• Buyurtma bajarishda birinchilik qoidalari.
  • Logistik tizim moddiy oqimlarining harakatli sxemasi.
  • Moddiy oqimlar harakatlari sxemasining ta’rifi




    Download 8,34 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet24/173
    Sana17.12.2023
    Hajmi8,34 Mb.
    #121531
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   173
    Bog'liq
    ARMUmarova D.M.Logistika

    3.3. Moddiy oqimlar harakatlari sxemasining ta’rifi
    Ishlab chiqarishda moddiy oqimlar harakati ni boshqarish 
    «o‘rama» modeli yordamida amalga oshirilishi mumkin. « 0 ‘rama» 
    logistik zanjirning alohida bo‘g‘inlarida moddiy oqimlar harakati 
    jarayonining soddalashtirilgan tasnifi uchun xizmat qiladi. Model- 
    ning haqiqiy obyekti sifatida quyidagilar olinishi mumkin: sex, 
    uchastka, ish joylari, omborlar tizimi yoki transport tizim. Moddiy 
    oqimlarning harakatli sxemasi 3.5-rasmda ko'rsatilgan.
    « 0 ‘rama»ga kelib tushayotgan buyurtmalar rasmda har xil 
    kattalikdagi sharlar ko‘rinishida tasvirlangan. Shar hajmi buyurt- 
    maning mehnat sig'imiga to ‘g‘ri keladi.
    Tizim maksimal o‘tkazish imkoniyatiga (quwatiga) moddiy 
    oqimlarni ratsional rejallashtirish (buyurtmalarni rejali davr bo‘yi- 
    cha taqsimlash va ishlaming bajarilish ketma-ketligini ta’minlash) 
    sharti bajarilganda erishadi. Buyurtmalarning kelib tushishi va 
    chiqib ketishi jarayoni «ishga tushirish» yoki «ishlab chiqarishning» 
    siniq chizig‘i ko‘rinishida tasvirlagan.
    Buyurtma siklining o'rtacha davomiyligi tugatilmagan ishlab 
    chiqarish hajmidan va tizimning haqiqiy o‘tkazish imkoniyatidan 
    kelib chiqqan holda aniqlanadi:
    П  - Z,/Nr/n,
    bu yerda, T„ — buyurtma bajarilish siklining o'rtacha davomiyligi; 
    Zt ~  tugatilgan ishlab chiqarishning o‘rtacha miqdori; Non ~  bir 
    birlik vaqt ichida bajariladigan buyurtmaning o'rtacha soni.
    Buyurtma bajarishda birinchilik qoidalari. Logistik zanjir 
    bo‘g‘inlaridan buyurtmalarning o ‘tish ketma-ketligi ishlaming 
    taqsimlanish (buyurtmalarning bajarilish) qoidalari yordamida
    44


    3.5-rasm. Logistik tizim moddiy oqimlarining harakatli sxemasi.
    o£rnatiladi, ya’ni bu qoidalar ishlar bajarilishining u yoki bu 
    birinchiiigini beigiiaydi.
    Moddiy oqimlarni boshqarish amaliyotida quyidagi birinchilik 
    qoidalari qo'llaniladi:
    • FIFO (Fist In, Fist Out): «birinchi keldi, birinchi ketdi», 
    ya’ni tizimga birinchi bo'lib tushgan buyurtmaga eng katta 
    e’tibor qaratiladi.
    • LIFO (Last In, Fist Out): «oxirgi keldi — birinchi ketdi*-, 
    ya’ni eng katta e’tibor oxirgi keiib tushgan buyurtmaga 
    qaratiladi. Bu qoida omborlashtirish tizimida tez-tez qo'lla- 
    niladi, chunki omborda m ateriallar shunday tahlangan 
    bo'lishi mumkinki, ulami faqat yuqoridan olish imkoni 
    mavjud boladi.
    45


