Birinchi turdagi tuzilma muntazam shtab xodimlaridan iborat.
Bunday boshqaruvning vazifasi tovar harakatini tashkil etish
yuzasidan korxona bo‘limlari tomonidan
olib borilayotgan barcha
ishlarni muvofiqlashtirish, birlashtirish va nazorat etishdir.
Ikkinchi turdagi tuzilma — muntazam tashkiliy boshqaruv.
Bu tuzilmada tovar harakati boshqaruvchisi logistika tizimining
barcha vazifalarini
tadbiq etilishini, shu jum ladan, materiallami
sotib olish va egalik qilish ishlarini
bevosita boshqaradi hamda
ishlab chiqarishda materiallar oqimi harakatini nazorat qiladi.
Amalda korxonani boshqarish apparati tuzilmasining m a’lum
bir sharoit talablari bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa variantlari ham
mavjud. Chet ellarda ko‘pgina firmalar o'zlarida tarkibiga tovar
harakatining turli faoliyat jihatlarini tashkil etish uchun mas’ul
bo'lgan boshqaruvchilar kiritilgan doimiy komitetlami ta’sis etmoq-
dalar. Komitetlar muvofiqlashtirish vazifalarini bajaradilar.
Ayrim
firmalar tovar harakati bo‘yicha vitse-prezident lavozimlarini kirit-
moqdalar, boshqalari materiallar oqimini samarali boshqarish bilan
bogMiq b o ‘lim larni ikki yoqlama bo'ysundirishga asoslangan
matritsaga oid mexanizmlarni yaratmoqdalar.