moddiy oqim tushunchasi va uning harakatlanish sxemasi.
2. Moddiy oqimlarni boshqarish tizimlari.
3. Moddiy oqimlar harakatlari sxemasining ta ’rifi.
4. Korxonalarning tashkiliy tuzilmalari va ulaming logistika tomonidan
boshqarish xizmatlari.
5. Logistik boshqaruvni tashkil etish.
3.1. Moddiy oqim tushunchasi va uning
harakatlanish sxemasi
Moddiy oqim xomashyoning birinchi manbayidan oxirgi iste’
molchigacha yetib borgunigacha bir qator ishlab chiqarish bo‘g‘in-
laridan o‘tadi. Bu bosqichda moddiy oqimni boshqarish o‘ziga
xos ko‘rinishga ega bo'lib, u ishlab chiqarish logistikasi deb
nomlanadi.
Ishlab chiqarish logistikasining o‘rganish obyekti bo‘lib ichki
ishlab chiqaruvchi logistik tizimlar hisoblanadi, bular: sanoat
korxonalari, omborxonalarga ega bo‘lgan ulguiji savdo korxonalari;
yuk stansiyalari va boshqalar.
Ichki ishlab chiqaruvchi logistik tizimlarni makro va mikroda-
rajada к о ‘rib chiqish mumkin. M akrodarajada ichki ishlab
chiqaruvchi logistik tizimlar, makrologistik tizimlarning elementlari
sifatida qabul qilinadi. Ular bu tizimlarning ishlash tezligini
belgilaydi va moddiy oqimlarning manbayi sifatida xizmat qiladi.
Mikrodarajada ichki ishlab chiqaruvchi logistik tizimlar ma’lum
butunlikni, birdamlikni tashkil etuvchi o ‘zaro bog‘langan tizim
ostilaming kompleksini tashkil etadi. Bu quyidagi tizimostilar:
xarid qilishni tashkil etish, omborlarning ishi, transport — ombor,
ishlab chiqarishda materiallar harakatini boshqarish, mahsulot
sotishni tashkil etish va boshqalar. Ular moddiy oqimning tizimga
35
kirishini, uning ichida harakatlanishini va tizimdan chiqib ketishini
ta’minlaydi.
Ishlab chiqarish logistikasining asosiy vazifasi korxonada moddiy
oqimlarni boshqarishning integrallashgan tizimini tashkil etishdan
iborat. Sanoat korxonasida moddiy oqimni boshqarish moddiy va
axborot oqimlarini mahsulot ishlab chiqarish nuqtasidan iste’mol
nuqtasiga o‘tkazish bilan band bo‘lgan ishlab chiqarish bo‘lin-
malariga maqsadga yo‘naltirilgan ta ’sir o ‘tkazish jarayonidan
iborat.
Boshqaruv qarorlarini qabul qilish ishlab chiqarish buyurt-
m alarining bajarilishi, resurslar va iste’m ol talabi haqidagi
m a’lumotlar asosida amalga oshiiiladi (3.1-rasm).
3. l-rasm. Moddiy oqimlaming harakatlanish sxemasi.
36
Sotish va ta’minot bozoridan kelib tushadigan m a’lumotlar
asosida ishlab chiqarish, moddiy ta’minot va tayyor mahsulotlami
sotishning kompleks rejasi tuziladi, bu reja asosida buyurtmalarning
bajarilishi bilan bog4liq faoliyat tashkil etiladi. Tekshirish natijalari
asosida ishlab chiqarish buyurtm alarini bajarish grafigidan
chetlanishlami yo‘qotishga qaratilgan boshqaruv qarorlari ishlab
chiqiladi. Shunday qilib moddiy oqimlarni boshqarish tizimida
ma’lumotning aylanishi amalga oshiriladi va teskari aloqa bilan
boshqarishning berk konturi shakllanadi. 3.2-rasmda moddiy
oqimlarni boshqarishning sxema ko‘rinishi berilgan.
Resurslar haqida
Iste’moi talabi
3.2-ram. Moddiy oqimlarni boshqarish tizimi.
Korxonada moddiy oqimlami boshqarish quyidagi funksiya
larning bajarilishini nazarda tutadi:
• logistik jarayon qatnashchilarining harakatlarini bir-biriga
moslashtirish;
• ishlab chiqarishda moddiy oqimlarni tashkil etish;
• moddiy oqimlami rejalashtirish;
• ichki ishlab chiqaruvchi tizim doirasida tovar harakati
jarayoni ustidan nazorat qiiish;
• ishlarning olib borilishini boshqarish.