    • SPT (Short Process Time): «eng qisqa jarayon qoidasi» 
    berilgan bo‘g‘inda eng qisqa davomiyligiga ega bo'Igan 
    buyurtma birinchi bo‘lib bajariladi.
    K o‘rsatilgan qoidalar kutish vaqtini va buyurtma bajarilish 
    siklining o‘rtacha davomiyligini qisqartirish imkonini beradi.
    Moddiy oqimlarni boshqarishning maqsadi yetkazib berishning 
    o‘matilgan muddatlarini ta’minlash zarur bo‘lgan hollarda buyurt- 
    maiar bajarilish vaqti haqidagi m a’lumotlarni hisobga oladigan 
    boshqaruv qoidalari qo‘llaniladi:
    • MST (Minimal Stock Time): «minimal vaqt zaxirasi», eng 
    kam vaqt zaxirasiga ega bolgan buyurtmaga eng katta e’tibor 
    qaratiladi. Vaqt zaxirasi - buyurtmaning bajarilish muddat- 
    lari bilan jarayonlar orasidagi to'xtashlar mavjud bolm agan 
    holatda, buyurtma bajarilishi mumkin bo!lgan muddatlar 
    orasidagi farq sifatida aniqlanadi.
    • ED D (Early Deadline Date): «bajarilishning eng qisqa 
    muddati», ya’ni eng qisqa bajarilish muddatiga ega bo‘lgan 
    buyurtma birinchi bo‘lib bajariladi.
    Materiallar oqimini tashkil etish imkonini beruvchi texnik 
    vositalar yig'indisi va unga nisbatan omborlaming va ishlab chi­
    qarish uchastkalarining joylashuvi moddiy oqimlarning haraka- 
    tini tashkil etish shakllarini hosil qiladi.
    Amaliyotda materiallar harakatini tashkil etishning uchta shakli 
    qo‘llaniladi:
    • yig‘uvch.i;
    • transport — yig‘uvchi;
    • nul zaxira.
    Tashkil etishning yig‘uvchi shakli: logistik tizimlarning m e’yorli 
    ishlashi uchun ulaming tarkibida omborlaming kompleksi ko'zda 
    tutihshi bilan xarakterlanadi. Bularga metall va yarimtayyor 
    mahsulotlar omborlari; detallar, bogiovchi va yig'uvchi qismlaming 
    uchastka oraliq omborlari; tayyor mahsulot omborlari; texnik 
    ta’minot omborlari taalluqli bo‘ladi. Material metall va yarimtayyor 
    mahsulot omborxonasidan oraliq omborlari orqali ishlab chiqarish 
    uchastkalariga harakatlanadi va oxir-oqibatda tayyor mahsulot 
    omborxonasiga kelib tushadi.
    46


    Moddiy oqimlar harakatini tashkil etish bu shaklining afzalligi 
    tizimga kirish va chiqishda materiallami katta hajmda yig‘ish 
    imkonining mavjudligi, bu esa bir tarafdan, zarur detallar, yarim­
    tayyor mahsulotlar, yig‘uvchi qismlaming ishlab chiqarishga vaqti­
    da yetkazib berilishini ta ’minlasa, ikkinchi tarafdan mahsulot 
    iste’molchilari muhim buyurtmalarining bajarilishini kafolatlaydi. 
    Materiallar harakatini yig‘uvchi shaklining asosiy kamchiligi, bu 
    transport yo'nalishlarining tarmoqlashganligi va omborlaming 
    ko‘pligi natijasida moddiy oqimlar harakatini boshqarish va zaxi­
    ralar ustidan nazoratning qiyinlashuvidir. Bundan tashqari mab- 
    laglam i materiallarga immobillashtirish va omborlar tizimini tash­
    kil etish uchun kapital quyilmalar zarurligi bilan asoslanadigan 
    xarajatlar oshadi.
    Tashkil etishning «transport — yig‘uvchi» shakli aralash 
    «transport ~ ombor» tizimining (TOT) mavjudligini nazarda tutadi, 
    bu tizim m a’lum ish joylar (uchastkalar) sonini, har bir ish joyini 
    (uchastkani) boshqasi bilan axborot va moddiy oqimlar orqali 
    aloqalar o‘rnatish yo‘li bilan birlashtiriladi. Bunda mexanik qayta 
    ishlash (yig'ish), nazorat, ishlab chiqarishni tayyorlash, material­
    lam i omborga joylashtirish va nazorat qiiish jarayonlari TOT 
    yordamida ishlab chiqarishning bitta umumiy jarayoniga birlash­
    tiriladi. Moddiy oqim harakatini boshqarish quyidagi sxema orqali 
    amalga oshiriladi: zarur yarimtayyor mahsulotni ombordan qidirish
    — ish joyiga tashish — qayta ishlash — detalni omborga qaytarish. 
    M ateriallar markaziy om borda yoki demarkazlashgan holda 
    uchastkalarda yig‘iladi. Birinchi holatda, ombor bir qancha ishlab 
    chiqarish boiinnialariga xizmat qiladi va detalni qayta ishlashning 
    boshlanishi bilan tugatilishi o‘rtasida zaxira yig‘uvchi sifatida 
    qo‘llaniiadi. Ikkinchi holatda, omborlar alohida uchastkalarda hosil 
    qilinadi va detalni qayta ishlash va tashishda yuzaga keladigan 
    vaqt yutqazishlami qoplash uchun xizmat qiladi. Ba'zi hollarda 
    aralash TOT qoilaniladi, bunda ham markazlashgan ombor, ham 
    ish uchastkalarida zaxira yig'uvchilari mavjud boladi.
    Moddiy oqimlami tashkil etishning bu shaklining qulayliklari 
    quyidagilardan iborat: TOTni tashkil etish hisobiga ish joylarida 
    zaxira hajmining kamayishi; ishlab chiqarish siklining tashkil
    47


