|
«Aniq va vaqtida» tamoyili bo'yicha moddiy oqimlarni operativBog'liq ARMUmarova D.M.Logistika«Aniq va vaqtida» tamoyili bo'yicha moddiy oqimlarni operativ
boshqarishning axborot ta ’minoti tizimi. Buyurtm a kartasi
«KANBAN» iste’molchisi haqida to ‘liq axborotni o‘z ichiga oladi.
Asosan, bu axborot quyidagilardan iborat bo'ladi: detaining nom-
ianishi va shifri; qadoq idishlaming spetsifikatsiyasi (xususiyati),
ulaming turi va ularga solinadigan detallaming soni; mahsulotni
ishlab chiqaruvchi — uchastka va iste’molchi — uchastkalaming
nomlanishi; mahsulotni ishlab chiqarish davomiyligini hisobga
olgan holda aniqlanadigan yetkazib berish vaqti. Texnologik zanjir
bo‘yicha har bir uchastka «KANBAN» kartasida ko‘rsatilgan
buyurtma bo‘yicha ishlaydi. Ishlab chiqarish ustidan nazorat
muomalada boTgan kartalarni ro‘yxatdan o ‘tkazish yoMi bilan
amalga oshiriladi. Ishlab chiqarishning optim allashtirilgan
texnologiya tizimi ta ’m inot va ishlab chiqarish jarayonlarini
birlashtiradigan «tortib chiqaruvchi» mikrologistik tizimlar sinfiga
kiradi. Bu tizimning asosiy tamoyili b o ‘lib ishlab chiqarish
jarayonida tor joylarni va kritik resurslami aniqlash hisoblanadi.
Hisobda O PT KANBANning к о m pyuterlashtirilgan turi
hisoblanadi, ular orasida faqatgina bitta farq mavjud. OPT
«ta’minot — ishlab chiqarish» logistika tarmog'ida tor joylar paydo
bo‘lishining oldini olsa, KANBAN paydo bo‘lib ulgurgan tor
joylarning samarali yo‘qotilishining imkonini beradi.
Logistik tizimning samarali ishlashiga ta ’sir ko‘rsatuvchi kritik
resurslar sifatida quyidagilar olinishi mumkin: xomashyo va
materiallar zaxirasi, tugatilmagan ishlab chiqarish hajmi, ishlab
chiqarish texnologiyasi, pereonal va boshqalar. OPT tizimidan
foydalaniladigan korxonalar nokxitik operatsiyalarni bajaradigan
personalni maksimal tarzda ish bilan ta’minlashga intiladi, chunki
bu tugatilmagan ishlab chiqarish zaxiralarining o'sishini keltirib
chiqaradi.
Logistik nuqtayi nazardan OPT tizimming samaradorligini,
mahsulot ishlab chiqarilishini oshirish, ishlab chiqarish va transport
xarajatlarini kamaytirishdan iborat.
41
|
| |