37
Harakatlami bir-biriga moslashtirish — bu moddiy oqimlarni
boshqarish maqsadlarini shakllantirish va alohida bo‘linmalarga
yetkazish, aytib o ‘tilgan maqsadlami korxonaning global maqsad
lari bilan moslashtirish va shu asosda logistik zanjiming hamma
bo‘g‘inlarining samarali ishlashini ta ’minlash.
Tashkillashtirish moddiy oqimlarni shakllantirishni va tovar
harakati qatnashchilari orasida aloqalarni o ‘rnatishni hamda
korxonada moddiy oqimlarni boshqarish tizimini tashkil etishni
nazarda tutadi.
Rejalashtirish quyidagi funksiyalarning bajarilishini o‘z ichiga
oladi: ilmiy-texnik va iqtisodiy bashorat; amalga oshiriladigan
faoliyatlar dasturini ishlab chiqarish va rejalami detallashtirish.
Bashorat qilish rejalarini ishlab chiqish amalga oshiriladigan
faoliyatlar dasturini tuzishdan oldin amalga oshiriladi. U ichki
ishlab chiqaruvchi tizimning kelajakdagi tendensiya (yo‘nalish)
larini baholash vazifasini bajaradi.
Ko‘zlangan maqsadlarga qarab moddiy oqimlarni boshqarishda
bashoratlar quyidagi gumhlarga ajratilishi mumkin:
1. Texnik rivojlanishni bashorat qilish — buning maqsadi bo‘lib
yangi turdagi mahsulotlami ishlab chiqarish yo'llarmi qidirish va
ishlab chiqarish texnologiyasini o'zgartirish sohasini hamda yangi
turdagi xom-ashyoning vujudga kelishini bashorat qilish hisob-
lanadi.
2. Mahsulotga bo ‘Igan talabni bashorat qilish — bu ishlab
chiqarilayotgan mahsulotni yangi turdagiga almashtirish yoki ishlab
chiqarilish hajmini kamaytirish, ishlab chiqarish diversifikatsiya-
sining chuqurlashish tendensiyalarini aniqlash maqsad ida amalga
oshiriladi.
3. Moddiy resurslar bashorati — bu m ateriallarga b o ‘lgan
ehtiyojni korxonaning tovar siyosati o ‘zgarishi mumkinligini
hisobga olgan holda aniqlash maqsadida amalga oshiriladi.
4. Xomashyoga qo ‘yilgan narxlar о ‘zgarishini bashorat qilish —
bu narxlar o'sib ketishi mumkin bo‘lgan materiallar zaxirasini
tashkil etish maqsadida qo‘llaniladi.
Ishlab chiqarish logistikasining maqsadlarini korxonaning
alohida bolinmalari faoliyatining natijalari bilan bogliqligi moddiy
38
oqimlami boshqarish dasturi doirasida ma’lum ishJami vaqt bo‘ylab
rejalashtirish (ishlar bajarilishining kalendar grafigini aniqlash) va
logistik vazifalami bajarishda qatnashuvchi funksional bo'linmalari
orasida resurslami taqsimlash yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Nazorat qiiish moddiy oqimlami boshqarishning funksiyasi
sifatida korxonaning tashkiliy strukturasini aniqlaydigan kanallar
orqali amalga oshiriladi va u belgilangan parametrlar bo!ylab tovar
harakati jarayonining o'tishini uzluksiz kuzatishdan iborat. Buning
uchun moddiy oqimlarning holati haqida ma’lumotlarni yig‘ish
va qayta ishlash amalga oshiriladi, ishlab chiqarish buyurtmalarini
bajarish bo'yicha rejadagi vazifalardan chetlanishlar aniqlanadi va
tahlil qilinadi, olib borilgan ishlarning qo‘yiigan maqsadga mosiik
darajasi haqida xulosalar chiqariladi. Aniqlangan kamchiliklami
yo‘qotish boshqarish y o ii bilan amalga oshiriladi.
Boshqarish o ‘zining ichiga quyidagi amaliarni oladi: ishlab
chiqarish buyurtmalarining bajarilishi bo'yicha ish grafigining
buzilishi va bu keltirib chiqargan sabablaming tahlili; chetlanish-
larni yo‘qotish bo'yicha dastur ishlab chiqish va uni amalga
oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar.
Aytib o' tilgan amallar bir vaqtda amalga oshiriladi va birgalikda
moddiy oqimlami boshqarish mexanizmini tashkil etadi.
|