    etuvchilari o‘rtasidagi to ‘xtashlami yo‘qotish orqali ishlab chiqarish 
    jarayonining davomiyligini qisqartirish; zaxiralar ustidan doimiy 
    nazorat; materiallar harakatini boshqarishning yaxshi tashkil 
    etilgan tizimining mavjudligi.
    Kamchiliklar qatoriga quyidagilami kiritish mumkin: «transport
    — yig‘uvchi» shakl konstruktiv va texnologik bir xil detal guruhlari 
    uchun samarali, bu esa, birinchidan, uning qo'iianilish sohasini 
    toraytiradi, ikkinchidan bir qator tayyorgarlik ishlarini o ‘tkazish 
    zaruriyatini tug‘diradi; bu shakl ishlab chiqarishni boshqarishning 
    avtomatlashtirilgan tizimini tashkil etishga katta miqdordagi quyil- 
    malarni talab etadi.
    Nul zaxirani tashkil etish shakli avtonom holda o‘z-o ‘zini 
    boshqaruvchi ishlab chiqarish bo‘g‘inlari asosida nazorat qilishning 
    birlashgan konturlarini tashkil etishni nazarda tutadi. Kontuming 
    markazi bo‘lib alohida uchastkalarni bir-biri bilan bog‘lovchi 
    buferlari, ombor hisoblanadi.
    Uchastkalarning har bin boshqasi bilan mos yig£uvchi orqali 
    amalga oshiriladigan axborot va moddiy oqimlarni boshqarish yo‘li 
    bilan aloqador bo‘Iishi mumkin (3.6-rasm).
    N azorat qilishning birlashgan shaklining asosiy xususiyati 
    bo‘lib butun texnik zanjir bo‘ylab gorizontal aloqalarning shaklla- 
    nishi hisoblanadi, bu esa ishlab chiqarish bo‘g‘inlarining mustaqil 
    ravishda va to 'g ^ id a n -to ^ V i bir-biri bilan aloqador bo£lish 
    imkonini beradi. Detallarni ishlab chiqarishga berilishi va ularning 
    qayta ishlanishi olingan buyurtmaga mos holda, kichik partiyalar 
    bilan amalga oshiriladi, Bir ishlab chiqarish moduli chegarasidagi 
    operatsiyalar bajarilgandan so‘ng detallar omborga kelib tushadi 
    va u yerda keyingi qayta ishlovchi uchastkadan buyurtm a 
    olinmagancha qoladi.
    Bu shaklning qulayligi moddiy oqimlarni boshqarishning tortib 
    chiqaruvchi tizimni qo'llash imkonining mavjudligi, bu esa 
    minima! m e’yoriy ishlab chiqarish zaxirasini ta’minlab beradi. 
    Lekin korxonalarim izda uni q o ‘llash qiyin, chunki ishlab 
    chiqarishni boshqarishning kompyuterlashtirilganlik darajasi past 
    va zarur m ateriallar bilan ta’minlovchi tizim ishlashi zarur 
    darajaga yetmagan.
    48


    Ishlab chiqarishga va yetkazib 
    berishga buyurtma
    Iste’molehi
    uchastka
    0
    0

    Download 8,34 Mb.
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   173




    Download 8,34 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Moddiy oqimlar harakatlari sxemasining ta’rifi

    Download 8,34 Mb.
    Pdf ko'rish